Botanika va ekologiya



Yüklə 181 Kb.
səhifə8/15
tarix28.11.2023
ölçüsü181 Kb.
#135684
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
batanika 6 varia Abdulbannob

Gigrofitlar. Bu guruh о‘simliklar nam yetarli bо‘lgan yerlarda o‘sadi ya’ni botqoqlarda, zax, о‘rmonlarda. Bu о‘simliklar suvga muhtoj emas. Shuning uchun ularda transpirasiyaning pasaytiruvchi ayrim moslashish belgilari bо‘lmaydi. Masalan: medunisa о‘simligining barglari epidermasi yupqa pо‘stli va yupqa kutikula bilan qoplangan. Og‘izchalar epiderma hujayralari bilan bir tekisda yoki ulardan balandroq joylashgan va siyrak tuklar bilan qoplangan. Nam
atmosferada transpirasiyaning jadalligi poya bо‘ylab moddalarning harakatini yaxshilaydi.
О‘rmonda о‘sadigan о‘simliklarning tuzilishi soyasevar о‘simliklar tuzilishiga о‘xshash bо‘ladi.
Kserofitlar. Bu guruh о‘simliklar tuproq va havoda namlikning tanqisligiga qarab turlicha moslashish belgilarini hosil qilgan. Bu moslamalar transpirasiya jarayonida kam suv bug‘latishga qaratilgan. Kserofitlar morfologik jihatdan turli hayotiy shakllar ega bо‘lgan
о‘simliklar bо‘lib ular orasida bargli va poyali sukkulent о‘simliklar ham uchrab kо‘p vaqtlar tanasida suv saqlab turishga moslashgan. Bu guruh о‘simliklari barglarini turlicha turlicha shaklga o‘zgartirilgan (bargsiz, mayda bargli, barg о‘rniga va poya о‘rniga tikonlarning hosil
bо‘lishi ya’ni kladodii, filloklodiy, fillodiyalar kabi). Kserofitlarning kо‘pchiligining barglari dag‘al qalin kutikulali bо‘lib sklerofitlar (yunon. skleros – dag‘al) deyiladi yoki
sklerofillashgan о‘simliklar deyiladi. Bu о‘simliklarning barglari va poyalari qalin tuk bilan qoplangan bо‘ladi. Anatomik tuzilishlari transpirasiyani kamaytirishga moslashgan (169-rasm).
Galofitlar. Shо‘r tuproqlarda о‘sadigan о‘simliklarni galofitlar deyiladi (galos – sol). Bu ham kseromorf tuzilishga ega. Galofitlarning osmotik bosimi kuchli bо‘lganligidan shо‘r
tuproqlarning suvidan foydalana olmaydi. Hayotiy shakli jihatidan galofitlarning ba’zilari sukkulentlardir, masalan shо‘ralar. Boshqa galofitlar mayda, dag‘al barglarga ega, ba’zilari barglarning ustiga kristallarni ajratadi (Masalan tamariks, sho‘radoshlar oilasi vakllari
Yuksak о‘simliklarning geterotrof ovqatlanishga moslashish.
Yuksak о‘simliklar avtotrof ovqatlanadilar – (ya’ni fotosintez jarayonida, tuproqdan olinadigan mineral moddalar, azot bilan birgalikda о‘simliklarning oziqlanishi). Haqiqiy geterotrof
organizmlar organik moddalarning qoldiqlari bilan (saprofitlar) oziqlanadi. Bularga zamburug‘lar va bakteriyalar misol bо‘ladi. Ba’zi yuksak о‘simliklar faqat mineral moddalar emas organik moddalar bilan ham oziqlanishga moslashganlar. Bunday о‘simliklar
yoki epifit hayot kechiruvchilar yoki kuchli ishqorli tuproqlarda, torfli tuproqlarda о‘sishi mumkin. Bunday joylarda yashagan yuksak gulli о‘simliklar yashil barglarga ega bо‘lib, fotosintez qilishga qodir, lekin qо‘shimcha azotli oziqlarni zamburug‘lar bakteriyalar bilan simbioz yashab ulardan oladi. Bunday о‘simliklarni simbiotroflar deyiladi.
Obligat о‘simliklarga ya’ni mikoriza hosil qiluvchi daraxtlar, о‘tloq va botqoqliklarda о‘sadigan о‘tsimon о‘simlik kiradi. Mikoriza о‘simliklar urug‘laridan о‘sib chiqqan vaqtdan boshlab paydo bо‘la boshlaydi va zamburug‘larsiz maysa о‘sa olmaydi, hatto arxid oilalar
vakillarida zamburug‘lar murtak rivojlangan vaqtida uning ichiga kirib boradi.
Ba’zida geterotrof ovqatlanuvchi organizmlar organik moddalar bilan ovqatlanishga shunday moslashganlarki, hatto yashil pigmentini yо‘qotib, fotosintez ham qilmaydi. Natijada antosian ta’sirida qizg‘ish, qо‘ng‘ir, sariq, oq ranglarga kirib qoladi. Barglari etdor hatto qisqarib
tangacha barglarga aylanib qoladi. Zamburug‘lar ta’sirida ildizlari uzunasiga о‘sishdan tо‘xtab eniga о‘sadi – korallasimon shaklga kiradi. Bu simbiozlarning butunlayga parazitlik hayotga о‘tgan gulli о‘simliklardir (Neottia nidus – avis, - Epipodon – nadborodnik).
Ba’zi yuksak о‘simliklar butunlayiga parazitlikka о‘tib, boshqa organizmlar hisobiga ovqatlanadi. Ularning ildiz va barglari qisqarib shakllari о‘zgargan. Ildizlarining о‘rniga sо‘ruvchi – gaustroiyalar hosil bо‘lib, о‘simliklarning tanasiga botib о‘tkazuvchi sistemalari
bilan tutashib ketadi. (Orobancha), kungaboqarlarda parazitlik qiluvchi Petrov krest (Lathraea squamaria). Zarpechak turlari о‘t о‘simliklarga mansub bо‘lib, poyalari chirmashib о‘sadi, ildizlari mutlaqo rivojlanmaydi

Bulardan tashqari yarim parazit о‘simliklar ham mavjud bо‘lib, ular yashil poyalarini saqlab qolib ildizlarida mayda ildizlar о‘rniga sо‘ruvchi sо‘rg‘ichlar hosil qilib, boshqa о‘simliklarning ildizlariga yoki poyalariga sо‘rg‘ichlarini botirib oziqlanadi. Omela (Viscum album) (Rhinanthus – Melampyrum nemorosum).Botqoqlarda azot yetishmaganligidan hasharotlar bilan ovqatlanadigan hasharotxо‘r yirtqich о‘simliklar ham uchrab, ularda
hasharotlarni ushlaydigan moslamalar paydo bо‘lgan



Yüklə 181 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə