Book · June 023 citations reads 121 author


 Xaritalarni loyihalash va tuzishning asosiy



Yüklə 10,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/181
tarix11.12.2023
ölçüsü10,33 Mb.
#144445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   181
IbraimovaA.A.Kartalarniloyihalashvatuzish-DARSLIK-2

 
1.2. Xaritalarni loyihalash va tuzishning asosiy 
yo‘nalishlari 
Xaritalarni loyihalash va tuzish – kartografiyaning ham 
nazariy, ham amaliy jihatdan yetakchi yo‘nalishlaridan biridir.
Kartografiya nazariyasi rivojlanishidagi muhim vazifa, eng 
avvalo, ushbu ilmiy-texnikaviy fanning nazariy asoslarini ishlab 
chiqish hisoblanadi. Xaritalarni loyihalash va tuzish bo‘yicha 
amaliy ishlarni bajarish natijasida kartografik mahsulotning asosiy 
qismi – ishlab chiqarilayotgan kartografik asarlarning mazmuni va 
xususiyatlarini aks ettiruvchi tuzish originali yaratiladi.
Ushbu fan nazariyasi quyidagi masalalar bo‘yicha tushuncha 
va nazariy holatlarni o‘z ichiga oladi: 
-
obyektlar va hodisalarni kartografik tasvirlash; 


- 7 - 
-
kartografik modellashtirish; 
-
tasvirlash usullarini ishlab chiqish, kartografik shartli 
belgilarni tuzish va ularni loyihalashtirishning asosiy 
tamoyillarini aniqlash; 
-
kartografik axborot, uning mohiyati, foydalanish, uning 
hajmini baholash. 
Ko‘rsatilgan holatlar bir vaqtning o‘zida kartografiya 
nazariyasi hamda xaritalarni loyihalash va tuzish nazariyasi va 
amaliyoti orasida bog‘lovchi halqa rolini bajaradi. Bu, eng avvalo, 
kartografiyalashning barcha holatlardagi umumiy qismiga tegishli 
bo‘lib, unga quyidagilar kiradi: 
-
xaritalarning geodezik va matematik asoslarini loyihalash 
masalalari; 
-
xaritalarni loyihalash va tahrir qilishning umumiy holatlari; 
-
kartografik generalizatsiyaning asosiy holatlari; 
-
axborotni 
kartografik 
tasvirlash 
usullari, 
xaritalar 
originallarini tuzishning umumiy masalalari; 
-
kartografiyalash vazifalarini hal qilishda foydalaniladigan 
priborlar va texnika. 

Yüklə 10,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə