Darslar davomida tashkil etiluvchi yozma ishlarning ahamiyati haqida fikr yuritilgan


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 87,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix30.12.2023
ölçüsü87,52 Kb.
#164649
1   2   3   4   5   6   7   8   9
629c9e11b984a880914296

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 5 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-1167-1175 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
1168
 
May, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
materialini o„zlashtirishi murakkab jarayon bo‟lib, til hodisalarini kuzata olish, 
izlanish, qiyoslash, umumiylik va alohidalikni aniqlash, farqlarni topish, tasnif etish, 
hukm chiqarish, qo„llash bilan bog„liq: 
Kuzatish – berilgan topshiriq asosida til hodisalarini tahlil qilish
Izlanish – o„ylash, xotirada tiklash, so„rash, lug„at, qomus, internet 
manbalaridan foydalanish asosida bilimlarni boyitish; 
Narsa-hodisa mohiyatini qismlar sharhi orqali yoritish – har bir hodisani 
alohida-alohida sharhlay olish; 
Qiyoslash – tizimdagi hodisalarni o„zaro taqqoslay bilish; 
Umumiylikni aniqlash – hodisalarning o„xshash va umumiy tomonlarini 
aniqlash; 
Farqlarni topish – hodisalarning o„xshash va umumiy tomonlarini aniqlash
Tasnif etish – tizimdagi hodisalarni o„xshashlik va farqlari asosida guruhlarga 
ajratish; 
Hukm chiqarish – hodisalar tizimi haqida umumlashma hukm, xulosa, qoida 
chiqara olish; 
Alohidalikni aniqlash – o„rganilgan hodisalarning yondosh voqelik bilan 
munosabatlarini aniqlash; 
Qo„llash – hodisalarni mustaqil ravishda yozma va og„zaki ko„rinishda 
sharhlab, ijodiy matn tuza olish; 
Ijodiy tafakkur va mustaqil fikrlashning oliy ko‟rinishi matn yaratishdir. 
Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi murakkab jarayon bo„lib, ona tili 
ta‟limining maqsadi shu parametrda mujassamlashadi. O„quvchining ona tili ta‟limi 
jarayonida egallagan ko„nikma va malakalari u yaratgan matnda aks etadi. Bu 
parametr bo„yicha ta‟lim sifatining natijasini baholashda o„qituvchi tomonidan 
o„quvchi egallagan quyidagi ko„nikmalarning darajasi aniqlanadi: 
-
Fikrning mantiqiy izchillikda ifoalanganligi; 
-
Fikrlash, mavzuning murakkablik darajasi; 
-
Tavsifning mavzuga muvofiqligi va mazmuniy qiymati
-
Tavsifda tilning ifoda vositalaridan maqsadga muvofiq foydalanish darajasi; 
-
Imloviy (yozma) savodxonlik sifati. 
Ko„rinadiki, DTS talablariga ko„ra o„quvchilarda fikrni yozma shaklda bayon 
etish malakasini hosil qilish ona tili ta‟limining asosiy maqsadlaridan biri 
hisoblanadi. Ona tili va adabiyot o„quv fanlari sifatida nutq 
imkoniyatlarini 
birlashtirib, 
o„quvchining fikr ifodalash 
malakalarini rivojlantiradi. Uni tilimizning go„zal olamiga olib 



Yüklə 87,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə