“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè


Dominat (III-V asrlar) "dominus" -"xo`jayin"



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   92

 
47
 2) 
Dominat (III-V asrlar) "dominus" -"xo`jayin", hukmdor so`zidan olinib, bu imperatorning mutlaq 
hokimiyati batamom tan olinganligini anglatardi. 
 Davlatni boshqarishni prinsepsga o`tishi unga imperium oliy hokimiyatining in’om qilinishi 
tufayli yuz bergan. imperium oliy hokimiyati eng asosiy mansabdor shaxslarni tayinlash, 
magistraturalardan alohida chinovniklik apparatini tashkil etish va butun armiyaga qo`mondonlik 
qilishni prinsepsga o`tganligini anglatar edi. 
 
Oktavian imperium hokimiyatiga ega bo`lib, butun armiyaga qo`mondonlikni, urush e’lon qilish, sulh tuzish va 
xalqaro shartnomalar imzolash, shaxsiy gvardiya (pretoriylardan tuzilgan kogortalar) saqlash huquqini, oliy jinoiy va 
fuqarolik sud qilish huquqini, qonunlarni sharxlash huquqini olgan. Prinsepsning qarorlari qonun kuchiga ega bo`lgan 
hujjat sifatida ko`rila boshlangan. 
 
Prinsepslar respublika an’analariga zid ravishda bir vaqtda konsullar, senzorlar va xalq tribunlari etib 
saylanganlar. Prinseps konsul sifatida intersessiya huquqidan foydalanib, har qanday magistrat qarorini bekor qila 
olgan, senzor sifatida senatni o`z tarafdorlaridan tuza olgan, tribun sifatida senat yoki magistrat qaroriga veto qo`ya 
olgan. 
 
Senat vakolatlari juda o`zgargan. I asrdan boshlab senat qarorlari - senatus - konsultlar qonuniy kuchga ega 
bo`lgan. II asrdan boshlab senat amalda faqat prinsepsning qarorini tasdiqlagan xolos. 
 
Respublika magistraturalari bilan bir vaqtda imperatorning chinovniklik apparati tashkil etilgan. Uning 
tepasida prinseps kengashi va devonxonasi turgan.   
Rim davlatining tarkibiy qismi bo`lib qolgan provinsiyalarni boshqarish qayta tashkil etilgan. Ular imperator 
va senatga tegishli provinsiyalarga ajratilgan. Imperatorga tegishli provinsiyalar prinseps tayinlagan legatlar tomondan 
idora etilgan. Senatga tegishli provinsiyalarni senat tomonidan tayinlanadigan prokonsullar 
va senatorlardan qur’a tashlash yo`li bilan saylanuvchi va senat hamda prinsepsga - (ikki 
tomonlama) bo`ysunuvchi propretorlar idora qilgan. 
 
Imperatorlik provinsiyalaridan keladigan daromadlar esa prinseps xazinasi-fiskka 
kelib tushgan.    
 
Professional armiyaga o`tgandan so`ng armiya korporotiv (o`z manfaatlari bilan 
cheklangan) tashkilotga aylangan. Pretoriylar kogortasi imtiyozli mavqega ega bo`lib, 
jangchilarining maoshlari legionerlarnikiga nisbatan 3,5 baravar ortiq edi. Pretoriylar 16 yil 
xizmat qilgan. Legionlarning qo`mondonlari - legatlar va katta qo`mondonlar - harbiy tribunlar 
 imperator tomonidan tayinlangan. Legionlarning xizmat muddati 20 yil edi. Ulardagi jangchilarning soni 200 ming 
kishiga yetgan. Bu jangchilar -allarning  xizmat muddati 25 yil qilib belgilanib, maoshlari legionerlarnikidan uch 
baravar kam edi.   Perinsipat davridayoq Rimda quldorlik tuzumi tushkunlikka uchray boshlagan, II-III asrlarda esa 
uning inqirozi pishib yetilgan. Erkin kishilarni ijtimoiy va tabaqaviy qatlamlarga ajralishi chuqurlashgan, yirik yer 
egalarining nufuzi kuchaygan, kolonlar mehnatining ahamiyati o`sgan va qul mehnatining roli pasaygan, munitsipal 
tuzum tanazzulga yuz tutgan, polis ideologiyasi yo`qolgan, an’anaviy rim xudolariga ibodat qilish o`rniga xrestianlik 
kelgan.  
 
Dominatning rasmiy boshlanishi 284 yilda o`zini Lottiz (dominus) - uy egasi, xo`jayin 
deb atashga buyruq bergan Diokletianning hokimiyat tepasiga kelishi bilan belgilanadi. 
 
Imperatorning unvonlari – Avgust va Dominus uning hokimiyatini cheklanmagan 
xarakterini ko`rsatadi. Qoida bo`yicha, imperatorlar ilohiylashtirilgan, ularning ba’zilari esa o`lganlaridan so`ng o`z 
dinlarining xudolari deb e’lon qilinganlar. Imperiya aholisi fuqarolardan imperatorning fuqarolariga aylantirilgan. 
Ularga imperatorning qullari - servlar sifatida qaralardi. 
 
Prinsipat davrida mavjud bo`lgan prinseps kengashi davlat kenga-shi - konsistoriumga aylangan. 
Iyerarxiyaga va mansablarning bosqichma-bosqich ko`tarilishi qoidalariga asoslangan, ranglar (darajalar)ga bo`lingan 
va ancha rivojlangan chinovniklik apparati tashkil topgan. 
 
Prinsipatdan farqli o`laroq eski respublika muassasalari har qanday umumdavlat ahamiyatini yo`qotgan. Rimni 
imperator tayinlagan va unga bo`ysunadigan prefekt boshqara boshlagan.  
 
Diokletian iqtisodiy, harbiy va ma’muriy islohotlar o`tkazgan. To`la qimmatga ega bo`lgan oltin va 
kumush monetalar chiqargan. Soliqlarning katta qismi natura tarzida emas, pul bilan olinadigan bo`lgan.  Chegara 
va 
harakatlanuvchi qo`shinlarni tashkil etishni mustahkamlovchi harbiy islohot armiyaga ko`ngillilardan olish bilan birga 
rekrut yig`imini joriy etdi. 
 
Davlat to`ntarishlari Diokletianni 285 yilda o`ziga hokimdosh-sezar tayinlashga majbur etgan. 
Imperiya g`arbiy va Sharqiy qismlardan iborat ikki qismga bo`lingan. Natijada yuzta provinsiyani o`z ichiga olgan to`rt 
qismdan iborat tetrarxiya kelib chiqqan.  
 
Konstantin Diokletianning iqtisodiy islohotlarini davom ettirgan. Uning pul islohoti ancha muvaffaqiyatli 
chiqqan va pul muomalasining barqarorlashuviga olib kelgan.  
 
476 yilda german qabilalari g`arbiy Rim imperiyasini bosib olganlar va o`zlarining qo`mondonlari Odoakrni 
qirol deb e’lon qilganlar. Shu tariqa Rimning so`nggi imperatori 15 yoshli bola Romul Avgustul taxtdan ag`darib 
tashlangan va imperator unvoni nishonlari Konstantinopolga yuborilgan. G`arbiy Rim imperiyasi tugatilgan. 
Prinsipat
 
Mahalliy 
boshqaruv 
Armiya
 
Dominat
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə