Botanika va ekologiya


Yorug‘lik namlik faktorlariga kо‘ra о‘simliklarning ekologik guruhlari



Yüklə 181 Kb.
səhifə7/15
tarix28.11.2023
ölçüsü181 Kb.
#135684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
batanika 6 varia Abdulbannob

4.Yorug‘lik namlik faktorlariga kо‘ra о‘simliklarning ekologik guruhlari.
О‘simliklarni tashqi muhitning biror faktoriga bо‘lgan aloqasiga qarab ekologik guruhlar ajratiladi. О‘simliklarning tuzilishiga tuproqning namligi, havo va yorug‘lik kabi muhim faktorlar ta’sir etadi. Bu faktorlarga о‘simliklar turlicha moslashadi, shuning uchun
kserofitlar (soya sevar о‘simliklar) tashqi – gabitusi va ichki tuzilishlari bilan farq qiladilar. Ular turli hayotiy shakllarga ega. О‘simliklarning hayotiy shakli yoki biomorfi (yunon. bios – hayot,(rmorfo – shakl) deganda о‘simliklarning ontogenez davrida aniq ekologik sharoitga moslashib shakllangan о‘ziga xos tashqi qiyofasi tushuniladi. Gabitus birinchi nabdatda о‘simliklarni yer ustki va yer ostki kabi vegetativ organlarning о‘ziga xos о‘sish xususiyatlariga
bog‘liq. О‘simliklarni namlikka bо‘lgan munosabatiga ko‘ra quyidagi
guruhlarga bо‘linadi. 1) Kserofitlar (kseros – quruq; fiton – о‘simlik) – tuproq va havoda
doimiy yoki vaqtinchalik suv tanqisligiga moslashgan о‘simliklar.2) Mezofitlar (mezos – о‘rtacha) namlik deyarlik yetadigan joylarda о‘sadigan о‘simliklar. 3) Gigrofitlar (gigra – nam) tuproqda havo namligiga nisbatan kо‘proq nam bо‘lgan yerlarda о‘sadigan о‘simliklar.
4) Gidrofitlar (gidro-suv) suv muhitiga moslashgan о‘simliklar. Bu о‘simliklar suvga yarim botib yashaydilar о‘simliklardir. 5) Gidatofitlar – butunlay suvga botib yashovchi о‘simliklar.
Gidatofitlarga elodeya, vallisneriya, suv ayiqtavonlari kabi о‘simliklar kiradi. Bu о‘simliklarning ba’zilarining ildizlari xovuzlarning tubidagi loylarda yopishib о‘sadi, ba’zilari suvda suzib yuradi. Faqat gullash vaqtida tо‘pgullari suv yuzasiga chiqadi. Gidatofitlarda gaz almashinish suvda erigan kislorodning kamligidan qiyinlashadi. Suvda kislorod qancha kam bо‘lsa shuncha suvning harorati baland bо‘ladi. Shuning uchun gidatofitlarning
organlarini yuzasi umumiy massasidan ko‘p bо‘ladi. Masalan elodeyaning barglari yupqa bо‘lib 2 qator hujayralardan tashkil topgan, kо‘p vaqtda ipsimon bо‘laklarga bо‘lingan bо‘ladi.
Suvda botib о‘sadigan о‘simliklarga yorug‘lik kamroq yetib boradi,shuning uchun gidatofitlarda soyasevarlik xususiyatlari ham bor.Epidermasida kutikula bо‘lmaydi yoki juda yupqa bо‘lib suv kirishga halaqit bermaydi. Shuning uchun suvda yashovchi
о‘simliklarni, suvdan chiqazganda suvini butunlayiga yо‘qotib bir necha minutda qurib qoladi.
Suv havoga qaraganda zichroq shuning uchun suv о‘simliklarni ushlab turadi. Bu guruh о‘simliklarning tо‘qimalarida yirik hujayra oraliqlari mavjud bо‘lib havo bilan tо‘lib yaxshi kо‘rinadigan airenxima to‘qimasini hosil qiladi. Shuning uchun suvda yashovchi
о‘simliklar suvda bemalol botib yashaydi, ular hech qanday mexanik tо‘qimaga muhtoj emas. О‘tkazuvchi naylari mutlaqo bо‘lmaydi yoki juda sust rivojlangan. О‘simliklar suvni butun tanasi bilan shimadi. Hujayra oraliqlari faqat suvda suzishini ta’minlabgina qolmasdan gaz
almashinish joyi hamdir. Kunduzi fotosintez vaqtida ular kislorod bilan tо‘ladi, qorong‘ida esa tо‘qimalarning nafas olishi uchun xizmat qiladi. nafas olganda ajralib chiqqan karbonat angidridi tunda hujayra oraliqlariga tо‘planadi, kunduz fotosintezga qatnashadi. Kо‘pchilik
gidatofitlar vegetativ yо‘l bilan kо‘payadi. Aerogidatofitlar. Oraliq gruppa о‘simliklari hisoblanadi. Bular ham gidatofitlar bо‘lib, barglarning bir qismi suv yuzasida suzib hayot
kechiradi (ryaska, kuvshinka). Kubishkaning barglaridagi og‘izchalar atmosferaga yaqin faqat bargning ustki epidermasida (1 mm2 da 650 dona) bо‘ladi. Mezofillida palisad parenxima juda yaxshi rivojlangan.Og‘izchalar va keng hujayra oraliqlaridan kislorod ildizpoya va
ildizga boradi.Gidrofitlar. Bu guruh о‘simliklari hovuzlar atrofida о‘sadi (qamish, shakar qamishi, qirqbо‘g‘im). Bu о‘simliklarning ildizpoyalari hovuzlar tubida va kо‘psonli qо‘shimcha ildizlarni hosil qiladi. Suvning yuzasidan ularning barglari hatto poyalari suvdan
yuqoriga chiqib turadi

Gidrofitlarning barcha organlarida hujayra oraliqlari mavjud bо‘lib,suvga botib turgan organlarini kislorod bilan taminlaydi. Kо‘pchilik gidatofitlarning barglarida о‘ziga xos turlicha tuzilishlar paydo bо‘ladi. Masalan, suvda yashovchi nayzabarg о‘simligining suv ustiga
chiqib turgan barg plastinkalarida va barg bandida havo yо‘llari bо‘ladi. Suvga botgan barglarda barg plastinkasi va barg bandining о‘rniga ingichka lentasimon barglar paydo bо‘lib ichki tuzilishi gidatofit о‘simliklar barglari tuzilishga о‘xshash bо‘ladi. Xullas, bitta
о‘simlikda oraliq shakldagi barglarni ham uchratish mumkin.

Yüklə 181 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə