Book · June 023 citations reads 121 author


 Kartografik shartli belgilar tizimi va uni loyihalash



Yüklə 10,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/181
tarix11.12.2023
ölçüsü10,33 Mb.
#144445
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   181
IbraimovaA.A.Kartalarniloyihalashvatuzish-DARSLIK-2

 
1.3. Kartografik shartli belgilar tizimi va uni loyihalash 
tamoyillari 
Istalgan xaritani loyihalashda uning mazmuni xususiyati va 
hajmini belgilash bilan bir qatorda xaritaning ko‘rgazmaliligini 
ta’minlash zarur hisoblanadi. Buning uchun borliq obyekt va 
hodisalarini tasvirlash hamda kartografik belgilar tizimining eng 


- 12 - 
qulay usulini tanlash kerak. Topografik va boshqa turdagi 
umumgeografik xaritalarni yaratishda tasvirlash usullari va 
belgilar tizimi o‘rnatilgan an’anaviy xarakterga ega bo‘ladi. 
Mavzuli va maxsus xaritalar hamda atlaslarni loyihalashda har bir 
aniq holatda belgilar tizimi va tasvirlash usullarini tanlash 
to‘g‘risidagi masala xarita maqsadi va mazmuniga bog‘liq holda 
hal etiladi.
Kartografik shartli belgilar tizimi
deganda, xaritalarda borliq 
obyektlari va hodisalarini tasvirlash uchun quriladigan va 
foydalaniladigan, umumiy tamoyil va qoidalarga ega bo‘lgan 
belgilar yig‘indisi tushuniladi. Xaritada foydalaniladigan 
kartografik belgilar obyektni kartogarfik tasvirlashni hosil qiladi. 
Belgilar tizimini shakllantiradigan eng muhim omillarga 
quyidagilar 
kiradi: 
xarita 
maqsadi 
va 
mavzusi, 
xaritalashtirilayotgan obyekt yoki hodisa xususiyatlari. Belgilar 
tizimini loyihalashda xaritani ko‘z bilan qabul qilishning 
psixologik-jismoniy xususiyatlari, undan foydalanish sharoitlari
uni bo‘lg‘usi iste’molchiga tayyorlash, shuningdek kartografik 
ishlab chiqarishning mavjud texnik va texnologik imkoniyatlari 
ham hisobga olinadi. Xarita mazmunini tasvirlash uchun belgilar 
tizimi qurilishini tanlash uning maqsadiga bog‘liq. Semiotikaning 
barcha (sintaktik, semantik, pragmatik) tomonlarini hisobga olgan 
holda, loyihalanayotgan mazmunni tasvirlashni ta’minlaydigan 
kartogarfik belgilar tizimini ishlab chiqib, yaxshi qabul qilinadigan 
va oson o‘qiladigan ko‘rgazmali, ifodali, tejamli tasvirni olish 
zarur.

Yüklə 10,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə