“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   92

 
30
"Li szi" kabilar ko`chirilgan. Bu asarlarda miloddan avvalgi 1 ming yillik 2-yarmi boshlaridayoq konfutsiylarning 
axloq me’yorlari sistemalashtirilgan va mustahkamlangan edi. 
 
Miloddan avvalgi X asrda Chjou davlatida van – Mu  tomonidan 3000 ta 
moddaga ega bo`lgan Jinoyat kodeksi - jazolar haqidagi qonunnoma ishlab chiqilgan. 
aybni yengillashtiradigan va og`irlashtiradigan holatlar haqida gapirilgan, 
ehtiyotsizlikdan va qasddan qilingan xatti-harakatlar bir-biridan ajratilgan. Qonunnoma 
alohida sud qarorlari yozuvi bo`lganligi ehtimoldan holi emas, unda avvalo odat huquqi 
me’yorlari mustahkamlangan. 
 
Xitoyda yozma qonunlarning bir muncha keng tarqalishi miloddan avvalgi VI-V asrlarga to`g`ri keladi. Bu 
qadimgi xitoy jamiyatining tabaqalashuvi kuchayishi bilan bog`liq. Miloddan avvalgi VI asrda Lu podsholigida qabul 
qilingan yer solig`i haqidagi jamoa yer egaligining tugatilganligi va xususiy yer egaligining o`rnatilganligi ham bejiz 
emas. 
Xitoyda ayniqsa Chjango davrida qonunchilik faoliyatining juda tez. rivojlanishi eslatib o`tiladi. Bu miloddan avvalgi 
V-III asrlarda alohida xitoy podsholiklari o`rtasidagi og`ir va tinimsiz kurashlar sharoitida siyosiy ahvolni 
barqarorlashtirish maqsadlarida qonunlardan foydalanish zaruriyati bilan bog`liq. 
 
Qadimgi Xitoyda miloddan avvalgi 536 yilga taalluqli "Qonunlar obzori" ilk yozma qonunlarga yorqin misol 
bo`la oladi. Unda jinoyatlar uchun jazolarning quyidagi beshta turi: tamg`a bosish, burnini kesish, bitta yoki ikkala 
oyog`ini kesish, kastratsiya (axtalash, bichish) va o`lim jazosi berish nazarda tutilgan edi. Bu jazolar keyinchalik eng 
ko`p tarqalgan jazo turlari bo`lib qolgan. 
 
Miloddan avvalgi V-IV asrlarda legistlarning ilg`or vakillaridan biri Li Kuy tomonidan tuzilgan "Vey 
podsholigi qonunlari kitobi" qadimgi Xitoydagi ilk qonunlar to`plamlaridan muhimi hisoblanadi.  
 
Shuni aytib o`tish kerakki, yozma qonunlarning paydo bo`lishi odat huquqi me’yorlarining tugatilishiga olib 
kelmagan.  
 Xitoy an’anaviy huquqida xususiy huquq me’yorlari mustaqil rivojlanmagan. 
Lekin shunga qaramay Chjou davrining oxirlaridan boshlab (miloddan avvalgi IV-III 
asrlarda) "yu" fe’li "mulkka ega bo`lish" degan ma’noni bildirgan. 
Miloddan avvalgi I asr o`rtalaridan qator podsholiklar yer olish-sotish haqida bitimlar tuza boshlaganlar.  
 
Qadimgi Xitoyda yerlar bilan birga mulk huquqining muhim ob’yekti qullar bo`lgan. Shan (In) davrida qullar 
chorvaga tenglashtirilgan. Ular davlat mulki hisoblangan, qullar garchi xususiy shaxslar egaligida bo`lsa-da, hali ularni 
olish-sotish bo`lmagan. Chjou davrida esa qul ayirboshlash, olish-sotish mumkin edi. Miloddan avvalgi V-III asrlarda 
ikki toifadagi qullar: davlat qullari va xususiy qullar mavjud edi.  
 
Shunday qilib, qadimgi Xitoyda yerga nisbatan davlat, jamoa va xususiy mulkchilik shakllari mavjud 
bo`lib, vaqt o`tishi bilan mulkka egalikning oxirgi shakli tobora rivojlanib borgan. 
 
 Qadimgi Xitoyda majburiyatlarning shartnomalardan kelib chiqadigan turi 
keng tarqalgan. Huquqiy manbalarda shartnomalarning xilma-xil turlari eslab o`tilgan. 
Dastlabki shartnomalardan biri ayirboshlash  bo`lib, u asta-sekin o`z o`rnini oldi-
sotdi shartnomasiga bo`shatib borgan. Yerni olish-sotish bilan bog`liq shartnomalar keng tarqalgan. Manbalarning 
xabar berishicha, milodning I asrida ayollar va davlat qullari ham yerlarni olish-sotish shartnomasini tuzishlari mumkin 
bo`lgan.  Hadya shartnomasi ham juda ko`p uchraydigan shartnomalardan edi. Yerlarni, qullarni, aravalarni, qurol-
yarog` va boshqa mulklarni hadya qilish tez-tez bo`lib turadigan hodisa edi. Chjango davrida qarz shartnomasi 
bo`lganligi ma’lum, sudxo`rlik rivojlangan. Qarz shartnomasi qarzdorlik tilxati bilan rasmiylashtirilgan. To`lov 
muddatini kechiktirish, garovga qo`yish, yozma majburiyatlar berish hollari ham ma’lum. Qarz shartnomasining 
rivojlanishi qarzdorlik qulchiligining paydo bo`lishiga olib kelgan. Miloddan avvalgi V-III  asrlarda  yerni ijaraga 
berish shartnomasi ayniqsa tez-tez tug`ilib turgan. Bundan keyingi vaqtlarda shuningdek shaxsiy ijara shartnomasi 
keng tarqalgan edi. Ularning shartlari asosan odat huquqi bilan tartibga solingan. 
 Qadimgi Xitoyda oila patriarxal xarakterga ega bo`lgan. Miloddan avvalgi 
356-350 yillarda Shan Yan kuchli markazlashgan hokimiyat tashkil etish yo`lida 
to`siq hisoblangan nufuzli katta oilalarning, oilaviy urug`-aymoqlarning ajralib 
chiqishlariga qarshi kurashib, ularni majburiy suratda bo`lib yuborishga karatilgan 
siyosat yurgizgan.  
 
Li szining V kitobida nikoh yoshining o`ziga xos quyi va yuqori chegarasi: erkaklar uchun 16 yoshdan 30 
yoshgacha, ayollar uchun 14 yoshdan 20 yoshgacha qilib belgilangan.  
Xotinning nikohni bekor qilish huquqi juda cheklangan.  
 Meros 
huquqida 
avvalo bolalar, nabiralar va ular bo`lmasa boshqa qarindoshlar qonuniy merosxo`rlar sifatida 
chiqqanlar. Oilada katta o`g`il meros olishda katta imtiyozga ega bo`lgan. Ota o`lganidan so`ng oila mulki unga o`tgan 
va u oila boshlig`iga aylanib, boshqa oila a’zolari ustidan hukmronlik qila boshlagan. 
  
Qadimgi Xitoyda huquqning rivojlanishi ko`proq jinoyat huquqi rivojlanishi bilan 
bog`liq edi.  
 
Qadimgi Xitoy jinoyat huquqida tugallangan jinoyat va suiqasd o`rtasidagi farq ham 
ajratilgan.  
 
Jinoyat huquqida aybni yengillashtiradigan va og`irlashtiradigan holatlar haqidagi 
huquqiy qoidalar konfutsiylarning quyidagi pand-nasihatlarida ham belgilangan: "Ota-onalarni va qarindosh-urug`larni 
Huquq 
manbalari 
Mulk huquqi 
Majburiyatlar
 
Nikoh-oila va 
meros 
Jinoyat va 
jazo
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə