“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   92

 
25
kelgan Manu qonunlari
39
 qadimgi hind qonunchiligi tarixida alohida o`rin tutadi. Bu kodeks o`z tuzilishiga ko`ra 12 ta 
bob, 2685 ta moddadan iborat.  
Huquq manbalari ichida yozma yodgorliklar juda katta ahamiyatga ega bo`lsada, qadimgi Hindistonda odat 
huquqi  ham muhim o`rin tutganligini aytib o`tish kerak. Hatto dxarmashastralarda urf-odatlarga ko`plab havolalar 
uchrab turadi. 
Bundan tashqari qadimgi hind huquqi rivojlanishining turli bosqichlarida podsholarning ediktlari - amr-
buyruqlari huquqning muhim manbaini tashkil etgan.  
 
 Manu qonunlarida mulk va unga egalik qilish o`rtasidagi farq ajratib ko`rsatilgan, 
xususiy mulkni qo`riqlashga katta e’tibor berilgan. Qonunlarda mulk huquqi quyidagi 
hollarda: meros olish, hadya yoki topib olish, sotib olish, egallab olish, sudxo`rlik, biror ishni 
bajarish yo`li bilan, shuningdek hayr-ehson tariqasida olish bilan kelib chiqishi mumkinligi 
ko`rsatilgan.  
Qonunlarda mulkchilikning asosiy turi - yerga alohida e’tibor berilgan. 
Yerlar egalik shakllariga qarab quyidagi turlarga bo`lingan: podshoga qarashli, jamoalarga qarashli va xususiy 
egalikdagi yerlar. Begona mulkni qonunsiz egallab olganlarga nisbatan katta jarima solingan, birovning yerini egallab 
olgan esa o`g`ri deb e’lon qilingan. 
 
 Fuqarolik huquqining majburiyatlarga oid munosabatlari Manu qonunlarida 
ancha batafsil ishlab chiqilgan. Qonunlarda asosan shartnomalardan kelib chiqadigan 
majburiyatlar haqida gapiriladi. Shartnomalarning qarz, oldi-sotdi, saqlab turish, ijara va 
boshqa turlari mavjud bo`lgan. Manu qonunlari, ayniqsa, qarz shartnomasiga katta e’tibor bergan. 
Qadimgi 
Hindistonda tovar-pul munosabatlarining nisbatan kuchsiz rivojlanishi oldi-sotdi shartnomalarining ba’zi 
o`zgaruvchanligida o`z aksini topgan. Qadimgi dxarmashastralarga binoan oldi-sotdi shartnomalarini xohlagan vaqtda 
bekor qilish mumkin bo`lgan. Manu qonunlari bo`yicha esa oldi-sotdi shartnomasini bekor qilish uchun o`n kun muddat 
belgilab qo`yilgan edi. Artxashastrada esa hayvonlarni sotish haqidagi bitimlarni bir yarim oy ichida, odamlarni sotish 
haqidagi bitimlarni bir yil ichida bekor qilish mumkinligi belgilangan (Art., III, 15 (17,18). 
 
Mauriylar davrida erkin yollanma ishchilar (karmakarlar) mehnatidan keng foydalanilgan. Shu bois Manu 
qonunlarida bunday turdagi shartnomalarga alohida e’tibor berilgan. Yollanma ishchilar ko`proq shudralardan iborat 
bo`lgan. Manu qonunlarida hadya shartnomasi haqida ham ma’lumotlar mavjud. 
 
Qonunlarda shartnomalarning alohida turlari tartibga solinishi bilan bir qatorda ularning barchasi uchun 
umumiy bo`lgan tamoyillar ham o`rnatilgan.  
 
Manu qonunlari zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarga 
ham alohida o`rin ajratgan.  
 Qadimgi Hindiston uchun katta patriarxal oila 
xarakterlidir. Oilada er to`la hukmron bo`lgan. Xotin o`z eri va bolalarining 
qaramog`ida bo`lgan. Nikoh mulkiy bitim hisoblanib, uning natijasida er o`ziga 
xotin sotib olgan va xotin erning mulkiga aylangan. Nikoh yoshida ham juda katta 
farq o`rnatilgan. Erkaklar 24 yoshdan, ayollar 8 yoshdan boshlab nikohga kirishi mumkinligi belgilangan. 
         Garchi  Manu  qonunlari  er  va  xotinni  o`lgunlaricha o`zaro sadoqatli bo`lishlarini e’lon qilsada, er bir nechta 
xotinga ega bo`lishi, xotini bilan xohlagan vaqtda ajralishi mumkin edi.  
Oilada ota bolalar ustidan ham kuchli hukmronlikka ega bo`lgan. 
 Oilada barcha mol-mulklar uning umumiy boyligi hisoblangan, lekin oila boshlig`i 
tomonidan idora etilgan. Meros barcha o`g`illar o`rtasida teng taqsimlangan yoki katta o`g`il 
qo`lida qolib, u oila boshlig`iga aylangan va boshqa oila a’zolariga homiylik qilgan. Qizlar 
merosdan chetlashtirilganlar, lekin aka-ukalar o`z ulushlaridan 1/4 qismini ularga sepsidirg`a sifatida ajratishlari lozim 
edi.  
 
Huquqiy yodgorliklarda jinoyatlarning davlatga qarshi qaratilgan, shaxsga qarshi 
qaratilgan, mulkka hamda oilaga qarshi qaratilgan turlariga bag`ishlangan ko`pgina 
me’yorlar mavjud. 
 
Manu qonunlarida birinchi navbatda davlatga qarshi qaratilgan jinoyatlarga 
alohida e’tibor berilgan. Davlat va ijtimoiy tuzumga qarshi har qanday suiqasd uchun 
o`lim jazosi belgilangan.  
Shaxsga va oilaga qarshi qaratilgan jinoyatlar qonunlarda ancha batafsil bayon qilingan. 
 
Manu qonunlari shaxsga nisbatan har qanday zo`rlikni qattiq qoralaydi. Shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlarga 
avvalo odam o`ldirish va tan jarohati yetkazish jinoyatlari kirgan.  
 
Manu qonunlarida oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan anchagina moddalar mavjud. 
Qonunlar er-xotinning xiyonati uchun, ayollarning nomusiga tajovuz uchun qattiq jazolar o`rnatgan. Er-xotinning har 
qanday ko`rinishdagi xiyonati: birovning xotini bilan yashirincha suhbatlashish, xizmatini qilish, u bilan o`ynashish, 
uning kiyimiga tegish va boshqalar uchun Artxashastralarda ko`rsatilganidek o`lim jazosi nazarda tutilgan. Birinchi 
marta o`g`rilik uchun o`g`rining - ikkita barmog`i, ikkinchi martasida - qo`li va oyog`i kesilgan, uchinchi martasida 
o`limga mahkum etilgan.  
                                                      
39
 Bu qonunlarning paydo bo`lish vaqti hali to`liq aniqlanmagan. Ko`pgina olimlar ularni miloddan avvalgi II asr va 
milodning II asri oraligida paydo bo`lganligini kursatadilar. Qarang: Istoriya gosudarstva i prava zarubejnix stran. 4.1. 
(pod red. Qoashennikovoy N.A. i prof. Jidkova O.A.) M., 1998, 72-bet; Vseobshaya istoriya gosudarstva i prava: 
Uchebnik (pod red. prof. K.I.Batira) M., 1998, 42-bet. Bizningcha shu fikr haqiqatga yaqin. 
Mulk 
huquqi 
Majburiyatlar 
Nikoh-oila 
munosabatlari 
Meros 
Jinoyat va 
jazo
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə