Buxoro davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrasi



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə32/85
tarix22.03.2024
ölçüsü1,71 Mb.
#182930
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   85
BOLALAR JISMONIY TARBIYASI YANGI MAJMUA

Asosiy adabiyotlar
1.Tulenova. X., Xo‘jaev.P, Xo‘jaeva. Meliev.H Jismoniy tarbiya nazariyasi va
metodikasi. T; Iqtisod-Moliya 2012y o‘quv qollanma.
2.Makamjonov.K, Salomov.R, Ikromov.I Jismoniy madaniyat nazariyasi va
metdikasi. Darslik T; Iqtisod-Moliya 2008yil
3.Xujaev I-. Raximkulov K.D, Nigmanov B.B «Xarakatli o’yinlar va uni o’qitish
mctodikasi» Cho'lpon nashriyoti Toshkent 2011 y
4.Cтепаненкова Е.Я. Теория и методика физического воспитания и развития ребенка.Учебное пособия.М..Академия 2001г.
10- Mavzu: Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar uchun gimnastika
Mavzu rejasi:
1.Gimnastika turlari va tasnifi
2.Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun gimnastika va uning tasnifi
3. Gimnastika turlari va o’tkazish metodikasi


Maxsus ishlab chiqilgan harakat shakllari gimnastika vositalari (mashqlari) hisoblanadi. Ular yordamida insonning hayotiymuhim harakatlantiruvchi jismoniy sifatlari tarbiyalanadi va rivojlantiriladi. Ko'pgina mashqlar odamning mehnat, harbiy va turmush faoliyati (yurish, yugurish, tirmashib chiqish, sakrash, emaklash, muvoza-nat saqlash, uloqtirish, to'siqlardan oshib o‘tish, yuk tashish va shu kabilar)dan olingan.Jismoniy madaniyat va sport amaliyoti fanining rivoj topishi bilan butun bir harakatlantiruvchi faoliyatdan ajratib oiingan harakatlardan iborat mashqlar paydo bo‘la boshladi. Bu mashqlar, asosan, harakat asoslarini o‘rgatish uchun, jismoniy sifatlami rivoj-lantirish, turli pedagogik maqsad va vazifalarni yechish uchun qo'llaniladi. Gavdaning ayrim a’zolariga mo'Ijallangan hamda turli gimnastika jihozlarida bajarilgan mashqlar shular qatoriga kiradiGimnastika mashqlari bilan shug‘ullanuvchilaming tayyorgar-Hgiga va pedagogik vazifalarni yechish uchun ulardan foydalanishda orttirilgan tajribalarni nazardatutibguruhlanadi. Mashqlar an’ana-viy ravishda quyidagi gimnastika vositalariga ajratiladi:



  1. Saf mashqlari.

  2. Umumrivojlantiruvchi mashqlar (URM).

  3. Qo'shimcha mashqlar (прикладные упражнения).

  4. Erkin mashqlar.

  5. Badiiy gimnastika mashqlari.

  6. Akrobatik mashqlar.

  7. Sakrashlar.

  8. Sport jihozlaridabajariladigan mashqlar.

Ushbu tarzda gimnastika vositalarini guruhlarga taqsimlanishi: 1. Saf mashqlari - murakkab bo'lmagan harakatda shug'ul-lanuvchilar uchun mo'Ijallangan mashq bajarish jarayoni. Sanash va musiqa jo'rligida yurish, yugurish, qad-qomatni to‘g'ri tutish, rit-mik harakatlarga oid ko'nikma hosil qilishda muhim ahamiyatga ega. Saf mashqlari bir tomonidan jismoniv harakat mashg‘ulotlari (mashg‘ulotning jamoa shakllari)ni uyushtirish usuli sifatida foyda-lanilsa, ikldnchi tomondan esa undan inson tana a’zolarini shakl-lantiradigan va rivojlantiradigan, uvushgan xatti-harakat ko‘nikma va malakalarni tarbiyalaydigan muayyan harakatlantiruvchi faoliyat sifatida foydalaniladi

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə