D. Q. Asqarova Bolalarni saxnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish.


MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA TURLI YOSH



Yüklə 5,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/42
tarix29.11.2023
ölçüsü5,15 Mb.
#140015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
D.Q.Asqarova METODIK QO`LLANMA Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o`rgatish

MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA TURLI YOSH 
GURUXLARIDA SAXNALASHTIRISH FAOLIYATINING ASOSIY 
VAZIFALARI 
Har bir insonning bolaligi rolli o’yinlar asosida o’tadi, u bolada kattalarning 
hayotiy qonun-qoidalarni anglashni o’rgatadi. Har bir bola o’zi bilganicha 
o’ynaydi, lekin bu o’yinlar asosan kattalar, sevimli qahramonlardan o’rganib yoki 
ularga taqlid qilgan holda amalga oshiriladi. Bolalar o’yinlariga improvizatsiya 
qilingan teatrlashtirilgan tomosha sifatida qarash mumkin. Bolaga o’zini rejissor, 
aktyor, musiqachi, dekorator holida ko’rish imkoni beriladi. Dekoratsiya va 
kostumlarni tayyorlash bolada ijodiy va texnik faoliyatni rivojlanishiga turtki 
bo’ladi. Tomoshani tayyorlash jarayonida ular chizish, yasash, tikish 
ko’nikmalarini rivojlantirish bilan birga, oldilarida amalga oshirishlari lozim 
bo’lgan vazifalarga nisbatan istak, hoxish tuyg’ulari yanada rivojlanadi va ular 
bundan katta zavq oladilar. 
Maktabgacha ta’lim muassasalarida teatrlashtirilgan faoliyatning barcha 
yo’nalishlariga katta e’tibor berish lozim va shart, chunki ular, 

jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lish modelini yaratishni; 

milliy va ma’naviy qadriyatlarni singdirib borgan holda bolaning 
madaniyatini oshirishni; 

bolalar adabiyoti, musiqa, tasviriy san’at, o’zini tutish odobi, milliy 
an’analar va qadriyatlar bilan yaqindan tanishtirish va bu boradagi qiziqishini 
muntazam oshirib borishni; 

to’g’ri fikrlash, yaxshilik va yomonlik haqidagi tushunchalarni o’yinlar 
orqali bolalar ongiga singdirib borishga yordam beradi. 
Shuningdek, teatrlashtirilgan faoliyat bolalarning ichki kechinmalari, 
munosabatlari, emotsional faoliyatining rivojlanishiga ya’ni asar qahramonlariga 
munosabat bildirish, ularning holatiga kirishga harakat qilish kabi holatlar bilan 
birga boladagi ijodiy faollikni o’yin, fantaziya, to’qib chiqarish orqali 
kengaytiradilar. 
Teatrlashtirilgan faoliyat bilan bolalar nutqini rivojlantirish uzviy bog’liq 
bo’lib, qahramonlarning so’zlari, bola nutqi bilan uyg’unlashib uning so’z 
boyligini orttiradi, nutqining tovush madaniyat mukammalashadi. 
Teatrlashtirilgan mashg’ulotlar o’z ichiga ertaklardan lavhalar qo’yish, 
rasmga qarab rolli suhbatlar tuzish, hayotiy mavzularga oid mustaqil 
improvizatsiya (o’xshatish) qilish (kulguli voqealar, qiziq hodisalar va hokazo); 
qo’g’irchoq tomoshalarini ko’rish va uni muhokama qilish, dramatizatsiyalashgan 
o’yinlar, rolni ijro etish ifodaliligini rivojlantiruvchi mashqlar (verbal va noverbal); 
bolalarni xissiy rivojlantiruvchi mashqlarni qamrab oladi. 
Teatrlashtirilgan faoliyatni to’g’ri yo’lga qo’yish, jamoani to’g’ri 
yo’naltirishda tarbiyachi katta rol o’ynaydi. Tarbiyachi nafaqat ifodali o’qishi yoki 
aytib berishi, balki ko’rishi, eshitishi, obrazga kirishi, ya’ni aktyorlik va rejissorlik 
mahoratlariga ham ega bo’lishi zarur. Aynan shu holat bolalarda teatrlashtirilgan 


10 
faoliyatga qiziqishni uyg’otishi, bolalarning ijodiy qobiliyatlarini ijobiy tomonga 
o’zgarishiga yo’l ochadi. Tarbiyachi o’zining aktyorlik faolligi bilan tortinchoq 
bolalarni faqatgina tomoshabinga aylantirib qo’ymasligi, har bir bolani diqqat bilan 
kuzatishi lozim. Tarbiyachi bolalarni muntazam ravishda qo’llab quvvatlashi, 
ularning xato qilish va sahnaga chiqishda qo’rqish, «artist» va «tomoshabin»ga 
bo’linib qolishlariga yo’l qo’ymaslik lozim. 
Quyidagi vazifalar teatrlashtirilgan faoliyatni shakllantirish bo’yicha amalga 
oshiriladigan darslar majmuasi davomida hal etiladi: 
-tarbiyalanuvchining ijodiy qobiliyat va ijodiy o’z o’ziga ishonish tuyg’ularini 
shakllantirish; 
-
bolalarda ijodiy faoliyatning barcha jabhalariga qiziqish uyg’otish; 
-
improvizatsiya (o’xshatish) qilish ko’nikmalarini egallash; 
-
nutq faoliyatining barcha shakl, funksiya va komponentlarini rivojlantirish; 
-
bilish ko’nikmalarini mukammallashtirish. 
Teatrlashtirilgan o’yin teatrlashtirilgan mashg’ulotning asosi hisoblanadi. 
Maktabgacha ta’lim muassasalarida teatrlashtirilgan o’yinni o’tkazishda 
quyidagilarga alohida e’tibor qaratish lozim: 

janr va mavzuning turli-tumanligi; 

pedagogik faoliyatning barcha yo’nalishlariga teatrlashtirilgan 
faoliyatni har doim va har kuni singdirish. 

Bolalarning teatrlashtirilgan o’yinni tayyorlash va o’tkazishdagi 
maksimal faolligi. 

Bolalarning teatrlashtirilgan o’yinni uyushtirishda o’zaro va kattalar 
bilan hamkorligi. 
Teatrlashtirilgan faoliyatni rivojlantirish tizimi uch bosqichda amalga 
oshiriladi: 

Adabiy va folklor asarlarni ijodiy his etish;


Maxsus bilimlarni asosiy («aktyor», «rejissor») va qo’shimcha («ssenariy 
muallifi», «bezakchi», «kiyim ustasi») nuqtayi nazarda o’rganish;


mustaqil ijodiy faoliyat.

Pedagogik vazifa suniy teatrlashtirilgan faoliyat bilan qiyinlashib boradi. U 
his etish, fikrlash, tasavvur, nutq bilan uyg’unlashib, bolalarning turli xil 
faolliklarida namoyon bo’ladi (nutqiy, musiqiy va hokazo). 
Shuning uchun teatrlashtirilgan faoliyatni umumlashtiruvchi faoliyat deb 
atashimiz mumkin. 
Teatrlashtirilgan o’yinlar davomida bolalarda: 

atrof olam haqidagi tushunchalari kengayadi;


tasavvur, ong, anglash kabi psixologik tushunchalari rivojlanadi


ko’rish, eshitish, so’zlab berish kabi turli analizatorlar rivojlanadi;


so’z boyligi, grammatik nuqtayi nazardan to’g’ri gapirish, o’z fikrini to’g’ri 
ifodalash, talaffuz, temp, so’z intonatsiyasi va ifodasi faollashadi va yaxshilanib 
boradi;


motorika, 
koordinatsiya, 
tembr, 
suhbat 
qurish 
ko’nikmalari 
mukammalashadi;


xissiy-irodaviy faoliyati rivojlanadi;



11 

xulq shakllanishi ro’y beradi; 

jamoada faoliyat olib borish, bir-biri uchun javobgarlik rivojlanadi; 

mustaqil fikrlilik, ijodiy faollik rivojlanadi; 

teatrlashtirilgan faoliyatda ishtirok etish bolalarga olam-olam quvonch baxsh 
etadi, ularda bu faoliyatga nisbatan qiziqish uyg’onadi. 
Turli yosh davrlarida bolalar bilan ishlash vazifalarini ko’rib chiqamiz. 

Yüklə 5,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə