Darslar davomida tashkil etiluvchi yozma ishlarning ahamiyati haqida fikr yuritilgan


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 87,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix30.12.2023
ölçüsü87,52 Kb.
#164649
1   2   3   4   5   6   7   8   9
629c9e11b984a880914296

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 5 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-1167-1175 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
1169
 
May, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
kiradi, nutqni yaxshilash, boyitish, unga badiiy bo„yoq berish, nafosat bag„ishlashda 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
1. O„quvchilarning yozma nutq malakasini shakllantirish – DTSning asosiy
talabi. 

O'quvchilarning yozma nutq malakasini shakllantirish:

Husnixat;

Yozma nazorat ishlari (diktant, bayon, insho);

Grammatik qurilmalarni o„z o„rnida qo„llay olish;

Mavzu hamda rasmlar asosida yozma matn tuzish;

Ta‟limiy o„yinlar;

Turli mashqlarni bajartirish. 
Yozma nutq harf va so„zlarning ma‟lum qonuniyat asosida o„zaro birikuvi, 
tinish belgilari, har xil ajratishlar: abzaslar, paragraflar va gaplarni grammatik
jihatdan aniq va tushunarli bayon qilish orqali voqelanadi. 
Yozma nutq ustida ishlash og„zaki nutqqa qaraganda ancha murakkab
jarayondir. Chunki u o„quvchidan grammatik va mazmunan jihatidan to„g„ri
jumla qurishni, har bir so„zni o„z o„rnida to„g„ri qo„llashni, fikrni ixcham, 
izchil, ifodali, uslub jihatidan sodda va ravon ifodalashni, bayon qilingan fikrlar
asosida xulosalar chiqarishni talab etadi. Bu nutq turning murakkab tabiati ham
shundaki, u imlo, tinish belgilari va uslub bilan bog„liq. So„zni to„g„ri yozish,
tinish belgilarini o„rinli qo„llash, fikrni uslub tabiatiga muvofiq bayon qilish
o„quvchidan katta mas‟uliyatni talab etadi. 
Yozma nutq tekshiriladi, tuzatiladi, takomillashtiriladi, bu jihatdan u og„zaki
nutqqa qaraganda ancha qulay imkoniyatlarga ega. O„quvchi yozma nutqdagi
xato va kamchiliklarlar ustida ishlaydi, ularni bartaraf etadi, keyingi ishlarda bu
xato va kamchiliklarga yo„l qo„ymaslikka intiladi. Yozma nutqdagi imlo va
tinish belgilari ustida ishlash matn mazmuni ustida ishlash bilan qo„shilib, bir
yaxlitlik hosil qiladi. 
Yozma ish atamasi ikki xil ma‟noda qo‟llanadi: 
1. 
Yozma ish
– ilmiy xarakterdagi yozma ishlar, yozma shaklda bajariladigan nazorat 
turlari, topshiriqlar, ko„chirib yozish. Nazoratning bu turi nafaqat filologiya, balki 
barcha sohalarga ham tegishlidir. Masalan, fizika, matematikaga oid yozma ishlar. 
Bu tipdagi yozma ishlar o„quvchilarni ilmiy bilim asoslari bilan qurollantiradi. 
Ilmiy xarakterdagi yozma ishlar ucun eng asosiy manba maktab 
darsliklaridir. 



Yüklə 87,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə