D. Q. Asqarova Bolalarni saxnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish.



Yüklə 5,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/42
tarix29.11.2023
ölçüsü5,15 Mb.
#140015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42
D.Q.Asqarova METODIK QO`LLANMA Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o`rgatish

Asosiy vazifalari: 

Bolalarda teatrlashtirilgan o’yin faoliyatiga kuchli qiziqish uyg’otish. 

Etyud, dramatizatsiya, qo’shiqli va raqsli improvizatsiya jarayonida 
mukammal obraz yaratishga o’rgatish. 

Atrofdagi 
narsalar 
haqidagi 
tushunchalarini 
boyitib 
borish. 
Narsalarning rangi, holati, kattaligiga ko’ra ajratish ko’nikmalarini rivojlantirish. 
Bolalarda teatrlashtirilgan o’yin faoliyatida ishtirok etuvchi tomosha qahramonlari 
haqidagi bilimlarini kengaytirish. 

Bolalar so’z boyligini to’ldirish va faollashtirish. Nutqning intonatsion 
ifodaliligini shakllantirish. Teatrlashtirilgan o’yin faoliyatida bolalarda suhbat 
qurish ko’nikmalarini rivojlantirish. 

Qo’g’irchoqlardan to’g’ri foydalanish qoidalarini mustahkamlash. 

Bolalarda qo’g’irchoqlar bilan improvizatsiyalashgan o’yinlarda 
ishtirok etish istaklarini shakllantirishda davom ettirish. 

Maktabgacha ta’lim muassasasi hodimlari, ota-onalar va bolalar
oldida tomosha ko’rsata olish qobiliyatini muntazam ravishda shakllantirish va 
qo’llab quvvatlab borish. 
Katta guruh 
Katta guruhlarda ro’y beradigan chuqurlashtirilgan teatrlashtirilgan o’yin 
ko’nikmalari drammatizatsiyalashtirigan o’yin va teatrlashtirilgan rejissorlik 
o’yinlarining turli shakllari hisobiga o’rganiladi. Katta guruh tarbiyalanuvchisi bir 
necha adabiy asardan tashkil topgan improvizatsiya o’yinlari, mustaqil ko’rinishlar 
qo’yish imkoniyati yaratiladi. Masalan, «A.S.Pushkin ertaklariga sayohat», 
«Sh.Perro ertaklari qahramonlarining yangi sarguzashtlari» va boshqalar. Bunaday 
yondashuv bolalarda rejissorlik tajribalarini oshiradi. 
Tomosha uchun mavzu va so’zlar murakkablashtiriladi, teatrlashtirilgan o’yin 
jarayonida hayvonlar haqidagi turli ertaklaridan foydalaniladi («Echki bolalari», 
«Bo’g’irsoq» va shu kabilar). 

Yüklə 5,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə