Buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti ingliz tilshunoslik kafedrasi



Yüklə 194 Kb.
səhifə16/21
tarix03.06.2022
ölçüsü194 Kb.
#88584
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
kurs iwi oxirgi — копия

Polisemiya leksikologiyaning alohida kategoriyalaridan biridir. Har bir polisemantik so’z o’ziga xos stilistik xususiyatga ega va uning tarkibidagi leksik ma’nolarni tahlil qilish ko’plab izlanishlar va kuzatishlarni talab qiladi.

Ma’lumki, polisemantik so’zlarning ma’nosi yuzaga chiqishi uchun kontekst muhim ahamiyatga ega. Chunki polisemantik so’zlar bir qancha leksik ma’nolarga ega bo’lib, kontekstda esa u faqat bir ma’nosi bilan qatnashadi. Ingliz tilida o’zbek tilidan farqli ravishda polisemantik so’zning ma’nosini aniqlashtiruvchi kontekstlar uchga bo’linadi.

Leksik kontekst;

2) Grammatik kontekst;

3) Ekstralingvistik kontekst;

Leksik kontekstda polisemantik so’z birikib kelgan leksik guruhlar asosiy o’rinni egallaydi. Buning uchun heavy polisemantik so’zini tahlil qilsak. Ma’lumki, heavy so’zining bosh ma’nosi vazni og’ir. Ammo agarda u tabiat hodisalarini anglatuvchi leksik guruh bilan ishlatilsa, bu so’zning “kuchli” ma’nosi yuzaga keladi: heavy wind, heavy storm (kuchli shamol, kuchli bo’ron). Yoki heavy industry, heavy artillery kabi birikmalarda “og’ir” ma’nosi yuzaga keladi (og’ir sanoat, og’ir artilleriya).

Grammatik kontekstda esa matnning yoki kontekstning grammatik qurilishi polisemantik so’zning ma’nosini aniqlashga yordam beradi. Masalan, make so’zining bosh ma’nosi qurmoq. Ammo uning undamoq, majburlamoq ma’nosi faqatgina / to make + ega + infinitiv / grammatik qurilmasidagina yuzaga keladi. Masalan, to make smb laugh,work (biror kishini kuldirmoq, ishlatmoq). Yoki bu so’zning bo’lib chiqmoq ma’nosi faqatgina / to make + sifat +ot / grammatik qurilishida yuzaga keladi. Masalan, to make a good, Frazeologik ma’noning taraqqiyoti bilan tug’ilgan omonimiya juda oz. Bunga misol qilib o’zbek tilida joni chiqdi I va joni chiqdi II frazeologik birliklarini, ingliz tilida esa to feel one’s oats I va to feel one’s oats II frazeologik birliklarini keltirish mumkin: Bo’ridan bir qo’zini ajratib olgan edi. Joni chiqmagan ekan. “Domlaga : “Odam tuproqdan yaratilgan”’ – desang, ma’qul, agar “Maymundan yaralgan”, - desang, joni chiqadi”, - derdi. “Gosh, it’ll be great to get into harness again” – he said. “I’m feeling my oats already”. This Novak… and the people behind Novak, were feeling their oats and talking big. Birinchi misolda kishiga xos bir holatning nomi rang – tus jihatdan bo’ladigan o’xshashlik asosida ikkinchi bir holatga ko’chirilgan: kishi o’lganida badan oqarishib ketadi, xuddi shundat o’zgarish qattiq g’azablanganda ham voqe bo’ladi yoki ingliz tilida berilgan misol ham rang-tus jihatdan bo’ladigan o’xshashlik asosida ikkinchi bir holatga ko’chirilgan: kishi jahli chiqqanda qiziqqon va jo’shqin holatda namoyon bo’lishi shuning asosida u o’zining qay darajada kuchga ega ekaligini bilib o’zini muhim deb hisoblaydi . Shu asosda ko’chirish yangi bir frazeologik birlikning tug’ilishiga olib kelgan: joni chiqdi I − “so’nggi marta nafas chiqarmoq” va joni chiqdi II − “nihoyatda qattiq g’azablanmoq”. Ikkinchi frazeologik birlik dastlab joni chiqdi tarzida qo’llangan, shuning o’zidayoq birinchi frazeologik birlikdan farqlanib qolgan: avvalgi frazeologik birlik III shaxs nisbatlovchisi bilan ishlatilsa, keying frazeologik birlik nisbatlovchilarning har uch shaxs-son shakllari bilan ishlatiladi.


Yüklə 194 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə