“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92

 
45
cheklangandi. 
 
Qadimgi latinlarning mulkiy huquqlari, sudda so`zlash va rim fuqarolari bilan nikohga kirish huquqlari tan 
olingan. Lekin ular xalq yig`inlarida ishtirok etish huquqidan mahrum etilgan edilar. Italiyada Rim tomondan asos 
solingan koloniyalarning, shuningdek Rim bilan ittifoq haqida shartnomalar tuzgan ba’zi shahar va viloyatlarning 
aholisi bo`lmish latinlar rim fuqarolari bilan nikohga kirish huquqiga ega bo`lmaganlar.  
 
Rim fuqarolari huquqiga ega bo`lmagan erkin kishilarning ikkinchi toifasini peregrinlar  tashkil etgan. 
Ularning patronlarga qaramlik holati kliyentlarning holatidan kam farq qilgan. 
 
Oilada faqat rim oilalarining boshliqlari - uy hokimlari to`la siyosiy va fuqarolik huquqiy layoqatidan 
foydalanganlar. Boshqa oila a’zolari uy hokimlarining hokimiyati ostidagilar hisoblanganlar. Uy hokimi "xususiy 
huquqli"  shaxs bo`lgan, ularning oila a’zolari esa "begona huquqli" - uy hokimi huquqi ostidagi shaxslar deb 
atalganlar.  
Oliy organlar xapq majlislari, senat va magistraturalar hisoblangan. 
 Rim 
respublikasida 
xalq majlislarining quyidagicha uch turi: senturiyalar, tribalar va kuriyalar 
komitsiyalari (kengashlari) mavjud edi. 
 
Xalq majlisining asosiy turi hisoblangan senturiyalar komitsiyasi katta o`rin tutgan. Miloddan avvalgi III asr 
o`rtalaridan boshlab davlat chegaralari kengayishi va erkin kishilar sonining oshishi bilan 
senturiya majlislari tizimida ham o`zgarishlar bo`lgan. Har bir beshta darajadagi mulkdor 
fuqarolar teng senturiyalar, aniqrog`i yetmishtadan senturiyalar qo`yadigan bo`lganlar va 
demak, yetmishtadan ovozga ega bo`lganlar. Senturiyalarning umumiy soni 373 gacha 
yetkazilgan. 
 
Senturiyalar komitsiyasi (majlisi)ning vakolatiga qonunlar qabul qilish, respublikaning oliy mansabdor 
shaxslari (konsullar, pretorlar, senzorlar)ni saylash, urush e’lon qilish, sulh tuzish va o`lim jazosiga hukm 
qilinganlarning shikoyatlarini ko`rib chiqish masalalarini hal etish kabilar kirgan. 
Demak, Rim respublikasining davlat mexanizmida senat  muhim o`rin tutgan. U Rim respublikasining oliy 
davlat organi hisoblangan. Senatorlar (dastlab ular patritsiy urug`lari soniga qarab uch yuzga bo`lingan, miloddan 
avvalgi I asrda senatorlar soni olti yuzga, keyinchalik esa to`qqiz yuztaga ko`paytirilgan) saylanmagan. Senatni faqat 
oliy magistrlargina chaqirishga haqli bo`lgan. O`sha magistrlar senat majlislarida raislik qilganlar. 
 
Rasman senat maslahatchi organ bo`lib, uning qarorlari senatus-konsultlar  deb atalgan. U davlat mulkini 
idora qilgan, soliqlar joriy etgan va zarur moliyaviy xarajatlarni belgilagan. Nihoyat, senat favqulodda (xavfli urush, 
qullarning kuchli qo`zg`oloni va hokazo) hollarda diktatura o`rnatish haqida qaror qabul qilishi mumkin edi. 
 Magistraturalar 
deb Rimda davlat mansablariga aytilgan 
 
Hamma magistratlar (diktatorlardan tashqari) senturiyalar yoki tribalar majlislari tomonidan bir yilga 
saylangan.  
 Magistratlar 
hokimiyati 
oliy (imrerium) va umumiy (potyestas) ga bo`lingan. Imreriumga  oliy harbiy 
hokimiyat va sulh tuzish huquqi, senat va xalq majlisi chaqirish va ularda raislik qilish huquqi, buyruqlar chiqarish va 
ularni bajarishga majbur etish huquqi, sud qilish va jazo tayinlash huquqi kirgan. Diktator "eng oliy imperium" 
(summum imperium)ga, ya’ni ustidan shikoyat qilinishi mumkin bo`lmagan o`lim jazosiga hukm qilish huquqiga ega 
edi.  Konsulga katta imperium (maius imperium) - o`lim jazosi haqida hukm chiqarish huquqi tegishli bo`lgan. 
Pretorda cheklangan imperium (imrerium minus) bo`lgan - o`lim jazosiga hukm qilish huquqi bo`lmagan. 
 
Rotestas (umumiy) hokimiyat barcha magistrlarga tegishli bo`lgan va u farmoyishlar berish va ular 
bajarilmaganligi uchun jarimalar solish huquqini o`z ichiga olgan. 
 
Magistratlik odatiy (oddiy va doimiy) va odatdan tashqari (favqulodda) magistratlikka bo`lingan. 
Doimiy (odatdagi) magastraturalarga konsullar, pretorlar, senzorlar, kvestorlar, edillar va boshqa mansablar kirgan. 
 
Pretorlar miloddan avvalgi IV asrning o`rtasida konsullarning yordamchilari sifatida paydo bo`lganlar.  
 
"Yigirma olti erkaklar" kollegiyalari yigirma oltita kishidan tashkil topib, beshta kollegiyadan iborat 
bo`lgan. Ular turmalarni, monetalar ishlab chiqarishni, yo`llarni tozalashni va ba’zi sud ishlarini yuritganlar. 
 
Miloddan avvalgi II asrda Gay Grakx tomonidan ularning rolini kuchaytirishga urinish amalga oshmay barbod 
bo`lgan. 
 
Odatdan tashqari (favqulodda) magistratlar qatoriga detsemvirlar komissiyasini ham kiritish mumkin. 
  
 
Dastlab Rimning harbiy tashkiloti juda sodda bo`lgan. Mulk senziga ega 18 yoshdan 
60 yoshgacha barcha fuqarolar harbiy harakatlarda ishtirok etishga majbur bo`lganlar.  
O`ta harbiy faollik harbiy tuzumning o`zgarishiga ta’sir etgan. Miloddan avvalgi 405 yildan 
armiyada ko`ngillilar paydo bo`lgan, ularga maosh to`lay boshlaganlar. Miloddan avvalgi III asrda sento`riya 
majlislarining qayta tuzulishi munosabati bilan senturiyalar soni o`sgan. Bu miloddan avvalgi 107 yilda Mariy 
tomonidan amalga oshirilgan. 
Miloddan avvalgi 88 yilda Sulla davrida armiya rim tarixida bir marta mavjud hokimiyatga qarshi bosh ko`tarib chiqqan 
va uni ag`darib tashlagan.  
 
 
 
 
 
Davlat 
tuzumi
 
Armiya 


 
46
3.Respublikaning qulashi va imperiyaga o`tishi 
 
 
Miloddan avvalgi II-I asrlarda Rimda quldorlik munosabatlarining rivojlanishi natijada sinfiy va ijtimoiy 
ziddiyatlar yanada keskinlashdi. Iqtisoddagi siljishlar, qul mehnatini ekspluatatsiya qilish shakllarining kengayishi va 
o`zgarishi, jadallashishi quldorlarning hukmron tabaqalari, shuningdek, ular bilan ko`pchilik erkin, kambag`al va 
mulksiz kishilar o`rtasidagi ziddiyatlarning kuchayishi bilan bir vaqtda sodir bo`ldi. Endi Rim davlati ishg`ol etgan 
yerlar xalqlarini bostirib turish, ular ustidan boshqaruvni tashkil etish kabi vazifalarni ham hal etishi lozim edi. 
 
Bunday sharoitlarda eski siyosiy tuzum vujudga kelgan va keskinlashib borayotgan qarama-qarshiliklarni hal 
etishga qodir emasligi tobora oshkor bo`lib qolgandi. 
 Rim 
miloddan 
avvalgi 
V-IV  asrlarda Italiyani bosib olar ekan, avvalo yerlarni musodara qilishga harakat 
qilgandi. Miloddan avvalgi II-I asrlarda urushlar ahvolni ancha o`zgartirib yubordi. Ular bosib olingan aholini ommaviy 
ravishda qulga aylantirilishiga va Rimda qullar sonining birdaniga oshib ketishiga olib keldi. Miloddan avvalgi II asrda 
Sitsiliyadagi qullar qo`zg`oloni hamda miloddan avvalgi 74-70 yillardagi Spartak boshchiligidagi qo`zg`olon keng 
quloch yoyib, Rim davlatini taxlikaga solgandi. 
 
Tiberiy Grakx miloddan avvalgi 133 yilda xalq tribuni lavozimiga saylanib, xalq harakatiga tayangan holda, 
senat qarshiligiga qaramay, o`sha yiliyoq xalq majlisida o`zining Agrar qonuni loyihasini tasdiqlatishga erishgandi.
 
Tiberiyning islohotchilik faoliyati uning tribun bo`lib saylangan ukasi  
Gay Grakx zodagonlarning siyosiy nufuzini zaiflashtiruvchi qonunlar chiqartirgan. Miloddan avvalgi 123-
122 yillarda provinsiyalarda rim fuqarolarining koloniyalarini tuzish va kambag`allarga davlat omborlaridan juda arzon 
baho bilan don sotish to`g`risida qonunlar chiqartirgan.  
 
Gay harbiy islohot ham o`tkazgan. 46 yoshga to`lgan fuqarolar uchun harbiy majburiyat bekor qilingan.  
 
Miloddan avvalgi 91-88 yillardagi ittifoqchilar urushi natijasida ittifoqchilarning mag`lubiyatga uchrashiga 
qaramay, ularning ko`pchiligi Rim fuqarosi huquqini olganlar. 
 
Rimdagi qullar qo`zg`olonlari, mayda yer egalarining noroziliklari, ittifoqchilar va fuqarolar urushlari siyosiy 
vaziyatni juda ham keskinlashtirib, bularning hammasi markaziy davlat hokimiyatini kuchaytirishni talab qilgan. Bu 
muassasalarni yangi tarixiy sharoitlarga moslashtirishga harakat qilingan. Bunday harakatlardan eng muhimi Sulla 
diktaturasi davrida (miloddan avvalgi 82-79 yillarda) qilingan edi.  
Undan so`ng YU.Sezar diktaturasi o`rnatilib, u miloddan avvalgi 45 yilda imperator unvonini olgan. Miloddan 
avvalgi 27 yil 13-yanvardagi senat kengashida Oktavian senatning prinsepsi, yagona prokonsul, legionlarning 
qo`mondoni deb e’lon qilingan. Unga avvallari xudoga qilingan murojaatlarda tilga olingan Avgust laqabi berilgan. 
Shu tariqa miloddan avvalgi 27 yilda Rim davlati tarixida yangi bosqich - imperiya davrining boshlanishi vujudga 
kelgan. 
 
4.Rim imperiyasi 
 
 
Quldorlik tuzumi o`zining rivojlanishidagi eng yuqori cho`qqiga chiqdi.  
Rim davlati chegaralarining kengayishi bilan erkin aholining soni, jumladan, rim 
fuqarolarining soni ham o`sdi (yuqorida aytilganidek, respublika davrida Italiya aholisiga 
fuqarolik huquqlari berilgan edi. Milodning 212 yilida Rim imperiyasidagi barcha erkin 
aholiga Rim fuqarolik huquqlarini in’om etish to`g`risidagi imperator Karakellaning edikti chiqarilgan. 
 
Shular bilan birga erkin kishilarning ijtimoiy va tabaqaviy darajalanishi (farqlanishi) rivojlangan. Fuqarolar 
urushi davrida siyraklashib qolgan nobillarning va suvoriylarning saflari Italiyaning va provinsiyalarning yirik 
quldorlari, provinsial zodagonlar, shuningdek davlat chinovniklari bilan to`ldirilgan. Nobilitet 1 million sestersiy mulk 
senzli senatorlik tabaqasiga aylantirilgan. Senatorlar davlat apparatida va armiyada yuqori lavozimlarni egallab, 
imperator hokimiyatining mustahkam tayanchi bo`lib qolganlar. Suvoriylar tabaqasi 400 mingdan 1 milliongacha 
sestersiy mulk senziga ega bo`lgan xizmatchi tabaqaga aylangan va Rimdagi, provinsiyalardagi imperator 
ma’muriyatiga kadrlar, armiyaga esa qo`mondonlar yetkazib turgan. Qullarning ahvolida ham o`zgarishlar yuz bergan. 
Qul mehnati ishlab chiqarish asosi sifatida yangi qullar kuchlarining doimo oqib kelishini talab qilgan.  
Respublika davridayoq vujudga kelgan ekspluatatsiyaning shakllari ham rivojlangan - pekuliy va kolonat keng 
tarqalgan. 
 
II-III asrlarda o`zini qullikka sotish va ayniqsa kolonat keng tarqalgan. Kolon ham vaqt o`tishi bilan xuddi 
erkin dehqon va qul singari ko`zga tashlanadigan qiyofa bo`lib qolgan.  
 
Imperiya davridagi ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar asosan respublika davrida paydo 
bo`lgan jarayonlarning oqibati bo`lib, Rimning siyosiy tuzulishi xarakterini belgilagan. 
Imperiyaning I asrlarida eskirgan respublika muassasalari saqlanib qolgan. Imperiya dastlab 
davlat boshlig`ining haqiqiy hokimiyatini niqoblagan, ya’ni, go`yoki respublika libosi bilan 
niqoblangan.  
II asr oxirida senat boshqaruvdan batamom chetlatilgan. Boshqaruv imperator boshchiligidagi chinovniklik-
byurokratik va harbiy apparatlarga o`tgan. III asr oxirida monarxiya sof holda joriy qilingan. 
 
Imperiya davrini 2 bosqichga bo`lish qabul qilingan: 
 1) 
Prinsipat davri. Miloddan avvalgi I asr - milodning III asri. Bu prinseps-senatus - birinchi senator degan 
so`zdan olingan. Bu unvonni senatdan 1 bo`lib senatorlar ro`yxatida 1-o`ringa qo`yilgan imperiya asoschisi Oktavian 
Avgust olgan edi va u senatning qarorlarini oldindan belgilash imkoniga ega bo`lib, 1-sudga chiqish huquqiga ega edi. 
Ijtimoiy 
tuzum 
Davlat 
tuzumi 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə