Book · June 023 citations reads 121 author


I BOB. XARITALARNI LOYIHALASHNING UMUMIY



Yüklə 10,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/181
tarix11.12.2023
ölçüsü10,33 Mb.
#144445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   181
IbraimovaA.A.Kartalarniloyihalashvatuzish-DARSLIK-2

I BOB. XARITALARNI LOYIHALASHNING UMUMIY 
ASOSLARI 
 
1.1. Fanning maqsadi va vazifalari 
Fan va texnikaning turli sohalarida kartografik usullarning 
keng joriy etilishi, xaritalar bo‘yicha yechiladigan vazifalar 
doirasining kengayishi hamda ulardan olinadigan natijalar 
aniqligiga talabning oshishi ishlab chiqarilayotgan kartografik 
mahsulot hajmini oshirish, eng kam mehnat va moddiy harajatlar 
bilan yuqori sifatli turli xil maqsadlar uchun mo‘ljallangan xarita 
va atlaslarni yaratishni talab qiladi. Ushbu vazifalarni kartografik 
ishlab chiqarishni muntazam takomillashtirib borish, kartografiya 
nazariyasi, uning barcha ilmiy-texnik yo’nalishlarini, shu 
jumladan uning yetakchi tarmog‘i – xaritalarni loyihalash va 
tuzishni yanada rivojlantirish asosida hal etish mumkin. 
Hozirgi paytda xaritalarni yaratishning ikki asosiy usuli 
mavjud. 
Birinchisi
– an’anaviy usul bo‘lib, qo‘l mehnatiga 
asoslangan. 
Ikkinchisi
– avtomatlashgan (kompyuterlashgan) 
kartografik tizimlardan foydalanishni ko‘zda tutadi. 
Xaritalarni loyihalash va tuzish fani rivojlanishida quyidagi 
vazifalarni hal etish zarur hisoblanadi: 
-
xaritalarni loyihalash va tuzish nazariyasini, shu jumladan 
xaritalar 
originallarini 
yaratish 
jarayonlarini 
matematik 
modellashtirishni yanada rivojlantirish; 
-
xaritalarni loyihalash bo‘yicha barcha turdagi ishlarni 
amalga oshirish uchun matematik va boshqa metodlarni ishlab 
chiqish; 
-
tasvirlanadigan 
obyekt 
va 
hodisalarni 
kartografik 
generalizatsiyalashning nazariyasi, usullari va modellarini ishlab 
chiqish; 


- 6 - 
-
GAT-texnologiyalar asosida kartografik axborotni qayta 
ishlash; 
-
kartografik ma’lumotlar fondini shakllantirish nazariyasi va 
usullarini ishlab chiqish, hujjatli va faktografik tipdagi axborot-
qidiruv tizimini hamda u asosida kartografik ma’lumotlarning 
avtomatlashgan bankini yaratish; 
-
avtomatlashtirilgan kartografik tizimlar hamda ularning 
axborot, matematik va dasturiy ta’minotini ishlab chiqish; 
-
kartografik tasvirni analiz va sintez qilishning matematik va 
boshqa usullarini, xaritalar bo‘yicha hodisalarni tadqiq qilish 
uchun avtomatlashtirish nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqish 
hamda ular bo‘yicha obyektiv borliqning yangi qonuniyatlarini 
o‘rnatish; 
-
xaritalashtiriladigan obyekt va hodisalarni tadqiq qilish 
natijasida olingan analitik va integral tavsiflari asosida xaritalar 
tuzish nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqish va h.k. 

Yüklə 10,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə