Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/99
tarix11.12.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#147362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

dunyoqarashini shakllanti­
rish, tasalli berish (kompensatorlik), birlashtirish
bosh qarish, kommunikativlik, ruhiy­ma’naviy tarbiya­
lash 
kabi bir qator vazifalarni bajarib kelgan.
Ehtiyojing 
tushadigan ilmni 
o‘rganishdan 
o‘zingni olib 
qochma!
Imomi A’zam 
Abu Hanifa
IJODIY FAOLIYAT
1. Mazkur rasmlardagi umumiylik va o‘ziga xos jihatlarni aniqlang.
2. Rasmlarni tahlil etib, jahon va milliy dinlarga ajrating.
3. Rasmlar asosida dinning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va ahamiyatiga tavsif 
bering.


7
Dinning 
tasalli beruvchilik
vazifasini olaylik. Inson bolasi boshiga bi-
ror musibat, qiyinchilik tushganida o‘ziga dindan ovutuvchi, ko‘ngliga taskin 
beruvchi, yupatuvchi kuch topgan. 
Din 
birlashtirish
vazifasini ham bajarib, insonlar orasida hamjihatlikni 
mustahkamlashga xizmat qiladi. Har bir din e’tiqod qiluvchilarini o‘z qoida-
lariga amal qilishga chaqiradi. Ularni bu qoidalarga sodiqlikka undaydi va shu 
yo‘l bilan insonlarni birlashtiradi.
Din o‘ziga e’tiqod qiluvchilarning turmushini tartibga solib, 
boshqarish
va-
zifasini ham bajaradi. Bu vazifa axloq normalari asosida amalga oshiriladi. Din 
axloq normalarini tartibga soladi hamda halol va harom, savob va gunoh nima 
ekanligini belgilab beradi.
Dinning 
kommunikativlik
vazifasi shundaki, diniy urf-odat, an’ana, maro-
sim va bayramlarni birgalikda o‘tkazishga, qarindoshlik, birodarlik, dindoshlik 
aloqalarini mustahkamlashga chaqiradi. 
Din inson hayotining ezgulik mohiyatini ochadi. Bu uning insonlarni 
ru­
hiy­ma’naviy tarbiyalash
vazifasini ado etayotganiga yaqqol dalildir.

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə