Book · June 023 citations reads 121 author



Yüklə 10,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/181
tarix11.12.2023
ölçüsü10,33 Mb.
#144445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   181
IbraimovaA.A.Kartalarniloyihalashvatuzish-DARSLIK-2

 
 
Muharrir: 
O‘zMU “Tabiiy geografiya” kafedrasi 
dotsenti, g.f.n. R.A.Ibragimova 
 
Taqrizchilar: 
Toshkent arxitektura qurilish instituti
“Geodeziya va kadastr” kafedrasi
mudiri, t.f.n., professor S.A.Tashpulatov 
 
O‘zMU “Geodeziya va kartografiya” 
kafedrasi dotsenti v.b., geografiya fanlari 
bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sh.Prenov 
 
 
 
 


- 3 - 
So‘z boshi 
 
Hech narsa xarita yaratishdek oson va 
keng tarqalgan emas. Hech narsa ularni 
yetarlicha yaxshi yaratish kabi qiyin ham 
emas. Uni tabiat va san’at ehtiyojlari uchun 
o‘rganishni 
uyg‘unlashtirishda 
yaxshi 
geograf esa juda kam. 
Jak-Nikolas Bellin (1744) 
 
 
Xaritalar barcha joyda ishlatiladi: kundalik gazetalarda va 
haftalik ijtimoiy-siyosiy jurnallarda, kitoblarda, Internetda, 
televideniyeda, poyezdlarda, kemalarda va h.k. Xaritalar juda ko‘p 
va turli-tumandir. Ayrim xaritalar yuqori tafsilotlilikka ega bo‘lib, 
texnik rasmga o‘xshasa, boshqalari qo‘lda chizilgan eskiz yoki 
oddiy rasm kabi namoyon bo‘ladi. Ayrimlarida butun dunyo
boshqalarida esa dala hovlidan katta bo‘lmagan hududlar 
tasvirlanadi. Jamiyat rivojlanishi takomillashishi bilan barcha 
turdagi xaritalarga bo‘lgan talab va ehtiyojlar murakkablashib va 
oshib bormoqda. Mahalliy hokimlik organlari va loyihalash 
tashkilotlarining atrof-muhit holati va reurslar haqidagi 
ma’lumotlarini grafik jihatdan ko‘rsatishda xaritalar alohida o‘rin 
tutadi. Tuproqshunos, geolog yoki suv resurslari mutaxassislari 
xaritalardan kundalik faoliyatlarida foydalanishadi. Kommunal-
xo‘jalik korxonalari va loyiha firmalari o‘z faoliyatida texnik 
xaritalar bilan ish ko‘rishadi. Yerdan foydalanish xaritalari ham 
muhim; kadastr xaritalari mahalliy soliq yig‘imlari uchun zarur.
Hozirda butun kartografiya, jumladan uning xaritalarni 
loyihalash va tuzish (darslik nomida tasdiqlangan o‘quv reja 
asosida “karta” deb berilgan, butun matnda esa O‘zbek tilining 
imlo lug‘atiga asosan “xarita” deb ishlatiladi) sohasi tez sur’atlarda 
o‘zgarmoqda. Kompyuter texnologiyalari va dasturiy ta’minotdagi 
taraqqiyot, Internet imkoniyatlarining kengayishi, geografik 


- 4 - 
axborot tizimlari (GAT)ning keng tarqalishi xaritalarni yaratish va 
ulardan foydalanish usullarini tubdan o‘zgartirmoqda. 
Kartografiya 
sivilizatsiya 
tarixi 
bilan 
chambarchas 
bog‘langan uzoq taraqqiyotga ega ilmiy va amaliy fan hisoblanadi. 
Kartografiya mustaqil tadqiqot sohasi sifatida istiqbolli fanga 
aylangan. Ko‘plab mamlakatlarda kartografiya geografiya 
dasturlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib kelgan. Hozirda ham 
ko‘p jihatdan geografik tadqiqotlar bilan aloqador bo‘lsa-da, 
kartografiya alohida akademik soha va GATning ajralmas qismi 
sifatida qaraladi. Kartografiya o‘zining rivojlanishi bilan har biri 
o‘z faoliyat doirasi, ta’limiy talablar, texnologiyalar va falsafiy 
asoslarga ega bir qator tarkibiy qismlarga ajralmoqda. Shulardan 
biri uning xaritalarni loyihalash va tuzish sohasi hisoblanadi. 
Bugungi kunda xaritalarni yaratish ba’zi umumiy jihatlari bo‘lsa-
da, ajdodlarimiz foydalangan texnologiyalardan kuchli farq qiladi.
Darslikning maqsadi talaba va qiziquvchilarni turli xil xarita 
va atlaslarni yaratish usullari, tamoyillari va texnologiyalari bilan 
yaqindan tanishtirishdan iborat. Unda mamlakatimiz kartograflari 
T.Mirzaliyev, E.Safarov, A.Egamberdiyev, J.Qoraboyev, rus 
kartograflari 
K.A.Salishev, 
Yu.S.Bilich, 
A.S.Vasmut, 
A.M.Berlyant, T.G.Svatkova, N.A.Alekseenko, A.A.Makarenko, 
V.S.Moiseeva asarlari hamda rivojlangan xorij mamlakatlari oliy 
ta’lim muassasalari o’quv rejasiga kiritilgan Arthur H.Robinson va 
boshq. 
(Elements of Cartography. New York, 1995)
, Menno-Jan 
Kraak, Ferjan Ormeling 
(Cartography: Visualization of 
Geospatial Data. London, 2010)
, Borden D.Dent va boshq. 
(Cartography: Thematic Map Design. New York, 2009)
, Judith 
A.Tyner 
(Principles of map design. New York, 2010) 
muallifligidagi adabiyotlardan, shuningdek, mamlakatimizda va 
xorijda chop etilgan boshqa kartografik asarlar, Internet 
manbalardan keng foydalanildi.


- 5 - 

Yüklə 10,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə