“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   92

 
28
3. Chjou davlati 
(miloddan avvalgi XI-III asrlar) 
 
 
Chjou podsholigi Xitoy tarixida quyidagicha uchta davr: g`arbiy Chjou (miloddan avvalgi 1122-742 yillar); 
Sharqiy Chjou (miloddan avvalgi 770-403 yillar); "urushqoq podsholiklar" davri (miloddan avvalgi 403-221 yillar)ga 
bo`linadi. 
 
G`arbiy Chjou davlatining chegarasi Vey daryosi boshidan Sharqda Sariq dengizgacha davom etib, uning 
poytaxti Xao shahri bo`lgan. 
 
Bu davrda ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishining ancha yuqori darajasiga erishilgan, yirik yer egaligi 
rivojlangan, qulchilik ham o`sgan, davlat ancha mustahkamlanib, uning tarkibiy tuzilishi murakkablashgan. 
 
 Jamiyatda quldorlar aristokratiyasi hukmron mavqega ega bo`lgan. Umuman dehqonlar (nunfu) arang kun 
kechirgan. Ularning ko`pchiligi yersiz ijarachilarga aylangan. 
 
Jamiyatning eng quyi qismini qullar  tashkil etgan. Ularning soni harbiy asirlar, 
tinch aholini bosib olish, davlat jinoyatchilari hisobiga ko`paygan. Ayniqsa xususiy 
qullarning soni ortgan. Qul mehnatidan xo`jalikning turli sohalarida va og`ir, iflos ishlarda 
keng foydalanilgan. 
 
 Oliy hokimiyat nasldan naslga meros bo`lib o`tadigan podsho (van) qo`lida bo`lgan. 
Chjou podsholigida saroy boshqaruv tizimi mavjud bo`lgan. Davlat apparatiga oliy 
martabali amaldor (syan) boshchilik qilgan. G`arbiy Chjou podsholigida kohinlar va 
folbinlar ham muhim o`rin tutgan. Oliy kohin va buyuk folbin degan mansablar mavjud edi. 
 Armiya 
asosan urushlar vaqtida yig`iladigan xalq qo`shinlaridan va uncha katta 
bo`lmagan doimiy xizmatdagi otradlardan iborat edi. Xitoy qo`shinlarining asosini jangovar arava, otliq qo`shin va 
piyodalar  tashkil etgan. Jang aravasi o`sha davrda qo`shinda eng asosiy hujum qiluvchi kuch edi. Jang aravasida 
haydovchi, kamonboz va nayzabardordan iborat uch kishi bo`lgan. 
 
Van faqat poytaxt viloyatini bevosita boshqarib turgan. Mamlakatning boshqa hududlari vorislik huquqiga ega 
bo`lgan knazlar - chjuxoular  tomonidan idora etilgan. Bu davrda beshta toifa: gun, xou, bo, szi, inan deb 
nomlanadigan knazlik unvonlarining bosqichma-bosqich bo`ysunishiga asoslanadigan tizimi batamom rasmiylashgan. 
Ma’lumotlarga qaraganda, turli knazliklarda qishloq, jamoalarining tuzilishi har xil bo`lgan. Bularning ichida eng ko`p 
tarqalgani quyidagicha bo`lgan: beshta oila qo`shni jamoa - linni tashkil etgan, beshta shunday jamoalar qishloq - li, 
to`rtta li szu "klani" (urug` jamoasi)ni, beshta szu guruhni - danni, beshta dan okrug - chjouni tashkil etgan, beshta 
chjou  syanni  tashkil etgan. Syan tepasida uning boshqaruvchisi - sin turgan. Eng quyi ma’muriy mansab qishloq 
jamoasi oqsoqoli bo`lgan. 
 
Miloddan avvalgi VII-IV asrlarda Sharqiy Chjou podsholigida hukmronlikni qo`lga kiritish uchun Si, Szin, U, 
Chu, Yuz kabi mayda podsholiklar o`rtasida o`zaro urushlar davom etgan. Bu davr Xitoyda besh hokim davri yoki 
Chjango ("urushqoq podsholiklar") davri deb yuritiladi. 
 
Miloddan avvalgi V asrda qadimgi Xitoy tarixida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlarda keskin 
o`zgarishlar yuz bergan.  
 
4. Sin davlati 
(miloddan avvalgi 221-207 yillar) 
 
Sin podsholigi Sharqiy Chjouning g`arbiy qismida - Xuanxe irmoqlaridan biri Vey daryosi havzasida 
joylashgan edi. Miloddan avvalgi IV asr o`rtalarida Sin podsholigi birmuncha kuchayadi. Podsho Sao-gun (361-338 
yillar) davrida davlatning nufuzli amaldori Shan  Yan tomonidan bir qancha islohotlar  o`tkazilgan. Islohotga ko`ra, 
yerni istagancha xususiy mulk qilib olish, uni erkin sotish va sotib olishga ruxsat berilgan. Qo`shin qayta tuzilib, 
qurollantirilgan, harbiy xizmatlar uchun 18 darajali zodagonlik tashkil etilgan.  
 
Podsho In Chjen davrida (241-210 yillar) Sharqiy Xitoy yerlari birlashtirilgan. In Chjen - Sinning birinchi 
podshosi (Sin Shi Xuandi) degan nom olgan. Davlat boshlig`i imperator (xuandi) bo`lgan; u juda katta vakolatlarni 
qo`lga kiritib olgan. Qonun chiqarish, ijro etish va sud hokimiyati unga tegishli edi. Imperiya juda keng tarmoqli davlat 
apparati tomonidan idora etilgan. Davlat apparatida o`n minglab chinovniklar xizmat qilgan. Boshqaruv apparati 
tepasida o`ng va so`l chensyanlar (ministrlar) turgan. Chensyanlarning o`rinbosarlari kotiblar  bo`lgan.  Saroy 
qo`riqlash xizmatining boshlig`i, imperator avlodlarining marosimlarini o`tkazishni yurituvchi chinovnik, tashqi 
munosabatlarni yurituvchi chinovniklar davlatda oliy chinovniklar hisoblangan. Davlat apparati faoliyatida 
imperator maslahatchilari katta rol o`ynagan. 
 
Butun imperiya hududi o`ttiz oltita viloyatga bo`lingan. Viloyatlar  o`z navbatida uyezdlarga, 
uyezdlar - volostlarga, volostlar esa - tin (eng quyidagi ma’muriy birlik)larga bo`lingan.  
 
 
 
 
 
 
 
Ijtimoiy 
tuzum
 
Davlat 
tuzumi
 


 
29
5. Xan davlati 
(miloddan avvalgi 206-yildan-miloddagi 220 yiligacha) 
 
Xan podsholigining asoschisi Lyu Ban mamlakatni markazlashgan davlatga aylantirish uchun ko`pgina chora-
tadbirlar o`tkazgan. Mamlakat xududi o`n uchta yirik okrugga bo`lingan. Okruglarga mahalliy ma’muriyat ustidan 
nazoratni amalga oshiruvchi okrug taftishchi - podshoning noiblari boshchilik qilgan. Viloyatlar, okruglar, uyezdlar 
soni ko`paytirilgan. 
 
Viloyatlar va uyezdlar tepasida markazdan tayinlangan uchta chinovnik - hukmdor va uning fuqarolik va 
harbiy ishlar bo`yicha yordamchilari turgan. Mahalliy ma’muriyat faoliyati markazdagi nazoratchilar  tomonidan 
nazorat qilingan. 
 
Sinfiy ziddiyatlarni tepadan turib islohotlar yo`li bilan yumshatishga qaratilgan ancha dadil urinish miloddan 8 
yilda saroy to`ntarishi natijasida hokimiyat tepasiga kelgan Van Man tomonidan qilingan edi. Van Man milodning 9 
yilida o`zini "Yangi" sulolaning imperatori deb tantanali suratda hammaga ayon qilgan va qat’iy islohotlar siyosatini 
o`tkazish niyatini e’lon qilgan. Konfutsiylar islohotlarning g`oyaviy ilhomlantiruvchilari bo`lishgan. 
 
Lekin Van Man islohotlari oxirigacha yetkazilmagan, o`ylangan natijalarni bermagan va zodagonlar, nufuzli 
kishilar hamda harbiylarning qarshiligiga uchragan. 12 yilda yer islohoti bekor qilinib, qul savdosiga yana ruxsat 
berilgan. 18 yilda boshlangan va "qizil qoshlar" nomi bilan mashhur bo`lgan qo`zg`olon ana shunday harakatlardan biri 
edi. 23 yilda Xan sulolasi taxtni qaytadan egallab, Van Manning farmonlari va buyruqlarini bekor qilgan. Mamlakat 
iqtisodi barqarorlasha boshlagan. Davlat apparatida muhim o`zgarishlar yuz bergan. Mamlakatni idora etish bo`yicha 
funksiyalar beshta mahkama o`rtasida taqsimlab olingan, imperator huzurida oliy maslahatchi organ - imperatorlik 
kengashi tuzilgan. 
 
II asrning ikkinchi yarmida Xitoyda yana og`ir vaziyat vujudga keladi, siyosiy guruhlar o`rtasidagi kurash 
chuqur siyosiy inqirozga olib keladi. Mamlakatning xo`jalik tizimi tushkunlikka uchraydi. 184 yilgi kuchli "sariq 
ro`molliklar" qo`zg`oloni butun mamlakatni qamrab olgan. Qo`zg`olon hukumat qo`shinlari tomonidan katta talofotlar 
evaziga zo`rg`a bostirilgan. Jang natijasida 80 mingdan ortiq kishi halok bo`lgan, yerlar bo`shab qolgan, ba’zi yirik 
shaharlar vayron etilgan. 188 - 207 yillarda ham Hitoyning ko`p joylarida kuchli qo`zg`olonlar bo`lib o`tgan. Ammo 
ularning hammasi hukumat qo`shinlari tomonidan shafqatsizlarcha bostirilgan. Lekin shunga qaramay, qo`zg`olonlar 
Xan saltanatini zaiflashtirib yuborgan va oxir oqibatda uning qulashiga olib kelgan. 220 yilda Xan podsholigi Vey, Shu 
va U kabi davlatlarga bo`linib ketgan. Bu Xitoy tarixida Uch podsholik davri deb ataladi. Shu bilan qadimgi Xitoy 
tarixi o`z nihoyasiga yetgan. 
 
6.Qadimgi Xitoyda huquqning asosiy belgilari 
 
 
Qadimgi Xitoy huquqiy tizimining muhim xususiyatlaridan biri shunda ediki, bu yerda huquqning 
shakllanishida ikkita bir-biriga qarama-qarshi falsafiy diniy-huquqiy ta’limot - konfutsiylik va legizm o`rtasidagi 
g`oyaviy kurash juda katta ahamiyatga ega bo`lgan.  
 
Qadimgi Xitoy huquqi rivojlanishida uchta bosqichni ajratib ko`rsatish mumkin. Birinchi bosqich 
Shan (In) va qadimgi Chjou davriga to`g`ri kelib, bu davrda Xitoyda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda odob-
axloq me’yorlari (li) asosiy rol o`ynagan.  
Miloddan avvalgi VI asrda xitoyliklar orasida asrlar davomida shubhasiz katta obro`-e’tiborga sazovar bo`lgan 
Konfutsiy o`z ta’limotini yaratgan. Konfutsiylikning asosiy falsafiy g`oyasi - uyg`unlik g`oyasi bo`lib, unga ko`ra, 
uyg`unlik umumiy kosmogonik
40
 tartibning, dunyodagi muvozanatning va, demak, odamlar baxtining asosiy shartidir. 
Bu g`oya o`z ichiga odamlar va tabiat o`rtasidagi uyg`unlik singari, odamlarning "tabiiy tartibga", ya’ni yaxshi fazilatlar 
va axloq-odobga mos kelishi lozim bo`lgan yurish-turishlarida ifodalanadigan o`zlari orasidagi uyg`unlikni ham qamrab 
oladi. 
 
Qadimgi Xitoy huquqi rivojlanishining 2-bosqichida, ya’ni Chjango davridan (miloddan avvalgi V-III asr) 
boshlab muntazam jazo kompleksiga ega bo`lgan huquqning roli kuchaygan. Bu davrda legizmning eng yorqin vakili 
Shan Yan tomonidan xalq va davlatni boshqarish haqidagi legistlarning mukammal ta’limoti yaratilgan.  
 
Miloddan avvalgi III asrning 2-yarmida qadimgi Xitoy huquqining an’anaviy belgilari va institutlarining qaror 
topishiga yangi turtki bergan ikkita mafkuraning qarama-qarshi kurashi juda keskinlashgan. Legizm birinchi Xitoy 
imperiyasi - Sin davlatining (miloddan avvalgi 221-207 yillar) rasmiy mafkurasi bo`lib qolgan. Sin imperatori 
Shixuandi- miloddan avvalgi 213 yilda konfutsiylarning kitoblarini yoqib yuborishga buyruq bergan, konfutsiylik 
oqimiga mansub 400 ta olimni qatl ettirgan. 
 
Xan sulolasining o`rnatilishi bilan qadimgi Xitoy huquqining tashkil topishidagi oxirgi 3-bosqich (miloddan 
avvalgi III asr - milodning III asri) - konfutsiylarning rasman g`alabasi bosqichi boshlangan.  
 
Konfutsiylik axloqida hukmron bo`lgan me’yorlar bundan buyon kuch bilan, qattiq qonun ("fa") jazosi bilan 
o`rnatilishi lozim bo`lgan. Bu ortodoksal konfutsiylikning quyidagicha qisqa va aniq qoidasida ham o`z aksini topgan: 
"qayerda "li" kamlik qilsa, o`sha yerda "fa"ni qo`llash lozim, yoki nima "fa" bo`yicha jazolansa, u "li" bo`yicha ruxsat 
etilmaydi, nimaga "li" bo`yicha ruxsat etilgan bo`lsa, uni "fa" bo`yicha jazolash mumkin emas". 
 
Konfutsiylik va legizmning qo`shilishi shunga olib keldiki, "li" me’yorlari endi majburiylik va rasmiylik 
xarakterini olgan, huquqqa esa o`sha vaqtda muqaddaslashtirilgan ko`pgina konfutsiylik asarlari - "Chjou li", "I li ", 
                                                      
40
 Kosmogoniya - astronomiyaning osmon jismlari, ularning paydo bo`lishi va o`zgarishlari haqidagi bo`limi. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə