D. Q. Asqarova Bolalarni saxnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish.


komplekslash va egiluvchan zonalashtirish



Yüklə 5,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/42
tarix29.11.2023
ölçüsü5,15 Mb.
#140015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
D.Q.Asqarova METODIK QO`LLANMA Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o`rgatish

komplekslash va egiluvchan zonalashtirish 
printsipi, bolaga qiziqtirgan faoliyat bilan 
bir-biriga xalaqit bermagan holda shug’ullanish imkonini beradi
-
faollik 
printsipi, bolaning bilish faoliyatini, faolligini rag’batlaydi; 
-
erkinlik va mustaqillik 
printsipi, bolaga muhitga o’z munosabatini mustaqil belgilash: 
idrok qilish, taqlid qilish, yaratish; o’zi istaganini mustaqil tanlash imkonini beradi; 
-
hayotiy haqiqat illyuziyasi 
printsipi, bolalarni yaratilgan aldovga berilish va haqiqiy 
predmetlar bilan ishlayotganiga ishonch hosil qilish uchun ruhiy va faktik imkoniyat yaratadigan 
sharoitga qo’yishdan iborat. 
Sanab o’tilgan printsiplar bilan bir qatorda quyidagi didaktik printsiplar ham 
realizatsiyalanadi: 



-
psixologik komfort 
(qulaylik) printsipi bolalar o’zini xuddi uyidagidek his qiladigan 
sharoit yaratish. Stress hosil qiluvchi omillarni bartaraf qilish, bolalarni muvaffaqiyatga 
yo’naltirish, asosiysi, quvonchni his qilish, faoliyatning o’zidan zavq olishga yo’llash; 
-
ijodkorlik 
(kreativlik) – bolalarni maksimal darajada ijodiy ibtidoga, o’z ijodiy faoliyat 
tajribasini egallashga yo’naltirish; 
-
olam haqida shartli tasavvur 
– dunyoning yaxlit manzarasi, bolaning olingan bilimlarga 
shaxsiy munosabati, shuningdek, ularni o’z amaliy faoliyatida qo’llash malakalarini 
shakllantirish; 
-
variantivlik 
bolalarda variantiv fikrlash, ya’ni masalani hal qilishning turli variantlari 
mavjudligini tushunish, qiyin vaziyatdan chiqish yo’lini izlash, yechimi bo’lmagan vaziyatlar 
yo’qligini tushunishni rivojlantirish; 
-
bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olish. 
Mazkur printsiplar tizimli ravishda qo’llanadi. 

Yüklə 5,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə