Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/99
tarix11.12.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#147362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

DINNING JAMIYATDAGI O‘RNI
VA VAZIFALARI
1-§
FAOLLASHTIRISH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Jamiyat diniy qadriyatlarsiz yashay oladimi?
2. 
Milliy va jahon dinlari haqida quyi sinflarda olgan bilimlaringizni eslab 
ko‘ring.
3. Dinning qanday shakllari mavjud?
4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasini o‘qing. 
Davlat tomonidan fuqarolarga vijdon erkinligining kafolatlanishiga mi-
sollar keltiring.
5. Din insonlar dunyoqarashining shakllanishiga ta’sir etadimi?
6. Sizning hayotingizda qanday qadriyatlar mavjud?
DIN VA IJTIMOIY HAYOT
Din jamiyat hayotida muhim o‘ringa ega. U kishilar-
da ezgulikka intilish, o‘zini ruhan va jismonan poklash, 
atrofdagilarga manfaat yetkazish, hayotni qadrlash kabi 
ijobiy xislatlarni shakllantiradi.
Dinlar kishilarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlar-
ga chorlab kelgan. Dunyo xaritasidagi deyarli har bir 
mamlakatda yashovchi xalq muayyan dinga e’tiqod qi-
ladi, uning o‘z urf-odat va an’analari mavjud. Dunyo 
xalqlari tarixini o‘rganishda ularning diniy qarashlari, 
e’tiqodlari va diniy amaliyotlarini e’tibordan chetda qol-
dirish mumkin emas.
Sizlarning 
yaxshilaringiz 
dunyo ishini deb 
oxirat ishini, 
oxiratni deb 
dunyo ishini tark 
qilmaydigan va 
odamlarga ma-
lolligini tushir-
maydiganlarin-
gizdir.
Hadis
Din
 — arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida 
ishonch, e’tiqod qilish ma’nolarini anglatadi.


6
XVII-XIX asrlarda yashab ijod qilgan ba’zi yevro-
palik tadqiqotchilar insoniyat taraqqiy etib borgani sari 
uning qo‘rquvlari ham kamayadi, u mustaqil bo‘ladi, bu 
esa dinlarning butkul yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi, 
deb bashorat qilgan edilar. Biroq vaqt o‘tishi bilan bu 
fikr amalda o‘z tasdig‘ini topmadi.
Din jamiyatda insonlar 

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə