“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   92

 
42
 Afinada faqat to`la huquqli fuqarolar tashabbusi bilan sud ishlari boshlanishi mumkin edi. 
Ayollar va voyaga yetmaganlar uchun - oila boshlig`i, meteklar uchun - uning homiysi
qullar uchun - uning xo`jayini sud ishlarini yuritish chog`ida harakat qilgan. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, Afinada sud ishlarining ikki turi: 1) dike va 2) graphe 
bir- biridan farqlangan. Dike jarayoni jabrlanuvchi yoki uning qonuniy vakili -kyrios 
shikoyati bo`yicha boshlangan. Graphe jarayoni esa har qanday to`la huquqli afinalik fuqaroning shikoyati bilan 
boshlanishi mumkin edi. Dike tartibida sud jarayonini boshlagan da’vogar sud qaror chiqargunicha ishni bekor qilish 
huquqiga ega bo`lgan, graphe tartibida boshlangan jarayon esa oxirigacha yetkazilishi lozim edi. Agar shikoyat qilgan 
shaxs ishda yutqazsa, 1000 draxma jarima to`lagan. 
Afinada ba’zi kishilar maxsus kasbkor xabar beruvchilar - sikofontlar  vazifasini o`taganlar va graphe 
tartibidagi ayblovni qo`llaganlar. 
 
Ayblanuvchi yoki javobgar sudga davlat organlari tomonidan emas, balki ayblovchi (da’vogar)ning o`zi 
tomonidan guvohlar oldida chaqirilgan. Bunda ayblovchi (da’vogar) unga qaysi mansabdor oldiga, qachon va qaysi 
vaqtda borishi lozimligi ko`rsatilgan. Agar kelmasa, ish uning ishtirokisiz sirtdan ko`rilgan. 
 
Tomonlar ish bo`yicha zarur bo`lgan barcha dalillarni sudga o`zlari taqdim etganlar. Guvohlarning 
ko`rsatmalari, daliliy ashyolar (masalan, hujjatlar) va qasam sudda dalil hisoblangan.  
 
Dastlabki tergov (anakrisis) tugagandan so`ng barcha dalillar, jumladan, guvohlarning yozma ko`rsatmalari 
maxsus mis yoki loy idishlar (yexinlar)ga solinib qulflab qo`yilgan, endi boshqa dalillar taqdim etish mumkin 
bo`lmagan. Faqat yexinlarda saqlanayotgan dalillarga havola qilish mumkin bo`lgan. 
 
Anakrisis tugagandan so`ng sud majlisining kuni tayinlangan. Sud majlisida kotib ayblovchi (da’vogar)ning 
shikoyati va boshqa tomonning e’tirozini ma’lum qilgan. 
 
Sud majlisi sudyalarning yashirin ovoz berish yo`li orqali chiqargan qarorlari bilan tugagan. Agar ovoz berish 
vaqtida biron sudya betaraf, ovozlar teng bo`lib qolsa, sudlanuvchi oqlangan. 
 Sud 
qarorini 
bajarish 
uchun javobgarga ma’lum muddat berilgan. Agar jarobgar ko`rsatilgan muddatda 
jarimani to`lamasa, da’vogar javobgarning mol-mulkini tortib olishi mumkin edi, agar bunda qarshilik ko`rsatilsa, 
qarorni ijro etish haqidagi jarayon (dike exoules) boshlangan, bunda yutqazgan javobgar xazina foydasiga da’vo 
summasiga teng jarima ham to`lashi lozim edi. 
Sud ishlarini 
yuritish 


 
43
QADIMGI RIM  DAVLATINING TASHKIL TOPISHI VA RIVOJLANISHI 
 
REJA: 
1. Qadimgi Rimda davlatning tashkil topishi 
2. Respublika davrida Rimning ijtimoiy-siyosiy tuzumi 
3. Respublikaning qulashi va imperiyaga o`tish 
4. Rim imperiyasi 
 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar. 
1. Karimov. I.A Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., "Sharq" NMK, 1998. 
2. П.Н.Гaлaнзa. История государство и право зарубежных стран. M.1998. 
3. Z.Muqimov.Chet mamlakatlar davlati va huquqi  tarihi. Samarqand.1992. 
4. K.Н.Батыр и E.В.Поликарпова. Всеобщая хрестоматия истории государство и право. M. 1996. 
5. Черниловский З.M. Всеобщая история государство и право . M.1996. 
6. O.A.Жидкова.  Н.A.Карашениникова.  История государство и право зарубежных стран. Нoрмa.M.2004. 1-
частъ. 
7. O.A.Жидкова.  Н.A.Карашениникова.  История государство и право зарубежных стран. Нoрмa.M.2004. 2-
частъ. 
8. H.Muhamedov Horijiy mamlakatlar davlat va huquqi tarihi.T., Adolat.1999.1- qism 
9, H.Muhamedov Horijiy mamlakatlar davlat va huquqi tarihi.T.,TDYuI..2005.1- qism 
 
 
     Qadimgi Rim davlati tarixini quyidagi davrlarga bo`lib o`rganamiz: 
 
1. Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi va quldorlik davlatining tashkil topishi davri. Bu davr miloddan 
avvalgi 753 yilda Rim shahriga asos solinishidan to miloddan avvalgi 509 yilda oxirgi Rim podshosi Tarkviniy 
Superbning Rim aholisi tomonidan haydab yuborilishigacha bo`lgan vaqtga to`g`ri keladi. 
 
2. Respublika davri. Miloddan avvalgi 509-27 yillar. Bu davrning o`zi ham 2 bosqichga bo`linadi: ilk 
respublika (miloddan avvalgi V-III asrlar) va kechki respublika (Miloddan avvalgi III - I asrlar). 
 
3. Monarxiya davri. Miloddan avvalgi 27 yildan Milodning 476 yiligacha. Bu davr ham 2 bosqichga: prinsipat 
(miloddan avvalgi 27 yildan to milodning 284 yillarigacha) hamda dominat, ya’ni mutlaq yakka hokimlik (milodning 
284-476 yillari)ga bo`linadi. 
 
Bundan keyingi davr Rim quldorlik davlatining inqirozi davri bo`lib, milodning 476 yilida g`arbiy Rimni frank 
qabilalari bosib olganlar. Sharqiy Rim esa Vizantiya nomi bilan usmonli turklar 1453 yilda Konstantino-polni bosib 
olgunlariga qadar yashaydi. 
1.  Qadimgi Rimda davlatning tashkil topishi 
 
 
Miloddan avvalgi 753 yilda Rim shahriga asos solingan. Bu yerda uchta qabila: qadimgi lotin, sabin va 
etrusklarning xuddi Afinadagi sinoykizmga o`xshab urushlar yo`li bilan birlashtirilishi natijasida Rim jamoasi tashkil 
topgan. Qadimgi rim urug`larining a’zolari patritsiylar deb atalgan. 
 
Chorvachilik va dehqonchilikning rivojlanishi mulkiy tabaqalanishga olib kelgan va xususiy mulkning paydo 
bo`lishiga sabab bo`lgan. Patriarxal qulchilik kelib chiqqan.  
Urug`lardan alohida boy aristokratik oilalar ajralib chiqqan. Shu bilan birga jamochilarning kambag`allashgan 
qismidan  kliyentlar  guruhi paydo bo`lgan. Kliyentlar, shuningdek, urug`ga qabul qilingan kelgindilardan va ba’zan 
erkinlikka chiqarilgan qullardan tashkil topgan. Kliyentlar shaxsan ozod bo`lib, lekin huquqlarda cheklab qo`yilgan edi. 
Ular patritsiylardan iborat patronlarning homiyligida bo`lganlar va buning uchun o`z patronlariga mulkiy va shaxsiy 
xizmat o`tashlari lozim bo`lgan. 
 
Rimga ko`chib kelgan kelgindilar plebeylar deb atalib, ular Rimda yerga egalik qilish huquqidan mahrum 
bo`lgan. 
 
Plebeylar erkin, shaxsan ozod bo`lib qolaverganlar, Lekin ularning mulkiy va shaxsiy huquqlari cheklangandi. 
Plebeylar faqat erkin jamoa yerlaridan ba’zi patritsiylarning yoki butun urug`ning homiyligiga o`tib, o`z homiylari 
("patron"lari)dan chek yer olishi mumkin edi. 
 
Plebeylar fuqarolik huquqidan foydalanmagan, jamoa a’zolari bilan nikohga kira olmagan, jamoa ishlarini 
boshqarishda ishtirok etish ymkoniyatidan mahrum bo`lgan. 
 Rim 
jamoasi 
tepasida senat tomondan saylanib qo`yiladigan boshliq- reks (rex podsho) turgan. 
 
Rim jamoasining muhim boshqaruv organi urug`larning oqsoqollar kengashi -  senat  bo`lgan. Har bir 
urug`ning boshlig`i senatga a’zo bo`lib kirgan. Senat sud vazifasini ham bajargan. Rim jamoasi dastlab uch yuz 
urug`dan tashkil topganligidan eng qadimgi zamonlarda senat ham uch yuz senatordan tashkil topgan. 
 
Rim jamoasining umumiy masalalari xalq yig`inida ko`rilgan. Rimda qabilalar "tribalar" deb atalib, 
urug`lar birlashmasidan, ya’ni "kuriyalar"dan tashkil topgan. Har bir kuriyada o`ntadan urug`, tribada esa o`ntadan 
kuriya bo`lgan. Xalq yig`inlarining ham kuriyalar bo`yicha ("kuriyalar komitsiyasi") chaqirilishi yuqoridagi fikrlarni 
tasdiqlaydi. 
 
Har bir kuriya bir ovozga ega bo`lib, bunda fuqarolarning ovozlari emas, balki kuriyalarning ovozi bilan 
qarorlar qabul qilingan. Kuriyalar komitsiyasi urush e’lon qilish yoki sud tuzish, senatning qarorlarini tasdiqlash, 
mansabdor shaxslarni tayinlash kabi muhim masalalarni hal qilgan. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə