Botanika va ekologiya


О‘simliklarning hayotiy shakllarining klassifikatsiyasi



Yüklə 181 Kb.
səhifə9/15
tarix28.11.2023
ölçüsü181 Kb.
#135684
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
batanika 6 varia Abdulbannob

5.О‘simliklarning hayotiy shakllarining klassifikatsiyasi

О‘simliklarni hayotiy shakllarining, ya’ni biomorflarining klassifikatsiyasini biror faktorlarga yorug‘liqqa, suvga yoki oziqlanish xususiyatlariga asoslanib tuziladi. Hayotiy shakllarning keng tarqalgan, universal (kо‘p qirrali) klassifikatsiyasini, 1905-yilidaniyalik botanik K.Raunkiyer ishlab chiqqan. K. Raunkiyer O‘simliklari kurtaklarining novdada joylashishi va noqulay sharoitda himoyalanishiga qarab 5 yirik kategoriyaga bо‘lgan


1) Fanerofitlarfaneros - ochiq
2) Xamefitlar – xame – past
3) Gemikriptiofitlar – gemi – yarim
4) Kriptofitlar – kriptos – yashirin
5) Terofitlar – teros – yoz
Fanerofitlar. Kurtaklari qisman ochiq yerdan ancha balandlikda saqlanadigan o‘simliklardir (daraxtlar, butalar, yog‘ochlangan lianlar, omelaga о‘xshagan yarim parazitlar). Kurtaklari tangacha barg bilan qoplanib saqlanadi. О‘rmonlarda yashovchi daraxtlarda ochiq
kurtaklar ham uchraydi. О‘simliklarning balandliklariga qarab mega –yirik, katta, mezos – о‘rta, mikros – kichik, nanos – pakana ya’ni mega-, mezo-, mikro- va nanofanerofitlarga bо‘lgan.
Xamefitlar. Kurtaklari yerdan ozgina uzoqroqda joylashgan – (20-30 sm oralig‘ida). Bu guruhga yarimbutalar, yarimbutachalar, yostiq tipidagi о‘simliklar, kо‘pchilik о‘rmalovchi sovuq paytlarida kurtaklari qor tagida qishlaydigan o‘simliklar kiradi.
Gemikriptofitlar. Kо‘p yillik о‘t о‘simliklar. Bu о‘simliklarning kurtaklari yer yuzasida yoki qisman tuproqqa kо‘milib yashaydi (yoki о‘simliklarning qurigan shox shabbalarining tagida) o‘simliklar hisoblanadi. Bu guruhni Raunkiyer yana bir necha guruhchalarga bо‘ladi
1) Protogemikriptofitlar – poyasi uzun, har yili yer ustki qismi
kurtaklari joylashgan joylargacha quriydigan о‘simliklar.
2) Rozetkali gemikriptofitlar – qisqa poyali, qishda kurtaklari bilan
yer yuzida tuproqda qishlaydi (reza – qoqilar).
Kriptofitlar – geofitlar. Geo – yer. Kurtaklari tuproqning ichida yer yuzasidan ancha chuqurlikda (ildiz poyali, tuganakli, piyozboshli о‘simliklar kiradi) yoki gidrofitlar – kurtaklari suvda qishlovchi о‘simliklar kiradi.

Yüklə 181 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə