Darsni rejalashtirish va o’qituvchilarning unga tayyorgarligi. O’qitish materialini bayon qilish shakllari


Sinfni boshqarish va dars o'tish usullari



Yüklə 126,61 Kb.
səhifə10/12
tarix27.12.2023
ölçüsü126,61 Kb.
#163475
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Mavzu Darsni rejalashtirish va o’qituvchilarning unga tayyorga-fayllar.org

Sinfni boshqarish va dars o'tish usullari.

Ishonchli dars rejasini tuzish sinfni boshqarishning muhim qismidir. Buning uchun samarali strategiyalarni sinfga, talabalarga va umumiy muhitga kiritish qobiliyati talab etiladi. Dars rejalarining ko'p turlari va ularni yaratish usullari mavjud. O'qituvchilar jamoaviy ishtirok etadigan talabalarni o'z ichiga olgan rejalar tuzish orqali guruh sharoitida tanqidiy fikrlashni rag'batlantirishlari mumkin. Vizual strategiyalar sinfni boshqarishda yordam beradigan dars rejalariga bog'langan yana bir komponentdir. Ushbu vizual strategiyalar turli xil talabalarga o'zlarining o'quv tuzilmalarini oshirishga yordam beradi va, ehtimol, ularning materialni yoki dars rejasidagi narsalarni umumiy tushunishlariga yordam beradi. Ushbu strategiyalar, shuningdek, imkoniyati cheklangan talabalarga yanada samaraliroq o'rganish imkoniyatini beradi. O'qituvchilar sinfni boshqarish va talabalarni qo'llab-quvvatlash uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan keng ko'lamli strategiyalarni amalga oshirishlari kerak. Ular o'zlarining maxsus sinflari, o'quvchilar turi, o'qitish uslubi va boshqalar uchun darsni rejalashtirishga kiritish uchun eng yaxshi strategiyalarni topishlari va ulardan o'z foydalari uchun foydalanishlari kerak. Agar o'qituvchi darsni to'g'ri rejalashtirgan bo'lsa, sinf yaxshiroq bo'ladi, chunki u talabalar uchun tuzilmani ta'minlaydi. Dars vaqtidan unumli foydalana olish asosiy dars rejalarini tuzish bilan birga keladi.


1.3. Ta’limning yordamchi shakllari

Ta’limning yordamchi shakllari: to‘garak, praktikum, seminar, konferensiya, maslahat (konsultatsiya), fakultativ mashg‘ulot, o‘quv ekskursiyalari, o‘quvchilarning mustaqil uy ishlari va boshqalar sanaladi.


Maktabdan tashqari mashg’ulotlarning asosiy va barqaror turlariga o’qish jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraladigan, o’quvchilarning mustaqil uy ishlari kiradi. Uning asosiy maqsadi – darsda o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarini kengaytirish, chuqurlashtirish, ularni esdan chiqarishning oldini olish, o’quvchilarning individual layoqati, iste’dod va qobiliyatini rivojlantirishdan iborat. Bu ishlar o’quv dasturi talablari, o’quvchilarning qiziqish va ehtiyojlari hamda ularning rivojlanish darajalarini hisobga olib quriladi. O’quvchilarning mustaqil uy ishlari ma’lum didaktik vazifalarni bajaradi. CHunonchi, darsda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash, sinfda ishlab chiqilgan o‘quv materialini kengaytirish va chuqurlashtirish, mashqlarni mustaqil bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish, dasturli material doirasiga kiruvchi hajmda individual topshiriqlarni bajarish asosida mustaqil fikrlashini rivojlantirish, individual kuzatishlar, tajribalar, gerbariy, tabiiy namunalar, otkritkalar, rasmlar, gazeta va jurnal lavhalari statistik ma’lumotlar kabi o‘quv qo‘llanmalarini to‘plash va tayyorlash va boshqalar. Darslarda pedagogning o’quvchilar tomonidan uy vazifalarining halol bajarishlariga kam e’tibor berayotganliklari, ularni sinfda tekshirishga urinmasliklari, yaxshi o’zlashtirayotgan o’quvchilarni rag’batlantirib bormasliklari ta’lim amaliyotda keng tarqalgan kamchilik hisoblanadi. Uy vazifalarini tushuntirib berishga ko’pincha vaqt etmaydi, ular shoshilinch beriladi. Pedagoglar kamdan-kam hollarda, o’quvchilar uy vazifasini bajarayotganda duch keladigan qiyinchiliklarini ko’rsatib beradilar, ularni bartaraf etish yo’lini esa ko’rsatmaydilar. Natijasida mustaqil uy vazifalarining bajarilishi samarasiz bo’lib qoldi. Fan to’garaklari yo’nalishi, mazmuni, ish metodi, o’qish vaqti va boshqa jihatlari bilan ajralib turadi. Ular o’quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, o’qishga ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi. To’garaklar o’qishni hayot bilan aloqasini kuchaytiradi, fanlararo bog’liqlikni rivojlantiradi. Fan to’garaklarida o’quvchilarning ishlari o’quv jarayonini faollashtiradi, o’qish sifatini oshirishga yordam beradi. Ta’limning yordamchi shakllariga ekskursiyalar ham kiradi. Ular ommaviy, guruhli va kichik guruhli bo’lishi mumkin. O’quv ekskursiyalari alohida fanlar hamda bir qancha fanlar bo’yicha ham rejalashtiriladi. Ekskursiyani muvaffaqiyatli o’tkazish uchun o’qituvchi unga puxta tayyorlanishi: ob’ekt va mashrut bilan oldindan tanishib chiqishi, to’la rejani ishlab chiqishi, o’quvchilarni bo’lajak topshiriqlarni bajarishga jalb eta olishi kerak. Ekskursiya rejasida mavzu va maqsad, ob’ekt, u bilan tanishish tartibi, o’quvchilar idrok etish faoliyatlarini tashkil etish, topshiriqni bajarish uchun zarur bo’lgan vositalar va uskunalar, yakun yasash ko’rsatiladi. Ekskursiyani o’tkazish metodikasi mavzu, didaktik maqsad, o’quvchilarning yoshi, ularning rivojlanishi hamda ekskursiya ob’ektiga bog’liq bo’ladi.
Maktab o’quv rejasi turli fakultativ va tanlovi bo’yicha kurslarni tashkil etishni ko’zda tutadi. Ular o’quvchilar, ularning ota-onalari istak va qiziqishlarini hisobga olish bilan ishlab chiqiladi. Amaliyotda fermerlik, iqtisod, elektro va radiotexnika, elektronika, polimerlar ximiyasi, astrofizika, psixologiya, etika, antik tarix, botanika ba’zi sohalari, ikkinchi chet tili, etnografiya, stenografiya, kutubxona ishi, rassomchilik, musiqa kabi kurslarni fakultativ sifatida o’rganiladi. Fakultativ va fanlarni ro’yxatini aniqlashda faqat o’quvchilar istaklari emas, balki ijtimoiy talablar va maktab imkoniyatidan kelib chiqiladi. Fakultativ va tanlovi bo’yicha mashg’ulotlar majburiy va umumiy o’rta ta’lim fanlari bilan uzviy bog’liqlikda o’tkazilishi kerak. Maslahat (konsultatsiya – o’quv suhbati) ga talablar ko’pincha o’quvchilarning ma’lum o’quv materiali yoki topshirig’i ustida mustaqil ishlashi sababli yuzaga keladi. Bunda ko’proq o’quvchi savol beradi. To’g’ri tashkil etilgan konsultatsiya o’quvchilarga o’quv materialini egallashda qiyinchiliklarni engishga yordam beradi. Konsultatsiya davomida o’qituvchi o’quvchilar faoliyatini u yoki bu masalani to’g’ri tushunishga mustaqil keladigan, ular uchun qiyin topshiriqni tushunib oladigan qilib, o’rganilayotgan materialni mohiyatini ochishga o’rganadigan qilib yo’naltiradi. Konsultatsiya o’qituvchiga o’quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni aniqlash, alohida e’tibor berishni talab etuvchi vaziyatlarga ularning diqqatini jalb etishga imkon beradi. To’g’ri tashkil etilgan konsultatsiya o’quvchilarda o’zini nazorat qilish, bilimlarga tanqidiy ko’z bilan qarashni tarbiyalaydi. O’qimishlilik darajasini to’g’ri aniqlashga yordam beradi.
Oliy ta’lim tizimida ta’limning qanday tashkiliy shakllari qo’llanilmoqda?
Uzluksiz ta’limning hamma bosqichlarida ta’limning o’ziga xos tashkiliy shakllari mavjud. Jumladan: ikki bosqichli oliy ta’lim tizimida o’ziga xos ta’lim shakllari mavjud. Bularga: ma’ruzalar, seminar va amaliy mashg’ulotlar, kafedra o’qituvchilarining ochiq ma’ruzalarida qatnashish, ma’ruza matnini tayyorlash va muhokama qilish, o’quv kurslari bo’yicha dasturlar tayyorlash ishlari kabilar kiradi. Oliy ta’lim tizimida ma’ruza o’quv jarayonining ham usuli, ham shakli hisoblanib, u talabalarga fan asoslarini og’zaki, uzviy va muntazam singdirishga xizmat qiladi. Ma’ruza tufayli talaba shu fanning mohiyatini tushunib boradi hamda ularni erkin fikrlashga, fan ustida o’ylashga majbur etadi. Shu sababli ma’ruza ilmiy tafakkurni rivojlantirishning o’ziga xos maktabiga aylanadi.
Ma’ruzani shunday o’qish lozimki, uning ta’sirida talabalarda shu fanga, uning vazifa va kelajagiga nisbatan turli qarashlar, ilmiy e’tiqod, g’oya va milliy mafkura asoslari shakllansin. Buning uchun o’qituvchi har bir ma’ruzaning mazmunini, fandagi yangiliklar bilan boyitishi va tanlay bilishi lozim.
Ma’ruza ijobiy hamkorlikka tayanib tashkil qilingandagina samarali natija beradi. Buning uchun ma’ruza jarayonida ham ta’limiy ham tarbiyaviy vazifalarni samarali amalga oshirish yo’llaridan biri - o’qituvchilar bilan talabalar o’rtasidagi do’stona, faol munosabatlarni tiklab olishdan iborat.
Bundan tashqari dars va ma’ruzaning samarali natijasi o’quvchi talabalarning o’quv jarayonidagi ruhiy holatlarini qay darajada hisobga olinishiga ham bog’liq. Shunday ekan ta’limni samarali tashkil etish, uning dars, ma’ruza va boshqa shakllaridan o’qitish jarayonida foydalanishlari uchun shubhasiz, o’qituvchining pedagogik mahorati, pedagogik madaniyati, o’z fanini puxta bilishligi va o’quvchi - talabalar bilan umumiy til topa olishlari g’oyat katta ahamiyatga egadir.
Ta’limni tashkil etishning zamonaviy (noan’anaviy) shakllari zarurati nimada? Uning qanday shakllari qo’llanilmoqda? Mustaqil O’zbekistonimizda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni amalga oshirishda ta’lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bilan bog’liq ishlar qilinmoqda. Ta’limni KVN, munozara, disput, konferensiya, mushoira, sud o’yinlari va boshqa shakllarda tashkil etishga harakat qilinmoqda. O’quvchilar faolligini oshiruvchi turli interfaol usullar keng qo’llanilmoqda. Bularga misol tariqasida Sinkveyn, Klaster, Aqliy hujum, T-Chizma, Insert jadvali, B-B-B jadvali, Venn diagrammasi, Konseptual jadval, Semantik xususiyatlar tahlili va boshqalarni keltirish mumkin.
An’anaviy metodlarning afzalliklari:

  • ma’lum ko’nikmalarga ega bo’lgan va aniq ma’lum tushunchalarni, fanni o’rganishda foydali.

  • o’qituvchi tomonidan o’qitish jarayonini va o’qitish muhitini yuqori darajada nazorat qilinishi.

  • vaqtdan unumli foydalanish.

  • aniq, ilmiy bilimlarga tayanish.


Keng pedagogik ma`nodagi tarbiya muayyan maqsadga qaratilgan bo`lib, jamiyat tomonida tayyorlangan yoxud o`qituvchilar va tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi va turli xil o`quv mashg`ulotlari, maxsus o`tkaziladigan bir qator ma`naviyma`rifiy tadbirlarni o`z ichiga oladi. O`zbekiston mustaqillikka erishgandan shu kunga qadar qisqa vaqt mobaynida, pedagogika fanini yangi taraqqiyot bosqichiga ko`tarish, o`tmishdagi pedagogik tafakkur daholarining shuhratini tiklash va ularning g`oyalarini hayotga tadbiq etish kabi siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy sohalarda katta yutuqlarga erishdi. Mamlakatimizda talabalarni insonparvarlik, ilmiy-dunyoqarash, internatsionalizm hamda vatanimizga cheksiz muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash usulida ta`lim-tarbiya berishning yagona tizimi yo`lga qo`yilgan. Ta`limni tashkil etish shakli bu- o`qituvchi va o`quvchining ma`lum bir tartibda, anniq maqsadga yo`naltirilgan va ma`lum rejimdagi o`quv faoliyati hisoblanadi. O`quvchilarni qamrab olish, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari va o`quvchilarning faoliyatini tashkil etish belgilariga ko`ra uch asosiy turga ajratiladi: individual; sinf-dars; ma`ruza seminar. Ta`limni tasgkil etishning shakllari: An`anaviy ta`lim shakli, noan`anaviy ta`lim shakli va yordamchi shakllariga bo`linadi. Ta`limni tashkil etishning yordamchi shakllariga fakultativ mashg`ulotlar sanaladi. Ular o`quvchilarning qiziqishlari asosida tashkil etiladi: to`garaklar, klublar, olimpiadalar, viktorinalar, ko`rgazmalar va ekspeditsiyalar shular jumlasidandir. Ta`lim jarayonida, shuningdek, darsning quyidagi yordamchi turlaridan ham foydalaniladi: Fan to`garaklari yo`nalishi, mazmuni, ish metodi, o`qitish vaqti kabi jihatlari ajralib turadi. O`quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish va asosiysi, o`qishga ijobiy munosabatini shakllantirishga bu kabi to`garaklar yodam beradi. To`garaklarni o`qitishda uning hayot bilan aloqasiga va fanlararo bog`liqligiga alohida e`tibor qaratish joiz. Sababi, darsdan tashqari to`garaklar o`quv jarayonining faolligini oshirishi va o`quvchilarning ishlarini sifatini oshirish darkor. Ta`limning yordamchi shakllaridan ekskursiyalar ham joy olgan. Ular ommaviy, guruhli va kichik guruhli bo`lishi mumkin. O`quv ekskursiyalarialohida fanlar yuzasidan ham tashkillashtiriladi. Ekskursiyaning muvaffaqiyatli o`tishi o`qituvchining puxta tayyorgarligiga, obyekt va mashrut bilan oldindan tanishib chiqishiga va o`quvchilarni topshiriqlarni bajarishga jalb qila olishiga bog`liq. Ekskursiyani o`tkazish metodikasi: mavzu, didaktik maqsad, o`quchilarning yoshi hamda ekskursiya obyektiga qarab tanlanadi. O`quvchilarda kuzatish va tahlil qilishga oid ko`nikmalarini shakllantirishda o`quv ekskursiyalarining o`rni katra. O`quv ekskursiyalari o`quv dasturlarida ko`zda tutilgan bo`lib, u yoki bu o`quv predmeti uchun ajratilgan vaqtda o`tqaziladi. Ekskursiyaning tarbiyaviy ahamiyati ham katta sanaladi, uning vositasida bolalar jamoatchilik, vatanparvarlik, estetik tarbiya amalga oshiriladi. O`quv ekskursiyalari to`rt tomonlama tasnif etiladi: o`quv predmetlariga ko`ra, ta`lim jarayonidagi o`rniga ko`ra, tarkibiga ko`ra va ajratilgan vaqtiga ko`ra. Maktab o`quv rejasi turli fakultativ tanlovlar, kurslarni tashkil etishni ko`zda tutadi. Amliyotda iqtisod, radiotexnika, etika, rassomchilik, musiqa kabi kurslar o`quvchilar va ularning ota0onlari istagidan kelib chiqib tashil qilinadi. Fakultativ fanlarni tashkil etishda bo`lsa, faqat o`quvchilar istaklaridan emas, balki ijtimoiy talablar va muassasa imkoniyatidan kelib chiqadi. Ta`limning darsdan tashqari boshqa shakllari xilma-xil bo`lib, unga uy vazifalari alohida o`rin egallagan. Uy vazifalari bevosita o`qituvchining ishtirokisiz ammo uning ko`rsatmalari yuzasidan bajariladi. Uy vazifalari quyidagi talablardan tashkil etiladi: - O`quvchilardan uy vazifalarini bajarishda ishtiyoq, xavas va qiziqishlarni oshirish. Buning uchun uy vazifalarning maqsadi, ularning axamiyati o`quvchilarga tushuntiriladi. - Uy vazifalarini bajarishni nazorat etish, bolalarni rag`batlantirish. - Uy vazifalari asta-sekin murakkablashtirish, optimal qiyinligini ta`minlash va turlarini o`zgartirib borish. - Uy vazifalarini bajarishi uchun gigiyenik talablarga javob beradigan sharoit yaratish. Darslarda pedagoglar o`quvchilarning uy vazifalarini halol bajarishlariga juda kam e`tibor qaratishayotganligi, vazifalarni sinfda tekshirishga urinmasliklari, rang`batlantirib borishdan qochishlari keng tarqalgan kamchiliklardandir. Uy vazifalarni qanday bajarish kerak ekanlini tushuntirib berishga vaqt yetmay qoladi va shoshilinchda berib yuboraveriladi. Kamdan-kam vaziyatlarda o`qituvchilar uy vazifasini bajarayotib, qilingan xatolarni ko`rsatib berishadi. Xatto xatolarni oldini olish yo`lini ham ko`rsatishmaydi. Natijada, mustaqil vazifalar samarasiz qolib ketaveradi. Har bir darsning muvaffaqiyati ko`p jihatdan mashg`ulotani tog`ri tashkil etilganligiga bog`liq. Dars o`qituvchi va o`quvchining ijodiy hamkorligiga asoslansagina, o`quvchilar mustaqil va teran fikrlay oladigan va irodalari mustahkamlanib boradi. Muammoli vaziyatlarga qo`rqmasdan, dalil o`zlari yechim topishga o`rganishadi.

Yüklə 126,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə