Darslar davomida tashkil etiluvchi yozma ishlarning ahamiyati haqida fikr yuritilgan


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 87,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix30.12.2023
ölçüsü87,52 Kb.
#164649
1   2   3   4   5   6   7   8   9
629c9e11b984a880914296

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 5 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-1167-1175 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
1170
 
May, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
2. 
Yozma ish
– yozma shaklda bajariladigan ijodiy matnlar (insho, ijodiy bayon), 
tinglab tushunish, xotira kuchini belgilash, tafakkur darajasi va fikrni yozma tarzda 
bayon etish ko‟nikmasini aniqlashga qaratilgan (bayon), so„zma-so„z tinglash va ayni 
tarzda yozma nutqda aks ettirish, imlo me‟yorlariga amal qilish darajasini bilishga 
mo„ljallangan (diktant) matnlar.
MUHOKAMA
O„quvchini kasbga yo„naltirish, muayyan sohalar haqida tasavvur va bilim 
hosil qilish har bir fan o„qituvchisining burchi hisoblanadi. Yosh avlodni kasbga 
tayyorlovchi asosiy omil ona tili va adabiyot fanlaridagi matnlar, mashqlar va 
albatta, “Kim bo„lsam ekan?”, “Men tanlagan kasb” kabi mavzulardagi dastlabki 
insholardir. “Insho” arabcha so„z bo„lib, “tashkil etish”, “yaratish”, “qurish”, “barpo 
qilish”, “ijod”, “bayon”, “tahrir” ma‟nolarini anglatadi. Insho muallifning ma‟lum bir 
mavzudagi bilim va tasavvurlarini, voqelikka munosabatini, mustaqil fikrini bayon 
qilish natijasida shakllanadigan yozma ish turidir. 
Insho muallif tomonidan ijod etiladi, yaratiladi. Insho yozishda muallifdan fikr-
mulohazalarini mantiqan izchil va badiiy jihatdan maqsadga muvofiq tarzda, adabiy 
til me‟yorlariga amal qilgan holda bayon etish talab qilinadi.
Insho mustaqil yaratiladigan o„ziga xos ijod mahsuli bo„lib, o„quvchi 
faoliyatining eng murakkab ko„rinishi hisoblanadi. 
Inshoda o„quvchining o„zligi namoyon bo„ladi. Uning tafakkuri, dunyoqarashi
narsa, voqea-hodisalarga, o„zgalarga, jamiyatga munosabati, axloqiy-ma‟naviy 
saviyasi, mustaqil turmushga tayyorgarlik darajasi aks etadi. Boshqacha aytganda 
insho o„quvchining qiyofasini o‟zida aks ettiruvchi ko‟zgudir. Insho o„quvchining 
ijodiy fikrlash darajasi, dunyoqarashi, adabiy til me‟yorlarini nutqiy vaziyatlarda 
qo„llash imkoniyatlarini belgilovchi asosiy mezondir. 
Insho tez fursatda o„rganiladigan yoki o„zlashtiriladigan yozma ish turi emas. 
Insho yozish ko„nikmalariga qisqa muddatda ega bo„lish qiyin, albatta. Yaxshi, har 
tomonlama maqsadga muvofiq insho ko„p yillik faoliyat mahsuli sifatida namoyon 
bo„ladi. Avvalo, ko„p mutolaa qilish, imlo lug„atlari, izohli lug„atlardan boxabar 
bo„lish, atroflicha bilimga ega bo„lish talab darajasida yoziladigan insholarga zamin 
yaratadi. 
Insho belgilangan maqsadiga ko„ra ikki xil bo„ladi: ta‟limiy insholar va sinov 
insholari. 
Ta‟limiy insholar – sinfda yoki uyda o„quvchi tomonidan 
yozilib, ijodiy fikr yuritishga, mavzuni to„g„ri bayon qilishga 



Yüklə 87,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə