Botanika va ekologiya


Maysa mevalarining anatomiyasi



Yüklə 181 Kb.
səhifə5/15
tarix28.11.2023
ölçüsü181 Kb.
#135684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
batanika 6 varia Abdulbannob

Maysa mevalarining anatomiyasi
Maysalarning donalari bitta urug'li oddiy mevalar bo'lib, ular perikarp (tuxumdon devori) va urug 'po'sti bir qatlamga birlashtirilgan. Ushbu turdagi mevalar a deb nomlanadi karyopsis. Bunga bug'doy, arpa va guruch kabi donli donlarni misol qilish mumkin.
Quruq mevalarning o'lik perikarpasi unib chiqqan urug'larning tirik qolish darajasini oshirish uchun faol oqsillarni va boshqa moddalarni saqlashga qodir bo'lgan ishlab chiqilgan qatlamni anglatadi


3.Meva va urug‘larning tarqalish usullari.

Meva va urug‘lar pishib yetilgandan sо‘ng bir qismi yerga tushadi, bir qismini о‘simlikdan


uzib terib olinadi. О‘simliklarning diasporalari (yunon. diaspeyro – sochilmoq) tabiiy ravishda о‘simlik tanasidan ajralib, kо‘payish uchun xizmat qiladi. Diasporalar spora, urug‘, meva va boshqalar vositasi bilan tarqaladi. Diasporalarning tarqalishi asosan ikki usul bilan bо‘ladi.
1. Meva va urug‘larning tabiiy tarqalishi. Bunday tarqaladigan о‘simliklar avtoxor (yunon. autos – о‘zish; xoreo – tarqalaman) о‘simliklar deb ataladi. 2. Turli vositalar (suv, shamol, qushlar, hayvonlar va odamlar) orqali tarqaladigan о‘simliklarga alloxor (yunon. allos – boshqa; xoreo – tarqalaman) о‘simliklar deyiladi. Avtoxor о‘simliklarning meva va urug‘lari, odatda, yaqiniga, kо‘pi bilan 1-2 m nariga sochiladi. Avtoxor о‘simliklarning mevalari ikkiga:
mexanoxor va baroxor bо‘linadi
Mexanoxor о‘simlik mevalarining urug‘lari kо‘sak va qо‘zoqni yorilishi bilan sochiladi (masalan, binafsha, lola va boshqalar). Ba’zi о‘simliklarning mevalari pishgan vaqtda uning ichida kuchli bosim hosil bо‘ladi. Meva yorilgan vaqtda charsillagan ovoz chiqarib
urug‘lar zarb bilan sochiladi. Bunday о‘simliklarga gunafshalar, dykakdoshlar (akasiya, burchoq. mosh va boshqalar) geran, yovvoyi xina va boshqalar misol bо‘ladi.
О‘zbekistonda keng tarqalgan yovvoyi bodringning pishgan mevasiga salgina tegib ketilsa tanasidan uziladi va urug‘lari shilimshiq modda bilan otilib chiqib, odamga yoki hayvonga yopishib, shu tariqa tarqaladi. Chatnab ochiluvchi quruq mevalar (dukkak, qо‘zoq va
qо‘zoqcha) yetilganda meva sirtining tashqi va ichki tо‘qimalari har xil darajada tarang bо‘ladi. Shuning natijasida meva yoni chatnab yoriladi, ular kuch bilan atrofga sochiladi.Baroxor о‘simlik mevalari og‘ir bо‘ladi va yong‘oq, eman, kashtan о‘simliklarning mevalari misol bо‘la oladi. Bu mevalar pishgandan keyin uzilib tagiga tushadi.Avtoxor mevalarning orasida geokarp (yunon. geo – yer) mevalar ham bо‘ladi. Ular pishgandan keyin daraxtdan uzilib, yerga tushadi va yerda pishadi. Masalan, О‘zbekistonda sabzavot ekinlari ekiladigan maydonlarda doimo uchraydigan laylak tumshuq (Erodium cicutarium) degan begona о‘tning mevasi beshta yong‘oqchadan iborat.
Yong‘oqchalarning pastki tomonidagi uchida tukli alohida tumshuqchasi orqaga qayrilgan, yuqori tomonida esa uzun qiltiqli о‘simtalari bо‘ladi. Bu о‘simtalar meva yetilguncha markaziy
ustunchaga qо‘shilgan bо‘lib, meva yetilgandan keyin ustunchadan ajraladi. Mevalari quriganda parmaga о‘xshagan qiltiqchalarni, nam yerni о‘zidan-о‘zi qazib kirib ketadi.

Yüklə 181 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə