“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   92

 
44
 
Rimning barcha erkin aholisi - rim urug`i a’zolari ham, plebeylar ham mulkiy razradlarga bo`lingan. Islohotga 
ko`ra, harbiy xizmat qilishga majbur bo`lgan hamma erkaklar mol-mulkiga qarab besh sinfga bo`lingan. Mulki 100 
ming mis ass. turadigan eng badavlat kishilar 1-sinfga kiritilgan. Mulki 75 ming ass bo`lgan fuqarolar 2-sinfga mansub 
bo`lib, 3-,4-,5-sinflarga kiradigan (50 ming, 25 ming va 12,5 ming ass) fuqarolar esa yengil qurollar bilan qurollanib
qo`shinda o`zlari xizmat qiladigan bo`lgan. 6-sinfga eng kambag`al fuqarolar kirib, ular proles lar, ya’ni "bola-
chaqasidan boshqa hech nimasi yo`q" kishilar ("proletarlar") deb atalgan. 
 
Serviy Tulliyning ana shu islohoti natijasida senturiyalar majlisi ("senturiya"- yuzlik) deb ataladigan xalq 
majlisi vujudga kelgan. Bunga ko`ra, xalq majlisida barcha fuqarolar yuqoridagi sinflarga taalluqligiga qarab har bir 
senturiyada o`ntadan bo`lib, huddi qo`shinlar singari saf tortib turgan. Lekin 1 -sinf 80 senturiya, 2-sinf 22, 3-sinf - 20, 
4 -sinf -22, 5-sinf -30, 6-sinf esa 1 senturiya hamda fuqarolar orasidan olinadigan otliq askarlar - 18 senturiya berar 
edilar.  
 
Islohotlarning 2-qismi - erkin aholini hududiy belgilariga qarab bo`lish ibtidoiy jamoa tuzumi asosida 
yotuvchi qon-qardoshlik aloqalarini zaiflashtirish jarayonini kuchaytirgan. Rimda to`rtta shahar va o`n yettita qishloq 
hududiy okruglar tashkil etilgan. Ularda qabilalarning eskicha nomi - tribalar saqlanib qolgan edi. Keyinchalik hududiy 
tribalar bo`yicha o`zlarining yig`inlarini - triba komitsiyalarini chaqira boshlaganlar.    
Miloddan avvalgi V-IV asrlarda plebeylar Rim jamoasiga qarashli jamoat 
dalasidan yerlar berilishini talab qilib chiqqanlar.  
 
Shunday qilib, miloddan avvalgi V-IV asrlarda plebeylar ham iqtisodiy, 
ham siyosiy jihatdan patritsiylar bilan teng huquqqa ega bo`lish uchun uzoqqa 
cho`zilgan kurash olib bordilar. Patritsiylar qanday fuqarolik huquqlariga ega 
bo`lsalar, plebeylar ham ana shunday huquqlar berilishini talab qilardi. Bu 
huquqlar: magistratura (mansablar)ga ega bo`lish, senatda o`rin egallashdan iborat bo`lgan. Miloddan avvalgi 493 
yildan boshlab ular har yili o`z o`rtalaridan ikkita xalq tribuni saylaydigan, senat va magistratning plebs manfaatiga 
zarar keltiradigan qarorlarini tribunlar to`xtatib qo`yish, ya’ni veto qo`yish huquqiga ega bo`lganlar. Miloddan avvalgi 
456 yilda xalq tribuni taklifi bilan yerlarni kambag`allarga bo`lib berish to`g`risidagi qonun chiqqan edi. Ayniqsa, 
miloddan avvalgi V asr o`rtalarida plebeylar katta g`alabaga erishganlar. Ular o`z huquqlarining qonunlarda yozib 
qo`yilishiga muvaffaq bo`lishgan. Xususan, patritsiylar bilan plebeylar uchun umumiy bo`lgan, miloddan avvalgi 451-
450 yillarda qabul qilingan XII jadval qonunlari plebeylarning juda katta yutug`i bo`lgan. Miloddan avvalgi 445 yilda 
xalq tribuni Kanuley tomonidan taklif etilgan qonun bilan bekor qilingan. 
 
XII jadval qonunlari qabul qilingandan keyingi vaqtlarda ham plebeylar muhim yangi siyosiy huquqlarni 
qo`lga kiritganlar. Miloddan avvalgi 449 yili Valeriy bilan Goratsiy konsulligi davrida qabul qilingan qonunlarga 
muvofiq o`lim jazosiga hukm qilingan har bir kishi xalq majlisiga shikoyat qilishga haqli edi. Xalq tribunlarining 
shaxsiy daxlsizligi e’tirof etilgan. 
 
Miloddan avvalgi 367 yilda xalq tribunlari Sekstiy va Litsiniy tomonidan taqdim etilgan va xalq majlisida 
qabul qilingan qonunlarga binoan, ikki konsul (oliy mansabdor shaxs)dan biri albatta plebeylardan saylanishi lozimligi 
tartibi o`rnatilgan. Miloddan avvalgi 364-337 yillarda qabul qilingan qator qonunlarda esa plebeylarga boshqa davlat 
mansablarini egallash huquqlari ham berilgan edi. Miloddan avvalgi 326 yildagi Peteliy qonuniga ko`ra "qarz uchun 
qarzdorning tan-joni emas, mol-mulki javobgar bo`lishi kerak" edi. Shu tariqa XII jadval qonunlarida saqlanib qolgan 
va asosan plebeylar azob chekib kelayotgan qarz uchun qul qilib sotish tartibi ushbu qonunga binoan bekor qilingan. 
 
Miloddan avvalgi 312 yilda senzor
45
 Appiy Klavdiy yersiz fuqarolarni shahar va qishloq tribalari qatoriga 
kirishiga ijozat bergan. Ammo plebeylarning siyosiy-iqtisodiy huquqlar uchun kurashi faqat miloddan avvalgi 287 
yildagina tugagan.  
 
2.Respublika davrida Rimning ijtimoiy-siyosiy tuzumi 
 
 
 Miloddan avvalgi 509 yilda oxirgi (yettinchi) reks Tarkviniy Superb haydab 
yuborilgandan so`ng Rimda respublika tuzumi o`rnatilgan.  
Rimdagi asosiy ijtimoiy bo`linish bu erkin kishilar va qullar bo`lib qolgan edi. 
 
Rimda erkin kishilar ikkita guruhga: 1) quldorlarning mulkdor yuqori tabaqasi 
(yer egalari, savdogarlar) va 2) jamiyatda ko`pchilikni tashkil etgan mayda ishlab chiqaruvchilar (dehqonlar va 
hunarmandlar) hamda shahar kambag`allari (lyumpen-proletarlar)ga ajratilgan. Faqat ozod kishilar to`la huquqli 
bo`lishi mumkin edi. 
Respublika davrida qullar asosiy eziluvchi va ekspluatatsiya qilinuvchi sinfga aylantirilgan.  
Pekuliy shunday shakllardan biri bo`lib qolgan. Pekuliy deb xo`jayinning o`z qullariga mustaqil xo`jalik yuritish uchun 
berib qo`ygan mulkining bir qismi (yer uchastkasi, hunarmandchilik ustaxonasi va boshqalar)ga aytilgan. Respublika 
davrida paydo bo`lgan ekspluatatsiyaning yana bir shakli kolonat bo`lgan. Kolonlar qullar bo`lmay, balki yerni ijaraga 
(arendaga) oluvchilar bo`lgan va yer egalariga iqtisodiy qaramlikka tushib, oqibatda yerga biriktirib qo`yilgan.  
 
Rimning ozod aholisi fuqarolik holatiga qarab fuqarolarga  va  chet elliklarga (peregrinlarga) bo`lingan. 
Faqat erkin tug`ilgan rim fuqarolargina to`la huquqiy layoqatga ega bo`lishi mumkin edi. Ular bilan birga erkinlikka 
qo`yib yuborilganlar ham fuqarolarga kiritilgan, lekin ular sobiq xo`jayinlarning kliyentlari bo`lib qolib, huquqlari 
                                                      
45
 Senzorlar fuqarolarni senturiya va tribalarga bo`lgan, senatorlarning ro`yxatini tuzgan, keyinroq axloq tozaligini 
nazorat qilgan mansabdor shaxslardir. 
Plebeylar va 
patritsiylar 
o`rtasidagi 
Ijtimoiy 
tuzum
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə