Botanika va ekologiya



Yüklə 181 Kb.
səhifə10/15
tarix28.11.2023
ölçüsü181 Kb.
#135684
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
batanika 6 varia Abdulbannob

Terofitlar. Bir yillik – qishda yoki kuzda butunlay quriydi, kurtaklari qolmaydi. Keyingi yili urug‘lari yordamida kо‘payadi. Hayotiy shakllarning ekolo-morfologiyasiga asoslangan
klassifikasiyasi. О‘simliklarning о‘sishiga va vegetativ organlarining yashashiga qarab, kurtaklarning joylashishiga asoslanib bir necha guruhlarga bо‘lingan: yog‘ochli о‘simliklar (daraxt, buta va, butacha);о‘tsimon о‘simliklar (kо‘p va bir yillik о‘tlar); oraliq guruhlar – yarim yog‘ochlangan (yarim butalar, yarim butachalar).Poyalarning о‘sishiga qarab daraxt, buta, о‘t о‘simliklari yana bir necha guruhlarga: tik о‘suvchi, yotib о‘suvchi, о‘rmalab о‘suvchi
о‘simliklarga bо‘linadi. О‘tsimon о‘simliklar ovqatlanishiga qarab aftotrof, simbiotrof, yarim parazitlar, parazitlar va xasharotxо‘r о‘simliklarga bо‘linadi. Kо‘p yillik о‘tsimon va butacha
о‘simliklarning yer ostki organlariga qarab: ildizpoyali, tugunakli, piyozboshli, kaudeks hosil qiluvchilarga bо‘linadi. О‘tsimon о‘simliklarning klassifikasiyasi. Bu tizimga kо‘p yillik о‘t
о‘simliklar gemikriptofit va geofitlar kiradi
1) О‘q ildizli (kaudeksli) о‘simliklar. Yaxshi rivojlangan,jamg‘aruvchi, tuproq qatlamlariga chuqur kirib boruvchi ildizlarga ega bо‘lgan о‘simliklar. Kaudeksning shoxlanishiga qarab bir boshli, kо‘p boshli bо‘lishi mumkin (beda, miya).
2) Popuk ildizli о‘simliklar. Asosiy ildizi bо‘lmaydi. Qо‘shimcha ildizlari yо‘g‘on g’amg‘aruvchi, buralib zich joylashgan ildizlar hosil qiluvchi о‘simliklar. Poyasi kalta bо‘g‘im oraliqlari qisqa (zubturum, ayiqtovon va boshqalar).
3) Qisqa yer osti – ildizpoyali о‘simliklar. Kо‘p yillik о‘simliklar qо‘shimcha ildizlari hisobiga yashaydi. Lekin yer ostki ildiz poyasi yaxshi rivojlangan – kо‘p yillik, bо‘g‘im oraliqlari qisqa (ildiz poyasi – epigeogen – yer ustida paydo bо‘ladi) gulsapsar va boshqalar.
4) Uzunerostipoyali о‘simliklar – gipogen ildizpoyali о‘simliklar ya’ni ildiz poyasi yerostida hosil bо‘ladi. Gumoy, miya va boshqalar.ldizlari qо‘shimcha ildiz tipida.
5) Zich tup hosil qiluvchi о‘simliklar – ildizpoyalari qisqa, zich kо‘p sonli qо‘shimcha ildizlar hosil qiluvchi kо‘p yillik bir pallali о‘simliklar.



Yüklə 181 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə