Book · June 023 citations reads 121 author


Obyekt va hodisalarni kartografik tasvirlash



Yüklə 10,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/181
tarix11.12.2023
ölçüsü10,33 Mb.
#144445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   181
IbraimovaA.A.Kartalarniloyihalashvatuzish-DARSLIK-2

Obyekt va hodisalarni kartografik tasvirlash 
Kartografik tasvirlash
deganda, borliq obyekt va hodisalari 
to‘g‘risidagi boshlang‘ich axborotni kartografik tasvir shaklida 
ko‘rsatish jarayoni tushuniladi. Boshqacha aytganda, bu tabiat 
yoki jamiyat obyektlarining berilgan yuzada (tashuvchida) grafik, 
raqamli yoki boshqa shakllarda shartli belgilar tizimi orqali 
umumlashgan ko‘rinishda berilgan ularning tasviriga o‘zaro bir xil 
yoki topologik (topologiya – sifatli geometriya) fazoviy jihatdan 
mos kelishini o‘rnatish jarayonidir.
Obyekt va hodisalarni kartografik tasvirlash tushunchasi 
xaritani yaratishning mohiyati va butun jarayonini, turli 
aloqadorlik 
va 
bo‘ysunuvda 
(ierarxiya) bo’lgan tizim 


- 8 - 
(komplekslar) sifatida qaraladigan borliqning tabiiy va ijtimoiy-
iqtisodiy obyekt va hodisalarini kartografiyalashga tizimli 
yondashuvni aks ettiradi. Mazkur tushunchaning uchta asosiy 
tarkibiy qismlarini ko‘rib chiqib quyidagilarni qayd etish mumkin. 
Kartografik asarlarni yaratishda foydalaniladigan u yoki bu 
kartografik proyeksiyalarni ifodalovchi tasvirlanadigan yuza 
(uning obyekt va hodisalari bilan birga) yoki tekislik 
koordinatalariga o‘zaro bir xil mos kelishini o‘rnatish nazariyasi, 
tadqiqot usullari va uslublari matematik kartografiyada ishlab 
chiqiladi va o‘rganiladi. 
Xaritalarda real borliq obyektlari va hodisalarining barcha 
tafsilotlarini tasvirlashning imkoni yo‘q. Shu sababdan, xarita 
yaratishda 
ularda 
faqat 
obyektlar 
haqidagi ma’lumotni 
umumlashgan ko‘rinishda, ularning o‘ziga xos jihatlari va 
xarakterli xususiyatlarini ko‘rsatish, bunda tizimlar hamda 
ularning elementlari aloqalari va xususiyatlarini yaqqol berish 
zaruriyati vujudga keladi. Demak, borliq obyektlarini tasvirlashni 
faqat geokomplekslarning tipik fazoviy xususiyatlarini aks 
ettiruvchi alohida nuqta yoki chiziqlar uchun yuza (obyektlar) va 
tekislik koordinatalarining ko‘rsatilgan o‘zaro bir xil mosligini 
saqlagan sharoitda olish mumkin. Qolgan barcha nuqta va 
chiziqlar uchun faqat topologik muvofiqlikkina saqlanadi. Bunda 
kartografik tasvir qurilishi faqat tegishli tasvirlash usullari va 
kartografik shartli belgilar tizimidan foydalanish asosida amalga 
oshishi mumkin. 
Kartografiya umumiy nazariyasining rivojlanishi va tutash 
bilim sohalarida (geodeziya va geografiyada) modellashtirish va 
boshqa metodlardan keng foydalanish qator yangi tushunchalar va 
atamalar paydo bo‘lishiga olib keldi. Kartografiyada bu – 

Yüklə 10,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə