Book · June 023 citations reads 121 author


model ,  kartografik belgilar tizimi, axborot



Yüklə 10,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/181
tarix11.12.2023
ölçüsü10,33 Mb.
#144445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   181
IbraimovaA.A.Kartalarniloyihalashvatuzish-DARSLIK-2

model

kartografik belgilar tizimi, axborot
va boshqalar. Ushbu 
tushunchalarni joriy etish informatika va kommunikatsiya, 


- 9 - 
kibernetika va semiotika kabi yangi fan va amaliyot sohalari bilan 
umumiy jihatlarni keltirib chiqardi, kartografik modellar bo’yicha 
real dunyoning obyektiv qonuniyatlarini o‘rganishning yangi 
imkoniyatlari va jihatlarini ochib berdi.
Matematik apparatdan foydalanish sohasi kengaydi va 
kartografiya nazariyasi va kartografik ishlab chiqarishda yangi 
metodlar va ularni avtomatlashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Shu 
boisdan, xaritalarni loyihalash va tuzish masalalarining butun 
kompleksini xarita yaratish va real olam qonuniyatlarini o‘rganish 
metodi sifatida kartografik modellashtirish to‘g‘risidagi tushuncha 
nuqtai nazaridan qarash lozim.
Kartografik modellashtirish, mohiyati va turlari 
Kartografik modellashtirish
– bu xaritalarni fazoviy 
modellar 
qurilishi 
usuli 
bilan 
yaratishdir. 
Kartografik 
modellashtirish predmeti borliqning u yoki bu tomonlari 
hisoblanadi. Boshqalardan farqli, kartografik modellar uch 
tomondan qaraladi va ifodalanadi: 
matematik, mazmunli-tarkibiy 
va belgili

Matematik tomoni
modellashtirish jarayonida modelning 
matematik mohiyati masalalari (kartografik proyeksiya, masshtab 
va boshqa elementlarni tanlash) ko‘rilishi va ishlab chiqilishida, 
shuningdek, kartografik modellar qurish uchun miqdor tavsiflarini 
olish, shkalalarni qurish, tahlil, sintezni bajarish va hokazolarda 
turli matematik usullardan foydalanishda namoyon bo‘ladi.
Kartografik modelning 
mazmunli-tarkibiy tomoni
uning real 
obyektlarning tipik xususiyatlari va xarakterli jihatlarini aks 
ettirishi bilan ifodalanadi. Bunda tasvirlanayotgan borliq va model 
orasidagi muvofiqlik ta’minlanadi. Fazoviy tarkib nuqtai 
nazaridan o‘rnatilgan muvofiqlik mazmunning eng muhim 
elementlari bo‘yicha o‘zaro bir xil va qolgan mazmun uchun 
topologik hisoblanadi. Boshqacha aytganda, mazmunli-tarkibiy 


- 10 - 
muvofiqlik quyidagicha ta’minlanadi: yaratilayotgan xarita 
maqsadiga mos holda generalizatsiya qilingan obyekt (hodisa) 
mazmun-mohiyatini, uning tashqi shakli va ichki fazoviy 
tuzilishining to‘g‘ri va geografik ishonchli tasvirlanishi bilan; 
obyektning eng muhim belgilarini tasvirlash va ikkinchi 
darajalilarini chiqarib tashlash bilan; umumiy belgi, xususiyat va 
aloqalarni ajratish bilan. 
Shunday qilib, kartografik modellashtirish jarayonida
xaritaning maqsadi, mazmuni va masshtabidan kelib chiqib, 
modellar, mazmuning to‘liqligi va batafsilligi, ularning aloqalari, 
o‘zaro bo‘ysunuvi va real borliq bilan mos kelishi o‘rnatiladi.

Yüklə 10,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə