Botanika va ekologiya


Alloxor о‘simliklarning meva va urug‘lari asosan tо‘rt xil yо‘l bilan: anemaxor



Yüklə 181 Kb.
səhifə6/15
tarix28.11.2023
ölçüsü181 Kb.
#135684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
batanika 6 varia Abdulbannob

Alloxor о‘simliklarning meva va urug‘lari asosan tо‘rt xil yо‘l bilan: anemaxor (yunon. anemos – shamol), zooxor (yunon. zoon – hayvon), gidroxor (yunon. gidro – suv) va antropoxor (yunon. antropos – odam) yordamida tarqaladi.
Anemoxor о‘simliklar tabiatda juda kо‘p tarqalgan. Ularning meva va urug‘larini shamol yordamida tarqalishiga ba’zi moslashmalari “pо‘pakcha” “qanotcha”, “parashyut” yordam beradi. Bunday moslashmalar (tol, terak, qayrag‘och, shumtol, zarang, saksovul,juzg‘un, qoqiо‘t, aristid, sedin) kabi о‘simliklarda uchraydi.
Moslashmalar urug‘ va mevalarning havoda shamol bilan tarqalishini sonlashtiradi
Ba’zi о‘simliklar (orxideyaguldoshlar, qichitqidoshlar, shumg‘iyaguldoshlar)ning urug‘lari juda
mayda va yengilki, ular havoda shamol vositasida uzoq masofalarga tarqaladi.
О‘rta Osiyo chо‘llarida о‘sadigan ba’zi о‘simliklarning mevasi pishgandan keyin yer osti qismidan uziladi. Chо‘lda ancha joygacha shamol bilan uchib borgan urug‘larning bir-biri bilan chirmashib,kattakon shar bо‘lib qoladi. Silkinish vaqtida bu urug‘lar tо‘kiladi.Bunday о‘simliklar yumalovchi (perikatipole) deb ataladi (yantoq, shо‘ra boltiriq, boyalich, parrak, italiya exiumi). Talaygina о‘simlikdar urug‘ va mevalarining hayvonlar vositasida tarqalishiga
zooxor tarqalish deyiladi

Hо‘l mevalarning urug‘larini hayvonlar, asosan qushlar tarqatadi.Kо‘p urug‘lar loy bilan hayvon va qushlarning oyoqlariga yopishadi va shu yо‘l bilan uzoq masofalarga tarqaladi. Urug‘ va mevalarning qushlar bilan tarqalishiga ornitoxoriya (yunon. ornitos – qush; xoryeo


– tarqalish) deb ataladi.

Donsiz, etdor, sersuv mevalarni qushlar yeydi. Hazm bо‘lmagan urug‘lar axlat bilan birga tashqariga chiqariladi. Bu hodisaga endozooxoriya (yunon. e n d o – ichki) deyiladi. Ba’zi о‘simliklarning urug‘lari esa chumolilar bilan tarqaladi, bunga mirmekkoxoriya (yunon. mirmeks – chumoli) deb ataladi (gunafsha, burmaqora, g‘ozpiyoz va boshqalar). Gidroxor о‘simliklar daryo, kо‘l va dengiz qirg‘oqlarida о‘sadi. Ularning meva urug‘lari suv vositasida tarqaladi. Masalan, daryo yoki dengizning chо‘milish uchun qulay bо‘lgan qirg‘oqlarida


shо‘radoshlar oilasining (Atreplex) kо‘kpek deb ataladigan bir necha turlari (olabuta yoki shо‘rolabuta)ni, qatron (Crambe maritima) va boshqa о‘simliklarni uchratish mumkin

О‘simlik urug‘ va mevalarining inson tomonidan ixtiyoriy yoki noixtiyoriy ravishda tarqatilishiga, antropoxor deb ataladi. Masalan, quyon quyrug‘i (Erigeron canadensis), yovvoyi gultojixо‘rozning turlari (Amaranthus canadensis), elodeya (Elodea canadensis) va
boshqa bir necha xil о‘simliklar Ovrupoga Shimoliy Amerikadan Kanadadan) olib kelingan. Hozir bu о‘simliklar Osiyoda ham tarqalgan. Qо‘ytikan (Xanthium spinosum) Janubiy Amerika qit’asidan Janubiy Ovrupoga, u yerdan О‘rta Osiyoga keltirilgan. Katta bargli zubturum (Plantago major), bug‘doyiq (Agropyron repens), eshakо‘t (Stilaria media), shо‘ra (Salsola) va boshqa о‘simliklar Ovrupodan Shimoliy Amerikaga olib kelingan va tarqatilgan. Markaziy Osiyodan О‘rta Osiyoga bangidevona (Datura stramonium) olib kelingan. Kaktus о‘simligining vatani Shimoliy Amerika qit’asining Meksika yarim oroli hisoblanadi. U yerda kaktuslar yovvoyi holda о‘sib katta maydonlarni ishg‘ol etadi. Hozir kaktuslarning bir qancha turlari Avstraliya va Shimoliy Afrikaning sahrolarida ixtiyoriy ravishda о‘stirilib iqlimlashtirilmoqda va shu usul bilan boshqa joylarga tarqatilmoqda.



Yüklə 181 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə