Can (could) va uning ekbibalenti to be able (to) quydagi lessik ma’nolarini anglatadi


O‘timsiz fe’llarning o‘ziga xos xususityalari



Yüklə 319,5 Kb.
səhifə4/15
tarix14.06.2023
ölçüsü319,5 Kb.
#117200
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
HOZIRGI ZAMON INGL

O‘timsiz fe’llarning o‘ziga xos xususityalari:
A. To‘ldiruvchini qabul qilish qobiliyatiga ega emas.
B. Unda majxul daraja yo‘q (majxul nisbatda qo‘llanilmaydi)
O‘timli fe’llarda esa quyidagi xususiyatlar mavjud
Vositasiz to‘diruvchi bilan birikib kelishi mumkin. Bu borada olimlar fikriga nazar tashlasak, masalan, Ilshin B. A fe’llarni semantikasiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘lgan:
1. tugal fikrni anglatib vositasiz to‘ldiruvchini talab etmaydigan fe’llar
2. tugal fikrni anglatib, ma’noni anglatuvchi vositasiz to‘ldiruvchi talab etishi mumkin bo‘lgan fe’llar.
3. tugal ma’noni anglatmay vositasiz to‘ldiruvchi bilan qo‘llaniladigan fe’llar.
Endi esa o‘timlilik va o‘timsizlik xususiyatini anglashdagi ba’zi bir baxsli fikrlarni ko‘rib chiqamiz. O‘timlilikni ifodalashda ba’zi mualliflar umumiy qabul qilingan qoidalarga tayanadilar ya’ni ular o‘timlilikni fe’l vositasiz to‘ldiruvchi birikmasi asosida aniqlanadi, deyishadi. Ingliz tili nazariy grammatikasining mualliflari V. N. Jigadlo va boshqalar “Hozirgi igliz tilida o‘timli fe’llarga faqat predlogsiz to‘ldiruvchi bilan birikadigan fe’llar, o‘timsiz fe’llarga bunday to‘ldiruvchining talab etmaydigan taaluqlidir.” Deb yozishadi.
Barduharov. L. S va D. A. Shteling esa, biror obektga yo‘natltirilgan ish-harakatni ifodalydigan fe’llarni o‘timli, obektga o‘tmay, subektga (bajaruvchiga) tugallanadigan ish-harakatni ifodalovchi fe’llarni esa o‘timsiz deb hisoblaydilar7.
Jigaldo V. N va boshqalar o‘timli fe’llarga predlogsiz to‘ldiruvchi bilan birikadigan fe’llarni kiritsa, Barxudarov L. S, Shteling D. A ham predlogsiz, ham predlogli to‘ldiruvchini talab etadigan fe’llarni o‘timli fe’l deb yuritishadi8.
Fe’llar o‘zlarining sentaktik funksiyasiga ko‘ra mustaqil va tobe ma’nolarni anglatib, 3 guruhga bo‘linadi:
1. Mustaqil (national) fe’llar
2. To`liqsiz (semi notional) fe’llar
3. Ko`makchi (auxiliary) fe’llar
Mustaqil leksik ma’noga eag bo‘lib, gapda sodda kesim vazifasida keluvchi fe’llar mustaqil fe’llar deyiladi. Masalan:
A film of pain passed over his eyes (P. Phtahams)
To‘liqsiz fe’llar o‘z navbatida:
a) bog‘lovchili, b) modal fe’llarga bo‘linadi.
Bitiruv malakviy ishi modal fe’llar haqida bo‘lganligi uchun endi modal fe’llar to‘g‘risida so‘z yuritamiz.
Ingliz tilida modal fe’llar haqida va ularning turli ma’nolari haqida bitiruv malakaviy ishning boshlarida ma’lumot berilib, ularga aloxida to‘xtalib o‘tildi.
Modal fe’llar ingliz tilida juda ko‘p ishlatiladi. Ulardan can, may, must, need, dare, might va boshqalar o‘zbek tilida turli ma’nolarni anglatadi.
Qo‘lidan kelmoq, zaruriyat, kerak bo‘lmoq, mumkin, faraz, taxmin qilmoq, majburiyat, muxtoj bo‘lmoq kabi ma’nolarni anglatuvchi modal fe’llar turli zamonalarda ishlatiladi.
Modal fe’llarni o‘zbek tilida tarjima qilish jarayonida uchraydigan ayrim qiyinchiliklarga barham berish uchun yoki tushunmovchiliklarga uchragan paytda ularni xolisona yechish uchun ushbu ishni yordam beradi deb o‘ylayman.
Masalan, birgina “must” modal fe’liga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, u kerak, lozim, shart ma’nolarida tarjima qilinsada, boshqa ma’nolarda ham kelishi mumkin. Bunday paytda albatta, gap ma’nosiga qarab tarjima qilinadi. Uning have to ekvivalenti ham gapda (to‘g‘ri kelmoq, majbur, kerak bo‘lmoq) deb tarjima qilinadi.
“Must” modal fe’lining so‘roq va bo‘lishsiz formalari, “not” yuklamasini qo‘shish bilan yasalsa, have to esa, “do” yordamchi fe’liga muxtoj bo‘ladi. Ular o‘rtasida bu farqni ko‘rib chiqsak, must kerak deb tardima qilinadi. D must read English. – Men inglizcha o`qishim kerak. Must d read English? – Men inglizcha o`qishim kerakmi? Yes, you must, no you needn’t, d had to read English. – Men ingliz tilida o`qishimga to`g`ri keladi. (yoki o`qishga majbur bo`laman).
Do you have to read English? Chunki ikkinchi gapda ish-harakatni qanday tarzda bajarishga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham biz “do” fe’liga muxtoj bo‘lamiz. Yana “have to” shakliga xam ega.
Modal fe’llarni nazariy jixatdan o‘rganish uni amaliyotga qo‘llash usullarini yengillashtiradi.
O‘quvchilarga so‘zlashuvda foydalanadilar. Masalan, Jamila Bobojonova va Lubeggnikal tomonidan tuzilgan o‘zbekcha-ruscha-inglizcha so‘zlashuvda modal fe’llardan juda ko‘p qo‘llanilgan, ayniqsa, iltimos, maslaxat, zaruriyat yuzasidan fikrni ifodalash uchun modal fe’llar keng qo‘llanilgan
- Where can I bud a tckets? (A. S. Barduharov9)
- You might pick up tickets at the entrance (G`. Abdurahmonov)
- I’ll have to consult a doctor. (I. M. Tordon)
- Could you possible show me a perfume with a milder scent?
(A. Sulaymonov)
Yana bir misol qilib, can modal fe’lining o‘tgan zamon uchun could shaklini olaylik. U deyarli iltimos so‘rash ma’nosida ko‘p ishlatiladi. Bu paytda u o‘tgan zamon ma’nosida emas balki quyidagi ma’nolarda keladi.
- could you do me a favour?
Menga bir iltifot qila olasizmi? (G‘. Abduraxmonov)
- could you help me with the translation?
Menga tarjima qilishga yordam bera olasizmi? (K. N. Kachalova)
Modal fe’llarning o‘rganilishining nazariy va amaliy mohiyati juda katta. Nazariy jihatdan ularni tahlil qilish, ma’no va qo‘llanilishini chuqur o‘rganish zarur. Ularni nazariy jihatdan o‘rganmay turib, amaliyotda qo‘llab bo‘lmaydi. Ayniqsa, hozirgi zamon ingliz tili so‘zlashuvida biz modal fe’llarni ko‘p uchratamiz va ulardan ko‘p foydalanamiz.
Ushbu bitiruv malakaviy ishida har bir modal fe’llarni ma’nosiga alohida to‘htalib o‘tilgan.
Anglatgan ma’nosiga ko‘ra, majburiylik, mumkinlik, zarurlik, ishonch, xoxish yoki ruxsat, taxmin, faraz qilish, qo‘lidan kelishlik va shunga o‘xshash boshqa ma’nolarni ifodalovchi fe’llar modal fe’llar deyiladi. Modal fe’llar harakatni ko‘rsatmasligi tufayli boshqa fe’llardan simantik jihatdan farq qiladi.
Modal fe’llar doimo infenitiv shaklidagi asosiy fe’llar bilan birga ishlatilib asosiy fe’llarga modallik qo‘shadi.
Masalan: I go home – I must go home
Uyga boraman – uyga borishim kerak.



Yüklə 319,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə