Book · June 023 citations reads 121 author


Belgili (tasviriy) tomoni



Yüklə 10,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/181
tarix11.12.2023
ölçüsü10,33 Mb.
#144445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   181
IbraimovaA.A.Kartalarniloyihalashvatuzish-DARSLIK-2

Belgili (tasviriy) tomoni
borliq obyekt va hodisalarini 
tasvirlash kartografik belgilar tizimi yordamida amalga 
oshirilishida namoyon bo‘ladi. Kartografik tasvirlash usullari 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
-
borliq 
obyekt 
va 
hodisalarini 
modellashtirishning 
matematik ifodalangan qonunlari; 
-
kartografiyalashtirilayotgan 
obyekt 
va 
hodisalarni 
umumlashgan ko‘rinishda uzatish usullari; 
-
obyekt va hodisalarni amaliy tasvirlash imkonini beruvchi 
belgilar tizimi, ya’ni tegishli kartografik modellar qurish; 
-
tegishli tashuvchilarda (qog‘oz, magnit lenta, disk va h.k.) 
tasvirni grafik, raqamli va boshqa shakllarda berish 
usullari. 
Bu tomonlarning barchasi o‘zaro bo‘gliq bo‘lib, faqat 
birgalikdagina tegishli kartografik modelni ifodalashi mumkin. 
Kartografik modellarni ko‘rib chiqishda ularning maqsadidan 
(kimlar uchun mo‘ljallanganligidan) kelib chiqib, amaliy 
yo‘nalganligi hisobga olinadi.


- 11 - 
Kartografik modellashtirishda, odatda, bir necha xil modellar 
ajratiladi, real borliqni xaritalashtirish vazifasi, sharoiti va 
usullariga bog‘liq birlamchi va yasama modellarga bo‘linadi. 
Birlamchi modellar 
turli xil syomkalarni (menzula, yer usti 
fototopografik, aerofototopografik va boshqalar) bajarish asosida 
yaratiladi. Bunda birlamchi modellar qurilishi yoki joyda, yoki 
aerofotosuratlar bo‘yicha yoki okeanologik, meteorologik, 
geologik va boshqa maxsus tadqiqotlar va amaliy ishlar natijalari 
bo‘yicha amalga oshiriladi.
Yasama modellar 
birlamchi modellar bo‘yicha yaratiladi. 
Xarita maqsadi va mavzusiga mos holda ushbu modellarning
geodezik va matematik asoslari, qabul qilingan belgilar tizimi 
yordamida xaritalashtiriladigan hodisaning fazoviy joylashuvini 
kartografik tasvirlash usullari o‘rnatiladi. Yasama kartografik 
modellarni yaratishda obyektlarning tasvirlanadigan dastlabki 
tuzilishini umumlashtirish 
amalga 
oshiriladi, 
shuningdek 
matematik va boshqa usullardan foydalanish asosida olingan 
xaritalashtiriladigan obyektlar, ularning o‘zaro aloqasi, rivojlanish 
dinamikasi to‘g‘risidagi qo‘shimcha axborot bilan dastlabki 
kartografik tuzilish uyg‘unligi asosida obyekt va hodisalarning 
yangi tuzilishi proyeksiyalanadi.
Yasama kartografik modellar fan yoki iqtisodiyotning u yoki 
bu sohasi aniq vazifalarini hal qilishda foydalanilishi mumkin. 

Yüklə 10,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə