“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   92

 
26
Qonunlarga binoan jazolarning xilma-xil turlari qo`llanilgan. Ularning ichida 
o`lim jazosi - eng og`ir jazo hisoblangan. Tan  jazolarining barmoqlarni, qo`llarni, 
oyoqlarni, jinsiy va tanadagi boshqa a’zolarni kesish turlari qo`llanilgan. 
Yuqoridagilardan tashqari, qonunlarda jarima, haydab yuborish, qamoq kabi jazolar 
belgilangan. Manu qonunlarida garchi sharmanda qiluvchi jazolar: tamg`a bosish, sochini olib tashlash va boshqalar 
hamda mamlakatdan, kastadan, oiladan haydab yuborish kabilar eslab o`tilmagan bo`lsada bunday jazolar amalda 
boshqa huquq manbalariga asosan qo`llanilgan.   Artxashastra va dxarmashastralarda sud ishlarini yuritish haqida 
batafsil bayon qilingan. Sud jarayoni jinoyat ishlari bo`yicha ham, fuqarolik ishlari bo`yicha ham ayblov xarakteriga 
ega bo`lgan.  
Sud ishlari davlat organlarining tashabbusi bilan emas, manfaatdor shaxslarning da’vo arizasi bilan 
qo`zg`atilgan.  
 
Guvohlar bo`lmasa protsessual huquqda ordaliya (sinash) usulidan foydalanilgan. Hind protsessual huquqi 
besh xil sinash usulini biladi: tarozi bilan, olov bilan, suv bilan, zahar bilan hamda qasam bilan sinash. Tarozi bilan 
sinashda ayblanuvchi yoki gumon qilinuvchi ikki marta tortib ko`rilgan, ikkinchisida yengil chiqsa, u aybdor 
hisoblangan. Olov bilan sinash turli shakllarda amalga oshirilgan. Ulardan eng ko`p tarqalgani yonib turgan gulxandan 
o`tkazish bo`lgan. Bunda agar sudlanuvchi tanasining hech bir joyi kuymasa, u aybsiz deb topilgan. Suv bilan sinashda 
u suvga tashlangan, agar suv uni o`z qa’riga tortib ketsa, U aybsiz hisoblang`an (Manu qonunlari, VIII bob, 115-
modda). Manu qonunlariga ko`ra, "braxmanni - to`g`riso`zligi bilan, kshatriyni - jangovar aravasi va quroli bilan
vayshiyni - sigiri, g`allasi va oltini bilan, shudrani - barcha og`ir jinoyatlar bilan qasam ichishga majbur etish lozim" 
bo`lgan (Manu qonunlari, VIII bob, 113-modda). 
Shuni ta’kidlash kerakki, ordaliya faqat alohida hollarda, birinchidan, tomonlarning roziligi bilan, ikkinchidan, 
ish bo`yicha muhim dalillar bo`lmaganda va nihoyat, uchinchidan, oshkora ravishda qo`llanilgan. 
 
Sudda ashyoviy dalillarga ham e’tibor berilgan. Ado-latli podsho - deyiladi Manu qonunlarida, o`g`irlangan 
narsani topmay turib o`g`rini qatl etmaydi (Manu qonunlari, IX bob, 270-modda.). 
Sud jarayoni
 


 
27
QADIMGI XITOY DAVLATI VA HUQUQI 
REJA: 
 
1. Eng qadimgi Xitoy to`g`risida umumiy ma’lumot 
2. Qadimgi Xitoydagi ilk Shan (In) davlati (miloddan avvalgi XVIII -XIIasrlar) 
3. Chjou davlati (miloddan avvalgi X1-III asrlar) 
4. Sin davlati (miloddan avvalgi 221-207 yillar) 
5. Xan davlati (miloddan avvalgi 206-yildan-miloddagi 220-yiligacha) 
6. Qadimgi Xitoyda huquqning asosiy belgilari 
 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar. 
1. Karimov. I.A Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., "Sharq" NMK, 1998. 
2. П.Н.Гaлaнзa. История государство и право зарубежных стран. M.1998. 
3. Z.Muqimov.Chet mamlakatlar davlati va huquqi  tarihi. Samarqand.1992. 
4. K.Н.Батыр и E.В.Поликарпова. Всеобщая хрестоматия истории государство и право. M. 1996. 
5. Черниловский З.M. Всеобщая история государство и право . M.1996. 
6. O.A.Жидкова.  Н.A.Карашениникова.  История государство и право зарубежных стран. Нoрмa.M.2004. 1-
частъ. 
7. O.A.Жидкова.  Н.A.Карашениникова.  История государство и право зарубежных стран. Нoрмa.M.2004. 2-
частъ. 
8. H.Muhamedov Horijiy mamlakatlar davlat va huquqi tarihi.T., Adolat.1999.1- qism 
9, H.Muhamedov Horijiy mamlakatlar davlat va huquqi tarihi.T.,TDYuI..2005.1- qism 
 
1.  Eng qadimgi Xitoy to`g`risida umumiy ma’lumot 
 
 
Xitoy Markaziy va Sharqiy Osiyodagi eng qadimgi mamlakatlardan biridir. Arxeologik ma’lumotlarning xabar 
berishicha, Xitoyda odamlar qadimgi tosh davridayoq yashaganlar. Eng qadimgi Xitoyda matriarxat hukmron bo`lgan.  
 
Eng qadimgi Xitoy qabilalaridan miloddan avvalgi II ming yillik boshlarida Xuanxe qirg`oqlariga shimoldan 
ko`chib kelgan Shan qabilasi ayniqsa kuchayib ketgan. Bu qabila boshqa qabilalarni (shu jumladan, Sya qabilasini ham) 
o`ziga bo`ysundirib, Xuanxe daryosi havzasining ko`p qismini egallab olgan. 
 
Miloddan avvalgi V-III ming yilliklarga kelib Xuanxe daryosining o`rta oqimida dastlabki dehqonchilik 
vujudga kelib, aholi daryo bo`yidagi kichik-kichik qishloqlarda yashagan. 
Shunday 
qilib, 
dehqonchilik, 
chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi aholi orasida mulkiy tengsizlik va tabaqalanishga olib 
kelgan. Bu hol Sharqiy Xitoyda dastlabki davlatlarning vujudga kelishi uchun imkoniyat yaratgan. 
 
Qadimgi Xitoy davlati tarixini quyidagicha to`rt: 1) Qadimgi Xitoy davlatining tashkil topishi - Shan (In) 
davlati (miloddan avvalgi XVIII-XII asrlar); 2) Chjou davlati (miloddan avvalgi XI-III asrlar); 3) Sin podsholigi 
(miloddan avvalgi 221-207 yillar); 4) Xan podsholigi (miloddan avvalgi 206 yildan milodning 220 yiligacha) davrlariga 
bo`lib o`rganiladi. So`nggi davr quldorlik davlatining feodal davlatga o`sib o`tishi bilan xarakterlanadi. 
 
 
2. Qadimgi Xitoydagi ilk Shan (In) davlati 
(miloddan avvalgi XVIII-XII asrlar) 
 
 Qadimgi Xitoyda shahar tipidagi sivilizatsiyaning dastlabki o`choqlari miloddan 
avvalgi II ming yillikda Xuanxe daryosi havzasida tashkil topa boshlagan. Xitoy 
an’analarida aytilishicha, qadimgi Xitoyda davlat miloddan avvalgi XVIII asrda sya 
qabilasining shan qabilasi tomonidan bosib olinishi natijasida tashkil topgan. O`sha 
vaqtda shan qabilasi boshlig`i Chen Tan degan kishi davlatga asos solib, unga 
hukmdor qabilaning nomi bilan Shan davlati deb atagan. Unda quldorlik munosabatlari bilan bir qatorda jamoa ishlab 
chiqarishiga asoslangan ijtimoiy munosabatlar ham rivojlangan. Bu yerda hukmron sinf in dunyoviy 
aristokratiyasidan, kohinlardan va bo`ysundirilgan qabilalarning aristokratlaridan tashkil topgan. 
 
Qullarga xususiy shaxslar ham, davlat ham egalik qilishi mumkin bo`lgan 
Aholining asosiy qismini erkin 
jamaochilar tashkil etgan.  
 
Podsho birinchi va eng yirik quldor, oliy harbiy boshliq, eng oliy sudya va eng katta ruhoniy hisoblangan. 
Mansabdor shaxslar uchta asosiy toifaga: oliy fuqarolik chinovniklari; harbiy chinovniklar; turli xil 
maslahatchilar, avliyolarga bo`lingan. Shuningdek davlatning muhim ajralmas qismi hisoblangan armiya va 
turmalar ham mavjud bo`lgan. 
 
Miloddan avvalgi XII asrda Shan (In) davlati ichki ziddiyatlar kuchayishi natijasida tushkunlikka uchragan. 
Miloddan avvalgi 1076 yilda Chjou qabilasi in armiyasini tor-mor etgan, Shan davlati qulagan, uning o`rniga Chjou 
podsholigi tashkil topgan. 
 
 
 
Davlatning 
tashkil topishi 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə