“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   92

 
33
davlatlarda demokratik institutlarning rivojlanish darajasi huquqda o`z aksini topgan Polis tizimining o`rnatilishi huquq 
ijodkorlik faoliyatining va uning asta-sekin diniy-mifologik niqoblardan xalos bo`lishi natijasi bo`lgan. Yozilmagan 
odatlar o`rniga yozma qonunchilik kelgan. Huquq, shunday qilib, antik dunyoda polis hayotini tartibga soladigan 
nufuzli va majburiy me’yorlar majmuiga aylangan. 
 
Urf-odatlarni emas, balki qonunlarni huquq ijodkorligining asosiy shakli sifatida e’tirof etilishi (Yunonistonda) 
yoki ularni huquqning muhim manbalaridan biri sifatida o`rnatilishi (Rimda) odat huquqini kodifikatsiya qilish yo`li 
bilan amalga oshirilgan. Yunon an’analariga asosan huquqning bunday qadimiy kodifikatsiyalari Zalevka tomonidan 
Loqoada (Italiya), shuningdek, Xaronda tomonidan Katon (Sitsiliya)da o`tkazilgan edi. Shunga o`xshash huquq 
to`plamlari boshqa yunon shahar-davlatlarida ham, jumladan, Afinada miloddan avvalgi VII asrning oxirida (Drakont 
qonunlari) tuzilgan. 
 
Afinada xalq majlislari tomonidan yangi demokratik qonunlarning qabul qilinishi tartibi miloddan avvalgi VI 
asrda Salon va Klisfen islohotlari bilan joriy qilingan. Rimda esa an’anaviy huquqiy odatlar qayta ishlanib, XII jadval 
qonunlarida yozib qo`yilgan. Bu qonunlarda, shuningdek, xalq majlislarining qarorlari qonun hisoblanadi, degan qoida 
nazarda tutilgan. 
 
Salon aytganidek, jamiyat hayoti umum roziligi asosida qabul qilingan huquq va qonunlar bilan tartibga 
solinishi lozim. Yunon shahar-davlatlarida fuqarolar bolalik chog`idan boshlab qonunlarga va polisda o`rnatilgan 
tartiblarga bo`ysunish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalanganlar. Suqrot ta’qidlaganidek, polis qonunlari aql-
idrokka borib taqaladi. Suqrot qonunlar hamma afinaliklar tomonidan so`zsiz bajarilishi lozimligini targ`ib qilgan. 
 
Afinada, garchi qonun chiqarishning demokratik tizimi o`rnatilgan, huquq fuqarolar ko`z o`ngida akl-idrok va 
haqiqat bilan birga qo`shilgan, o`ziga xos huquqiy davlat tashkil etilgan bo`lsada, bu qullar va chet elliklar uchun emas 
edi. Huquqqa sig`inish va qonunlarni hurmat qilish yanada ko`proq darajada rim jamiyatida vujudga kelgan. Respublika 
qonunlariga so`zsiz amal qilish rimliklar uchun faqat yuridik majburiyat emas, balki sharafli ish hisoblangan. Rim 
respublikasining o`z huquqi va qonunlari bilan bog`liqligi mashhur rim yuristi Sitseron tomonidan Ham ta’qidlangan 
edi. Sitseronning ko`rsatishicha, davlat uning barcha a’zolarining umumiy manfaatlarini ifoda etuvchisigina emas, balki 
huquq masalalarida o`zaro kelishuv bilan bog`langan ko`p kishilarning birlashmasi hamdir. Shunday qilib, huquqiy 
davlat g`oyasi Rim respublikasidan ham boshlangan. 
Shu narsa tasodif emaski, Rim jamiyatida qadimdan qonunlar muqaddas sanalgan, qadimgi dunyo uchun ancha 
takomillashgan huquqiy tizim ishlab chiqilgan. Bu huquqiy tizim yaxlit va keng qamrovli xarakter kasb etgan. Rim 
huquqi tarixda birinchi marta huquqiy bilimlarni aniq tizimga solingan, juda puxta ishlab chiqilgan namunasi sifatida 
maydonga chiqqan. Klassik rim huquqi - antik va butun qadimgi dunyo huquqi tarixidagi eng yuksak cho`qqidir. Antik 
dunyoning eng buyuk yutuqlaridan biri - rim xususiy huquqidir. 
 
Rimda mansabdor shaxslarning va avvalo pretorlarning, shuningdek taniqli "klassik yuristlarning" kuchi bilan 
xususiy mulkchilikka asoslangan oddiy tovar-pul munosabatlarini yuridik tartibga solishning eng maqbul tartibni 
o`rnatuvchi huquqiy tizim yaratilgan. Uzoq davom etgan rivojlanish davomida erishilgan huquqning takomillashgan 
shakllari va mazmuni, mantiqiy asoslanganligi, qat’iy va aniq bayon qilinganligi uni keyingi davrlarda retsepsiya 
qilinishiga (andoza qilib olinishiga) sabab bo`lgan. 
 
Rim huquqini ba’zi istisnolar bilangina quldorlik huquqi deyish mumkin, chunki u butun antik dunyoda klassik 
qullik juda rivojlangan bir sharoitda paydo bo`lgan. Shu bois mazkur tarixiy sharoitlar huquqda o`z ifodasini topmasdan 
iloji yo`q edi. Lekin, shubhasiz, rim huquqining asosiy mazmunini quldorlik emas, balki uning nozik yuridik texnikasi 
oldindan belgilab bergan. 
 
Rim davlati tarixining ilk bosqichlarida ham jamiyatda patriarxal turmushning ko`pgina elementlari saqlanib 
qolgan bir sharoitda, tovar-pul munosabatlari uncha rivojlanmagan bir paytda, rim huquqi an’anaviyligi, ras-iyatchiligi 
va iqtisod oborotini to`xtatib turgan murakkab odatlari bilan ajralib turgan. Rimning shahar-respublikasidan asta-sekin 
yirik sivilizatsiyaga aylanishi faqat qulchilikning o`sishi natijasi emas, balki tovar ishlab chiqarishning, oqibatda, butun 
qadimgi dunyo tarixida eng murakkab bo`lgan bozor xo`jaligining tashkil topishi natijasi bo`lgan. Ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotning ana shunday murakkab va muhim tomonlarini endi qadimgi eski huquqiy tizim bilan tartibga solib bo`lmas 
edi. 
Xususiy mulkchilikning kuchi va unga asoslangan tovar oboroti eskirgan va qiyinchilik tug`dirayotgan huquqiy 
shakllarni sindirib tashladi. Ularning o`rniga yangi va texnik-yuridik jihatdan takomillashgan, nozik bozor 
munosabatlarini tartibga solishga, rivojlangan fuqarolar jamiyatining boshqa ehtiyojlarini qondirishga qodir huquq 
yaratilgan. Aynan shunday ko`rinishda rim huquqi turli tarixiy sharoitlarda qo`llanadigan universal huquqiy tizim bo`lib 
qolgan. Rim huquqi bilan birga sivilizatsiya tarixiga ulkan madaniy qimmatga ega bo`lgan rim yurisprudensiyasi ham 
kirgan. Rim yurisprudensiyasi asosida yuridik kasb tug`ilgan, unga mos ravishda esa maxsus huquqiy ta’limga asos 
solingan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
34
QADIMGI YUNONISTON TARIXIGA UMUMIY TAVSIF.  
AFINA VA SPARTANING IJTIMOIY SIYOSIY TUZUMI. 
 
 REJA: 
1. Qadimgi Yunoniston tarixiga umumiy tavsif 
2. Yunonistondagi eng qadimgi davlatlar 
3. Gomer va arxaik davrlarda Yunoniston 
4. Qadimgi Afina davlatining tashkil topishi 
5. Afina davlatining rivojlangan davri (miloddan avvalgi V-IV asrlar) 
6. Afina davlatining (demokratiyasining) inqirozi va yemirilishi 
7. Sparta quldorlik davlati 
 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar. 
1. Karimov. I.A Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., "Sharq" NMK, 1998. 
2. П.Н.Гaлaнзa. История государство и право зарубежных стран. M.1998. 
3. Z.Muqimov.Chet mamlakatlar davlati va huquqi  tarihi. Samarqand.1992. 
4. K.Н.Батыр и E.В.Поликарпова. Всеобщая хрестоматия истории государство и право. M. 1996. 
5. Черниловский З.M. Всеобщая история государство и право . M.1996. 
6. O.A.Жидкова.  Н.A.Карашениникова.  История государство и право зарубежных стран. Нoрмa.M.2004. 1-
частъ. 
7. O.A.Жидкова.  Н.A.Карашениникова.  История государство и право зарубежных стран. Нoрмa.M.2004. 2-
частъ. 
8. H.Muhamedov Horijiy mamlakatlar davlat va huquqi tarihi.T., Adolat.1999.1- qism 
9, H.Muhamedov Horijiy mamlakatlar davlat va huquqi tarihi.T.,TDYuI..2005.1- qism 
 
1.  Qadimgi Yunoniston tarixiga umumiy tavsif 
 
 
Qadimgi Yunoniston tarixi qadimgi Sharq mamlakatlari tarixi bilan bir vaqtda va u bilan o`zaro aloqador holda 
rivojlandi.  
 
Qadimgi Yunoniston tarixi quyidagicha besh davrga bo`lib o`rganiladi: 
 
1) egey yoki Krit-miken davri (miloddan avvalgi III-II minginchi yillar), bu davr - urug`doshlik tuzumining 
yemirilishi, ayrim rayonlarda ilk sinfiy quldorlik davlatlarining paydo bo`lishi va rivojlanishi davri bo`lib, u 
doriylarning ko`chib kelishi natijasida tamom bo`ladi; 
 
2) miloddan avvalgi X1-1X asrlardagi Yunoniston (Gomer davri) - bu davr doriylarning istilolaridan keyin 
ibtidoiy jamoa munosabatlarining vaqtinchalik qaytadan bunyodga kelishi hamda undan keyin antik mulkchilik shakli 
asosida sinfiy munosabatlarning umumyunon rivojlanishi davridir; 
 
3) arxaik davr (miloddan avvalgi VIII-VII asrlar) - bu davrda polislar shaklidagi sinfiy jamiyat va davlatning 
tashkil topish jarayoni nihoyasiga yetgan; 
 
4) klassik davr (miloddan avvalgi V-IV asrlar) - antik polislarda quldorlik munosabatlarining eng yuqori 
darajada rivoj topishi; 
 
5) ellinizm davri (miloddan avvalgi IV asrning II yarmi - I asrning o`rtalari), bu davr - Eron davlatining yunon-
makedon istilosiga uchraganidan keyin Yaqin Sharqning keng yerlarida quldorlik jamiyatining yanada rivojlanishidan 
iboratdir. Bu davr ellinizm dunyosining g`arbiy qismi Rim tomonidan, Sharqiy qismi esa (Frotga qadar) Parfiya 
tomonidan zabt etilishi bilan tamomlanadi. 
 
2.  Yunonistondagi qadimgi davlatlar 
 
 
Qadimgi Yunoniston - Bolqon yarim oroli, Egey va O`rta yer dengizlaridagi bir qancha orollarni o`z ichiga 
olgan mamlakat. Miloddan avvalgi XII asrda yunon doriy qabilalarning shimoldan Bolqon yarim orolining janubiga 
ko`chishi boshlangan. 
 Krit 
- O`rta yer dengizidagi katta orollardan biri. Miloddan avvalgi III-II ming yilliklarda Kritda xo`jalik 
rivojlanib, mulkiy tengsizlik, tabaqalanish sodir bo`lgan. Ibtidoiy jamoa tuzumi o`rnida dastlabki qabila ittifoqlari 
paydo bo`lgan. Krit miloddan avvalgi XVIII-XV asrlarda O`rta yer dengizi havzasidagi eng kuchli davlat bo`lib oladi. 
Peloponnesda Miken, Tirinf, Pilos, O`rta Yunonistonda Orxomen, Fiva va Afina, Fessaliyada Iolk va boshqalar 
ilk sinfiy jamiyatning kattaroq markazlari bo`lgan.  
 
O`sha mahalda paydo bo`lgan Miken tez orada o`z davrining kattagina ilk quldorlik davlati bo`lib qolgan edi.  
Miken podsholigi Miloddan avvalgi XV-XVIII asrlarda gullab-yashnagan.  
 
Peloponnesdagi yana bir ilk qadimiy davlat Janubiy Yunonistonning katta qismini egallagan Pilos podsholigi 
bo`lgan. Pilos podsholigi quldorlik davlati bo`lib, yer podsho, ayrim kishilar va "xalqqa" qarashli edi. Pilos davlatining 
hukmdori - vanaka - 1800 don o`lchovi miqdorida, uning yordamchisi, qo`shinlar qo`mondoni - ravaketa - 600 don 
o`lchovi miqdorida, boshqa mansabdor shaxslar o`z mavqelariga qarab, kamroq yer uchastkalari olgan. Miloddan 
avvalgi III ming yillikning oxiri va II ming yillikning birinchi yarmida Pilos davlati ravnaq topadi.  
 
Miloddan avvalgi XIII-XII asrlarda doriy qabilalari Bolqon yarim orolining shimolidagi yerlardan janub tomon 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə