Botanika va ekologiya


-rasm. O’simliklarning hayotiy shakllari (K. Raunkiyer boyicha, 1907)



Yüklə 181 Kb.
səhifə11/15
tarix28.11.2023
ölçüsü181 Kb.
#135684
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
batanika 6 varia Abdulbannob

171-rasm. O’simliklarning hayotiy shakllari (K. Raunkiyer boyicha,
1907):
1–3 – fanerofitlar; 4–5 – xamefitlar; 6–7 – gemikriptofitlar;
8–11 – kriptofitlar; 12 – terofitlar; 12a – murtakli urug’.

6) Tuganak hosil qiluvchi о‘simliklar –


1) bitta kо‘pyillik poya tipidagi tuganak hosil qiluvchi о‘simliklar va yana har yili tuganaklarini almashtiruvchi;
2) ildiz tipidagi о‘simliklar (yatrishnik va boshqalar);
3) stolon tugunakli о‘simliklar kartoshka).
7) Piyozboshli о‘simliklar – kо‘p yillik qismi turli tipdagi piyozboshlar, almashib turadigan qо‘shimcha ildizlarni hosil qiluvchilar. Bu о‘simliklar kо‘p yillik va bir yillik bо‘lishlari mumkin.
8) Yer yuzida о‘rmalovchi, yer ustki – stalonli о‘simliklar. Kо‘p yil (2-4) yashovchi о‘tsimon о‘simliklar, plagiotrop о‘rmalovchi poyaga ega bо‘lgan (piyozboshli choy va boshqalar) yoki stalonli tez qurib qoluvchi - о‘simliklar (qulupnay). Bir yillik о‘simliklarga qisqa oz yashovchi efemerlar ham kiradi. Monokarpik va polikarpik о‘simliklar. Bir yil yashab, gullab
quriydigan о‘simliklar – monokarpik о‘simliklar deyiladi. Kо‘p yil yashab kо‘p yillar davomida mevalar hosil qiluvchi о‘simliklar polikarpiklar deyiladi. Kо‘p yillik о‘tlar ichida kо‘p yil yashab bir marotaba meva hosil qilib quriydigan о‘simliklar ham bor (50-60 yil yashaydi). Masalan bir xil palmalar, agava. Aloe – polikarpik, bambuklar ham va boshqalar.
Ikki yillik – sabzi, karam – monokarpiklar.


2 – TOPSHIRIQ. Quyidagi rasmni izohlang va izohlaringizni yozma tarzda tayyorlang.



Ushbu suratda quydagilari malumot berilgan
Gulning tugunchasida bir yoki juda kо‘p miqdorda urug murtak (megasporangiy) taraqqiy etadi, uning ichida urug‘chi gametofit (murtak xaltasi) rivojlanadi.
Yopiq urug‘li о‘simliklarda urug‘murtakning rivojlanish jarayonini chet el olimlaridan Braun, Malpigi, Rozanov, Meyer va boshqalar о‘rganishgan. Murtak xaltasining rivojlanish jarayonini S. G. Navashin (1894, 1899) batafsil о‘rgangan.Urug‘murtak yosh urug‘chi barglarining chetlarida kichkina dо‘mboqchalar shaklida hosil bо‘ladi va hujayraning mitoz bо‘linishi natijasida tez о‘sadi. Keyinchalik uning yuqori tomonidan
urug‘murtakning markaziy qismi nutsellus, pastki qismidan urug‘band rivojlanadi. Nutsellus hujayralari parenxima tо‘qimalariga о‘xshash bо‘lib, uning hujayralarida oziq moddalaridan: polisaxarid, lipid,oqsil, aminokislota, nuklein kislota, geteroauksin, vitamin, mineral tuzlar uchraydi. Nusellusning yon devorlaridan dо‘mboqchalar о‘sib,
qoplag‘ich tо‘qima – intigument (lot. intigumentum – qoplama)ga aylanadi. Yopiqurug‘li о‘simliklarda bir yoki ikkita intigument taraqqiy etadi. Ularning shu xususiyatiga qarab urug‘murtak bir yoki ikki qoplag‘ichli guruhga ajratiladi.
Intigument pastdan yuqoriga qarab о‘sib nutsellusni о‘rab oladi,lekin uchi birlashmasdan ochiq qoladi, bunga chang yо‘li, yoki mikropile deyiladi. Mikropile urug‘murtak va embrion xaltasi bilan tutashgan. Yopiqurug‘li о‘simliklarning ba’zi oilalarida intigument birlashib bitta qoplag‘ichga aylanadi. Urug‘murtakning tagi,
urug‘band (funikulus) bilan tutashgan, uning osti xalaza deb ataladi. Yopiqurug‘li о‘simliklarda tuguncha ichidagi urug‘murtakning shakli besh xil bо‘ladi.
1. Ortotrop yoki tо‘g‘ri urug‘murtak. Bu xildagi urug‘murtak torondoshlar, qalampirdoshlar, kuchalaguldoshlar oilasiga xos belgi bо‘lib, nutsellus urug‘ bandining davomidir.
2. Anatrop yoki teskari urug‘murtak. Urug‘murtakning notekis о‘sishi vaqtida uning uchi va uchidagi teshikcha (urug‘ yо‘li) teskari (ostki) tomonga aylangan bо‘ladi. Bu xildagi urug‘murtak yopiqurug‘li о‘simliklarda eng kо‘p uchraydi.
3. Gemitrop yoki yarim qayrilgan urug‘murtak. Nutsellus bilan intigument о‘sish davrida platsentaga nisbatan 90° qayrilgan (sigirquyruqdoshlar, primuladoshlarda uchraydi).
4. Kampilotrop yoki bir tomonlama qayrilgan urug‘murtak. Bunday urug‘murtakda nusellus bilan intigumentlarning bir tomoni bukilgan bо‘lib, chang yо‘li xalaza yoniga borib qoladi. Bu xildagi urug‘murtak kapalakdoshlar, dukkakdoshlar, butguldoshlar va boshqa oilalarda uchraydi.
5.Amfitrop yoki egma urug‘murtak. Bunda nusellus bukilib taqasimon shaklga kiradi (kapalakdoshlarni ayrim vakillarida (uchraydi).
Evolyutsiya jarayonida yopiqurug‘li о‘simliklar nusellusining qalin devorlari yupqalashib boradi. Tojbarglari birlashmagan о‘simliklarda urug‘murtak krassinuselyat (lot. kraus. – qalin), tojbarglari birlashgan о‘simliklarda esa tenuinuselyat (lot. tyeniuis – yupqa) rivojlangan. Tenuinuselyat urug‘murtakning ichki intigument hujayralaridan
tapetum taraqqiy etadi. Tapetum sitoplazmasi uglevodlar, oqsillar, vitaminlarga boy. Bu moddalar amilaza, proteaza fermentlari yordamida parchalangandan sо‘ng о‘tkazuvchi tо‘qima orqali murtakka о‘tib oziq bо‘ladi.Yopiqurug‘li о‘simliklar urug‘murtagining xalaza ustidagi hujayralari takomillashib gipostaza (yunon. xipostazis – tirgak, ayri)
deb ataladigan tо‘qimaga aylanadi. Bu tо‘qimalarning xususiyati haligacha aniq emas. Ba’zilar gipostaza embrion xaltasining urug‘murtak tomon о‘smasligiga ta’sir etadi deyishsa, boshqa birovlar gipostaza embrion xaltasining fermentlar yoki bо‘lmasa oziq
moddalar bilan ta’minlashda faol ishtirok etadi, deb taxmin qiladilar.Ba’zi yopiqurug‘li о‘simlik vakillarida urug‘band yoki intigumentlardan obturator deb ataladigan maxsus tо‘qima hosilbо‘ladi va chang naychasining о‘sib embrion xaltasiga yetishiga
sababchi bо‘ladi. Bu tо‘qima urug‘murtak rivojlanishining dastlabki davrida paydo bо‘lib, urug‘lanish sodir bо‘lgandan sо‘ng yemiriladi.

Yüklə 181 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə