Can (could) va uning ekbibalenti to be able (to) quydagi lessik ma’nolarini anglatadi


Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati



Yüklə 319,5 Kb.
səhifə3/15
tarix14.06.2023
ölçüsü319,5 Kb.
#117200
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
HOZIRGI ZAMON INGL

Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati
Ushbu to‘plangan mavjud axborot va ma’lumotlarni to‘liq o‘rganish, o‘quv qo‘llanmalar tuzishda, qiyosiy grammatika, nazariy grammatika darslarda shuningdek mutaxassislik bo‘yicha maxsus yo‘naltirilgan fanlarni o‘qitishda ma’ruzalar matnini tuzishda foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining mazmuni. Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida fe’l haqida, modal fe’llar haqida, ularni o‘zbek tilida berilishi haqida yoritib o‘tilgan. Bunga bir qancha olimlarning turli fikrlari, olib borilgan tadqiqot ishlari batafsil yoritilgan.
Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida darsliklarda modal fe’llarning berilishi, ularning metodlari yoritilgan. Modal fe’llar, ularning ekvivalentlari, turlari haqida yortitilib, bir qancha misollar keltirilgan.
Bitiruv malakaviy ishida ingliz tilidagi modal fe’llar can, may, must ning ma’nolarini har tomonlama to‘laligicha o‘rganib chiqilgan.
Bitiruv malakaviy ishining hajmi. Ish kirish ikki bob, 6 ta paragraf, har bir bob uchun hulosa, foydalanilgan adabiyotlar va lug`atlar va 60 sahifadan iborat.
I – BOB. FE’L SО‘Z TURKUMI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
1.1§. INGLIZ TILIDAGI MODAL FE’LLAR HAQIDA MA’LUMOT

Ushbu bitiruv malakaviy ishi modal fe’llarga qaratilgan bo‘lsada, birinchi navbatda fe’l haqida fikr yuritilgan.


Harakat yoki holatni protsess sifatida harakterlab zamon, aspekt, mayl, nisbat, perfekt va boshqa grammatik kategoriyalarga ega bo‘lgan so‘z turkumi fe’l deyiladi. Fe’l asosan shaxs faoliyatini ko‘rsatib keladi2.
Disk Bolton walked around past the cottage down to the lake – Dik Bolton kotedjdan o`tib ko`lga tomon piyoda sayr qildi (E. Hemingway)
Eddy an Billy Ta be show had rocked the log out of the wet sand and rolled it toward the water – “Eddi va Billi Tabiov yog`ochni nam qumdan tashqariga tortdi va uni suvga yumalatdi. (E. Hemingway)
Mel had gone to the office door – Mel ofis eshigiga borgan edi. (A.Hailey).
Bu misollarda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar fe’l so‘z turkumiga kirib, ular gapdagi subektning faoliyatini ko‘rsatib kelmoqda.
Fe’l formalari gapda tuslanib yoki tuslanmay kelishiga ko‘ra aniq (finite forms) yoki predikativ forma va noaniq (non finite form) yoki predikativ bo‘lmagan formaga bo‘linadi.
Shaxs, son, zamon va mayl kategoriyalarida o‘zgarib, gapda kesim vazifasida keluvchi fe’l formalari fe’lning aniq yoki predikativ formalari deyiladi.
Mrs. Conroy laughed – Konri xonim kulib qo‘ydi. (J. Joyse)
He avoided her eyes he had seen a sour expression on her face – Qizning yuzidagi g‘amgin ifodani ko‘maslik uchun yigit ko‘larini (nazarini) olib qochdi. (I bid)
Bu misollardan to laugh – kulmoq; to avoid – (ko`zini) olib qochmoq; fe’llari aniq va predikativ formada keladi.
Ingliz tilidagi fe’l leksik – grammatik xususiyatlariga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi.
1. Mustaqil fe’llar – national verbs
2. Yordamchi fe’llar – link verbs3
Demak, ish-harakatning holatini ko‘rsatuvchi mustaqil so‘z turkumi bo‘lib, u zamon, mayl, nisbat, shaxs, son va boshqa kategoriyalarni o‘zida ifodalaydi.
Hamma tillarda ham fe’l o‘timli, o‘timsizga ajratiladi. Fe’ldan anglashilgan harakatning predmetga munosabati fe’ldagi o‘timlilik va o‘timsizlikni tashkil qiladi.
Take – olmoq, make – qilmoq, have – ega bo`lmoq, read – o`qimoq, build – qurmoq, hear – eshitmoq, kabi fe’llar o`timlidir.
To lie – yotmoq, to sit – o`tirmoq, to stand – turmoq, to sleep – uxlamoq, to swim – cho`milmoq kabi fe’llar o`timsizdir.
Kaushanskaya V. L. e’tirof etishicha:
the verb is a part of speech includes words expressing actions or states conceived as process4
Analiz qilingan ilmiy va amaliy grammatikalarga murojaat qilganimizda o‘timli fe’llar vositasiz to‘ldiruvchini qabul qilib keladilar. Ular to‘g‘ridan – to‘g‘ri bajarilayotgan ish-harakatining shaxs yoki narsaga o‘timliligini bildiradi5.
Hozirgi zamon o‘zbek amaliy grammatikalarida shunday ta’riflanadi. Harakatning tushum kelishigidagi ot bilan predmetga (vosmtasiz to‘ldiruvchiga) o‘tganligini, ta’sir qilishini bildiradigan fe’llar o‘timli fe’llar deyiladi. Biron predmetga bevosita o‘tmaydigan harakatni anglatadigan fe’llar o‘timsiz fe’l deyiladi6.

Yüklə 319,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə