“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   92

 
48
 RIM HUQUQI 
REJA: 
1. Rim huquqining dunyo tarixida tutgan o`rni va uning rivojlanishidagi  
asosiy bosqichlar 
2. Rim huquqi manbalarining rivojlanishi 
3. Eng qadimgi davrda Rim huquqi 
4. Klassik va postklassik davrlarda Rim huquqi 
 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar. 
1. Karimov. I.A Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., "Sharq" NMK, 1998. 
2. П.Н.Гaлaнзa. История государство и право зарубежных стран. M.1998. 
3. Z.Muqimov.Chet mamlakatlar davlati va huquqi  tarihi. Samarqand.1992. 
4. K.Н.Батыр и E.В.Поликарпова. Всеобщая хрестоматия истории государство и право. M. 1996. 
5. Черниловский З.M. Всеобщая история государство и право . M.1996. 
6. O.A.Жидкова.  Н.A.Карашениникова.  История государство и право зарубежных стран. Нoрмa.M.2004. 1-
частъ. 
7. O.A.Жидкова.  Н.A.Карашениникова.  История государство и право зарубежных стран. Нoрмa.M.2004. 2-
частъ. 
8. H.Muhamedov Horijiy mamlakatlar davlat va huquqi tarihi.T., Adolat.1999.1- qism 
9, H.Muhamedov Horijiy mamlakatlar davlat va huquqi tarihi.T.,TDYuI..2005.1- qism 
 
 
1.Rim huquqining dunyo tarixida tutgan o`rni va 
uning rivojlanishidagi asosiy bosqichlar 
 
 
Rim huquqi insoniyat huquqi tarixida noyob o`rin egallaydi. U antik jamiyatda va umuman butun qadimgi 
dunyoda huquq rivojlanishining eng yuqori darajasini aks ettiradi. 
 
Rim huquqi avvalo juda xilma-xil hayotiy munosabatlarni va vaziyatlarni g`oyat darajada keng qamrab 
olganligi bilan ajralib turadi. Unda ayniqsa xususiy mulk egalarining, shuningdek, mulk aylanishi turli-tuman 
ishtirokchilarining manfaatlarini himoya qilishning xilma-xil uslublari puxtalik bilan ishlab chiqilgan. Rim huquqi 
tarixining quyidagicha davrlarga bo`linishi, bizningcha, eng qulay va maqsadga muvofiqdir: 
1.  Eng qadimgi davri (miloddan avvalgi VI asr - III asrning o`rtasi). Rim huquqi bu davrda asosiy 
institutlarining polischa mahdudligi (o`zgalar uchun yopiqligi), qadimiyligi va eskirib qolganligi, rivojlanmaganligi va 
diniy xarakterda bo`lganligi bilan tavsiflanadi. Bu davrda Rimda kviritlar, ya’ni Rimning tub fuqarolari huquqi paydo 
bo`lgan. Unda hali urug`doshlik tuzumining qoldiqlari kuchli saqlanib qolgan bo`lib, uning manbai odat huquqi 
hisoblanadi. Keyinchalik, miloddan avvalgi 451-450 yillarda huquq manbai sifatida XII jadval qonunlari vujudga 
keladi. 
 2. Klassik davri (miloddan avvalgi III asr o`rtasi -milodning III asri oxiri). Aynan mazkur davr mobaynida rim 
huquqi patriarxallik va diniy qoldiqlardan xalos bo`ladi va dunyoviy yuridik tizimga aylanadi. Bu tizim nafaqat 
quldorlik, balki boshqa universal kishilik munosabatlarining oliy darajada ishlab chiqilganligi bilan xarakterlanadi. Bu 
huquqiy tizimning mukammalligi dunyoga chuqur huquqiy tahlil etish va nafis (nozik) yuridik texnika namunalarini 
beruvchi yurisprudensiyada ham o`z ifodasini topgan. Klassik davrda Rim huquqi juda taraqqiy etib, kviritlar bilan 
birga  pretor huquqi - xalqlar huquqi ham vujudga kelgan. Rim fuqarolari bilan kelgindilar (ajnabiylar) o`rtasidagi 
munosabatlarni tartibga solgan. Miloddan avvalgi 212 yilda huquqning bunday ikkiga bo`linishi imperator Karakalla 
edikti (farmoni) bilan bekor qilingan. 
 3.  Postklassik - yangi klassik davri (IV-VI asrlar). Bu vaqtda quldorlik jamiyati va davlatining yemirilishi 
munosabati bilan rim huquqi amalda rivojlanishdan to`xtaydi, o`zida umumiy iqtisodiy va siyosiy inqiroz izlarini 
ko`tarib yuradi. Ushbu davrda rim huquqidagi o`zgarishlar asosan uning tizimlashtirilishi va vujudga kelayotgan yangi 
feodal munosabatlariga asta-sekin moslashtirilishi bilan bog`liq bo`lgan. Bu davrda qonun chiqarish hokimiyati to`la 
imperatorlar qo`liga o`tib, Rim huquqining to`plamlari tuziladi va kodifikatsiya qilinadi. 
 
2.  Rim huquqi manbalarining rivojlanishi 
 
 
 Arxaik davrda rim huquqiy an’analarining vujudga kelishida kohinlar juda 
katta mavqega ega edilar. Xususan ularning ichidan pontifiklar kollegiyasi ajralib 
chiqib, huquq me’yorlarini tuzish va sharhlash imtiyozlarini o`zlashtirib olganlar.  
Rimda huquqning eng qadimgi manbai huquqiy odatlar (mores majorum) 
bo`lgan. Rim tarixiy an’anasiga ko`ra huquqning boshqa manbai rim 
podsholarining qonunlari (lages regiaye) hisoblangan. Miloddan avvalgi 450 
yillar atrofida qabul qilingan 1-rim yozma qonunlari - XII jadval qonunlarining 
qabul qilinishi plebeylar va patritsiylar kurashi bilan bog`liq.  
XII jadval qonunlari o`n ikkita mis lavhaga o`yib yozilib, Rim siyosiy hayotining markazi - forumga hamma 
ko`rishi uchun osib qo`yilgan.  
Eng qadimgi 
davr huquqining 
manbalari
 


 
49
 
Mazmunan XII jadval qonunlari Rim odat huquqini to`plash va unga ishlov berish ifodasidir.  
 
Kvirit (fuqarolik) huquqining yana bir muhim manbai qonunlar bo`lgan. XII jadval qonunlarining nihoyasida 
bundan buyon xalq majlisining har qanday qarorlarini qonun (lex) kuchiga ega bo`lishi lozimligi ko`rsatilgan edi. 
 
Eng qadimgi davrda shuningdek senat qarorlari (senatus - konsultlar), ayrim hollarda magistratlarning 
qarorlari ham huquqiy kuchga ega bo`lgan.  
Miloddan avvalgi 302 yilda kotib (mirza) Klavdiy Flaviy tomonidan pontifiklar arxivlarida ilgari o`ta maxfiy 
ravishda saqlanib kelingan sud taqvimi, da’volar va yozuvlar nusxalari, huquqiy me’yorlar va odatlarning sharhlari 
o`g`irlanib, oshkor qilinishi yordam bergan. 
 
 Miloddan avvalgi III asr - milodning III asrida XII jadval qonunlari 
rasman harakat qilishda davom etgan.  
Rim huquqi tarixining yangi bosqichida uning ancha muhim manbai 
pretorlarning ediktlari bo`lib qolgan. Shunday ediktlarning asosida sivil 
huquqi (hanuzgacha hurmatli, lekin tobora kam qo`llanilayotgan) bilan bir 
qatorda ikkita yangi va mutlaqo mustaqil huquqiy tizim: "pretor huquqi" (jus praetorim) va "xalqlar huquqi" jus 
gyentium) o`sib chiqqan.  
Klassik davrda huquqning rivojlanishida peregrinlar pretorining (bu mansab miloddan avvalgi 242 yilda ta’sis 
etilgan) ediktlari alohida rol o`ynagan. Peregrinlar pretorlari tomonidan yaratilgan "xalqlar huquqi" xalqaro rim 
huquqi emas, balki ichki davlat huquqi, shu bilan birga u rim huquqining ancha rivojlangan va takomillashgan qismi 
bo`lgan. 
 
Oxirgi tuzilgan edikt (Yulian edikti sifatida mashhur) rasman senatus-konsult deb tasdiqlangan va "abadiy 
edikt" (yedistum perpetuum) degan nom olgan.  
 
Imperatorlik hokimiyati hujjatlari (konstitutsiyalari) quyidagicha asosiy ko`rinishlarga bo`lingan: 
 1) Ediktlar - "imperium" hokimiyatiga asoslangan, shuning uchun faqat mazkur imperator hayotligi chog`ida 
yuridik jihatdan majburiy bo`lgan umumiy qoidalar. Biroq eramizning II asridan boshlab ediktlarga imperatorning 
vorislari tomonidan ham amal qilina boshlangan. 
 2) Reskriptlar - imperatorning huquqiy masalalar bo`yicha konsultatsiyalar so`ragan alohida shaxslarga yoki 
magistratlarga bergan javoblari yoki maslahatlari’. 
 
3) Dekretlar - imperator tomonidan sud ishlarida chiqarilgan qarorlar. Ularning asosida mustaqil imperatorlik 
yurisprudensiyasi tashkil topgan. 
 
4) Mandatlar - provinsiyalarning hokimlariga yo`llangan instruksiyalar (yo`l-yo`riqlar, qo`llanmalar). 
Ularning ichida qator hollarda peregrinlarga nisbatan qo`llaniladigan fuqarolik va jinoyat huquqi me’yorlari ham 
mavjud bo`lgan. 
 Klassik davrda rim huquqi rivojlanishining juda muhim va o`ziga xos 
manbai yuristlarning faoliyati bo`lib qolgan.  
Rim yurisprudensiyasi plebeylar pontifiki Tiberiy Korukaniyadan 
(miloddan avvalgi 254 yildan) boshlab sof dunyoviy xarakter kasb etgan.  
Respublika davrining yuristlari, odatda, aristokratlar doirasidan - senator 
zodagonlardan, miloddan avvalgi I asrda esa, shuningdek, suvorilardan 
ham chiqqan. Ularning ichida eng mashhurlari Katon Katta, Mark 
Maniliy, Alfen Var, Kvint Mutsiy Sevola, Publiy Mutsiy Sevola, Serviy 
Sulpitsiy, Ruf bo`lgan.  
Yuristlarning o`qituvchilik faoliyati muhim ahamiyatga ega bo`lgan. I asrda va II asrning boshida ikkita 
asosiy: sabinyanlar (asoschisi Kapiton) va prokulyanlar (asoschisi Labeon) huquq maktablari vujudga kelgan.  
 
Sivil huquqi va pretor huquqi sharhlari, shuningdek, sivil va pretor huquqini sintez qilishga urinib, turli 
huquqiy masalalar bo`yicha yozilgan asarlar - digestalar  katta shuhrat qozongan. Digesta  iborasi  "sistemaga 
solingan" degan mazmunni anglatishi bejiz emas. Rim yuristlarining asarlari ichida rim huquqini o`quv maqsadlarida 
tizimli bayon qiluvchi institutsiyalar muhim o`rin egallagan. 143 yilgi Gay institutsiyalari juda mashhur bo`lgan.  
 
Rimda imperatorlik boshqaruvining o`rnatilishi bilan yuristlarning amaliy faoliyati - huquqiy maslahatlar 
berishi  faollashgan.  "Javoblar" deb nom olgan bu konsultatsiyalar (maslahatlar) sudyalarga katta ta’sir o`tkazgan. 
Sudyalar ko`pincha obro`li yuristlarning fikrlariga rioya qilar edilar. 
 Dominat davrida quldorlik tizimining chuqur inqirozi munosabati bilan rim 
huquqida ba’zi uncha katta bo`lmagan o`zgarishlar yuz bergan, lekin uning asosiy 
institutlari amalda ilgarigi ko`rinishida saqlanib qolgan. Imperatorlar to`la 
hokimiyatchiligining o`rnatilishi munosabati bilan yuristlar yangi avlodlarining 
majburiy xarakterdagi konsultatsiyalar berish huquqi yo`qotilgan, yangi huquqiy 
me’yorlarni ta’riflab berish imkoniyatlari tugatilgan (xuddi, ilgari pretorlar bilan 
qilinganidek). 
Asarlari va fikrlari ilgarigidek huquq manbai sifatida ko`riladigan klassik yuristlarning soni qisqargan. 426 
yilgi qonunlarga binoan, faqat beshta yurist: Papinian, Pavel, Ulpian, Gay va Modestinning asarlari yuridik 
kuchga ega ekanligi tan olingan. Papinianning fikri hal qiluvchi deb tan olingan. Agar bunday holda Papinian fikr 
bildirmasa, sudya mustaqil harakat qilishi mumkin bo`lgan. 
 
426 yildagi qonunlarga muvofiq boshqa Rim huquqshunoslari - Sevola, Sabin, Yulianning qarashlari va 
ko`rsatmalari ham e’tiborga olingan. 
Klassik davrda 
huquq manbalari 
Huquqning 
rivojlanishida Rim 
yuristlarining tutgan 
o`rni 
Postklassik davri 
huquqining 
manbalari 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə