Darslar davomida tashkil etiluvchi yozma ishlarning ahamiyati haqida fikr yuritilgan



Yüklə 87,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix30.12.2023
ölçüsü87,52 Kb.
#164649
1   2   3   4   5   6   7   8   9
629c9e11b984a880914296

Erkin mavzudagi insho
adabiyot fani dasturida qayd etilmagan, ijtimoiy 
hayotning muhim masalalari, milliy qadriyatlar, urf-odat, an‟analar, davr mafkurasi, 
yoshlar faoliyati bilan bog„liq axloqiy, ma‟naviy-ma‟rifiy mavzularda yoziladi. 
O„quvchining ma‟lum bir mavzuga oid bilimlari, axloqiy-tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy 
dunyoqarashi, fikr va mulohazalarini aks ettiruvchi, ijodkorlik qobiliyatini, his-
tuyg„ularini namoyon qilishga qaratilgan insholar erkin mavzudagi insholardir. 
Adabiy va erkin mavzudagi insholar bir-biridan, avvalo, asoslaniladigan 
manbasi bilan farq qiladi. Adabiy insholarning manbayi adabiy asarlar bo‟lsa, erkin 
insholarning manbayi serqirra hayot, o„quvchilarning kuzatishlari va taassurotlari 
bo„lishi mumkin. 
Pedagogik maqsadiga ko’ra 
insholar shartli ravishda uch guruhga ajratiladi: 
1.
Ta‟limiy insholar. 
2.
Nazoratga qaratilgan insholar. 
3.
Ko„rik-tanlov insholari. 


Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 5 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-1167-1175 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
1172
 
May, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
Ta’limiy insholar – 
insholarning asosiy qismini tashkil etadi. Bunday insholar, 
asosan, o„qitishga qaratilgan, o„rgatishni maqsad qilgan insholardir. 
Nazoratga qaratilgan insholar
– katta bo„limlar o„rganilgandan keyin yoki 
chorak va o„quv yili oxirida o„tkazilishi mumkin. Ular, asosan, o„quvchilarning 
egallagan bilim, ko„nikma va malakalarini nazorat qilish maqsadida o„tkaziladi. 
Ko‘rik-tanlov insholari
– sinf yoki maktab doirasidagi ko„rik-tanlov, ma‟lum bir 
nomdagi tanlov g„oliblarini aniqlash maqsadida, fan olimpiadalari bosqichlarida 
o„tkaziladi. 
Har uchala insho turlari bir-biri bilan chambarchas bog„liqdir. Ta‟limiy insholar 
ayni vaqtda nazorat uchun xizmat qiladi. Har qanday nazorat qilishga qaratilgan 
insho ta‟limiy maqsadni ko„zlaydi. Ko„rik-tanlov uchun yozilgan insholar ham 
ta‟limiy, ham tarbiyaviy maqsadga qaratilgan bo„ladi. 
Mavzu tanlash, asosiy g„oyani belgilash, material yig„ish, reja tuzish, shu asosda 
to„plangan materialni saralash, fikrni muayyan izchillikda bayon qilish, yozilgan 
matnni qayta ishlash va takomillashtirish kabi vazifalar barcha turdagi insholar uchun 
xosdir. 
Insho mavzusini shakllantirish va tanlash. 
Mavzu arabcha so‟z bo‟lib, “joylashtirilgan”, “to‟qib chiqarilgan” kabi 
ma‟nolarni anglatadi. Insho mavzusi o‟qituvchi tomonidan yoki muvofiqlashtirilgan 
kengash, o„quv-uslubiy birlashma tomonidan tanlangan va muhokama qilib 
tasdiqlangan bo„lishi kerak. Insho mavzusini tanlashda quyidagilarga e‟tibor berish 
lozim: 
1.
Adabiy mavzudagi insholarda yozuvchi, shoir faoliyatining asosiy jihatlari 
qamrab olinadi. Erkin mavzular esa davrning muhim masalalariga 
bag„ishlangan, o„quvchilar qalbida ezgulik tuyg„ularini shakllantirishga 
qaratilgan bo„lishi talab etiladi. 
2.
Mavzu har qanday subyektiv yondashuvdan xoli bo„lmog„i lozim. 
3.
Mavzu o„quvchilarning yoshiga, saviyasiga mos bo„lishi, ularning orzu-
umidlari, qiziqishlarini aks ettirishga xizmat qilishi lozim. 
Insho mavzusini to„g„ri belgilashdan boshlanadi. To„g„ri tanlangan mavzu 
inshoning muvaffaqiyatli chiqishi uchun tanlangan ilk qadamdir. Mavzu tanlashga 
o„rgatish uchun berilgan matnni bir necha mustaqil qismga ajratish va ularga sarlavha 
topish, bir matnga bir necha sarlavha topish topshipiladi. 
Inshoda yoritilgan fikrlar mavzuga mos kelishi va uning 
mazmunini to„la qamrab olishi lozim. O„quvchi mavzu talabini 
to„g„ri anglay olishi kerak. 



Yüklə 87,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə