Darslar davomida tashkil etiluvchi yozma ishlarning ahamiyati haqida fikr yuritilgan


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 87,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix30.12.2023
ölçüsü87,52 Kb.
#164649
1   2   3   4   5   6   7   8   9
629c9e11b984a880914296

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 5 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-1167-1175 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
1173
 
May, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
Inshoda, albatta, mavzuga mos ravishda asos, ziddiyat, taqqoslash, misol, isbot 
bo„lishi talab etiladi. 
Ko„p hollarda sinov uchun biz insho mavzularini turli variantlar asosida tashkil 
etamiz. Bu hol ko„chirmachilikni oldini oladi, albatta. Lekin o„quvchilar qobiliyati, 
iqtidorini teng baholashga to„sqinlik qiladi. Bir xil mavzuda insho yozdirish esa 
yozma ishlarni to„g„ri baholashga yordam beradi. 
Insho rejasini tuzish.
Insho mavzusi aniqlab olingach, mazkur mavzu asosida insho rejasi tuziladi. Reja 
– ish-faoliyatni tartibga solish, amalga oshirish rejimidir. Reja forscha-tojikcha 
so„zdan olingan bo„lib, “kir yoyiladigan ip”, “arqon”, “saf”, “qator” kabi ma‟nolarni 
anglatadi, biror ishni tartibi bilan va o„z vaqtida bajarish uchun oldindan belgilab 
olingan aniq mo„ljal, belgili tartib, qoida, o„lchovni bildiradi. 
Tuziladigan reja insho mazmunini o„zida to„la-to„kis namoyon etishi darkor. 
Reja inshoning tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. 
Insho rejasi ikki xil: sodda va murakkab ko„rinishda bo„ladi. 
Sodda reja: 
Mustaqillik – xalqimizning asriy orzusi 
Reja: 
1.Ozodlik va erk uchun kurash – ona xalqimiz jasorati. 
2.Mustaqillik muborak, ona O„zbekistonim! 
3.Istiqlol va istiqbol – mushtarak tushunchalar. 
Murakkab reja: 
Alpomish va Barchinoy timsollariga tavsif 
Reja: 
I.Kirish. Dostonlar gultoji. 
II.Asosiy qism: 
1.Alpomish – tengsiz kuch sohibi. 
2.Qat‟iyatli o„zbek qizi. 
3.Do„stlik – ulug„ ne‟mat. 
III.Xulosa. “Alp o„g„lonlar o„lkasi bu – Ko„hna Turon…” 
Inshoga epigraf tanlash.
Insho rejasi tuzib olingach, mavzuga har tomonlama mos keladigan muqaddima so„z 
(epigraf) tanlab olinadi. Inshoning mazmuniga mos keluvchi hikmatli so„z, maqol, 
ibora, yoki fikrlar epigraf deyiladi. Epigraf yunoncha so„zdan 
olingan bo‟lib, “ustidagi”, “yozuv” kabi ma‟nolarni ifodalaydi. 



Yüklə 87,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə