Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/99
tarix11.12.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#147362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   99
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

IJODIY FAOLIYAT
Siz aniq va tabiiy fanlardan olgan bilimlaringizga tayanib, baland bino-
larni, minoralarni qurish, tasviriy san’at asarlarini yaratish, haykallar yasash, 
turli zargarlik buyumlarini yaratish uchun insonlar qaysi bilimlardan foyda-
lanishlari kerakligini o‘ylab ko‘ring.
Abu Ali ibn Sino­
ning «Tib qonunla­
ri» kitobidan
Al­Xorazmiyning
«Al­Jabr 
va­l­muqobala»
kitobidan


11
ateistlar yoki teokratlar qo‘liga o‘tgan paytlarda o‘rta asrlar 
jaholatidan qolishmaydigan zo‘ravonlik qo‘llanildi.
Insonlar majburiy ravishda dindan chiqarildi, dinning 
soxta ta’limot, jamiyat uchun zararli ekanini targ‘ib qi-
lish ishlari keng olib borildi. «Ilmiy ateizm» nomli fan 
to‘qib chiqarilib, barcha ta’lim muassasalarida o‘qitil-
di. Mazkur g‘oyani qabul qilishni istamaganlar esa turli 
ayb lovlar bilan jazoga tortildi. 
Tarix kitoblari qayta yozilib, dinning yuzaga kelishi-
da biryoqlama yondashildi, aynan shu manbalarda «din 
va fan dushmandir», degan g‘oya aholiga maktabdanoq 
singdirila boshlandi. 
Fan va din uyg‘unligi tarafdorlari, ko‘pincha, fan ar-
boblari tomonidan ham, noxolis ruhoniylar tarafidan 
ham qarshilikka uchragan. Ba’zan og‘ir ayblar bilan 
ta’qib qilingan. 
TARIXGA NAZAR
Salib yurishlari – 
1096-yilda boshlangan G‘arbiy yevropa ritsarlarining 
musulmon, pravoslav davlatlari va turli xil xristian mazhablariga qarshi olib 
borgan yurishlari. Salib yurishlarining maqsadi Falastinni, birinchi navbatda, 
Quddusni saljuqiy turklardan ozod qilish edi. Biroq keyinchalik Boltiqbo‘yi 
majusiylarini xristianlashtirish, Yevropada Papa hukumatiga qarshi harakat-
larni bostirish yoki papalarning siyosiy maqsadlarini amalga oshirish vositasi 
bo‘lib qoldi.
«Salibchilar» atamasi salib yurishi ishtirokchilari o‘z kiyimlariga salib 
(xoch, krest) tikib olishgani uchun paydo bo‘lgan. Yurish qatnashchilari gu-
nohlardan poklanadi, deb hisoblangani bois, unda nafaqat ritsarlar, balki oddiy 
aholi ham ishtirok etgan.
Salibchilar 1099-yilda Quddusga kirishlari bilanoq xunrezlikni boshlab yu-
borishdi. Ular musulmon va yahudiylar qatori mahalliy xristianlarni ham qi-
rib tashlashdi. Shu yili 16 iyul kuni erta tongda barcha narsa hal bo‘ldi, qamal 
vaq tida va xunrezlikda jami 70 mingga yaqin kishi vahshiylarcha qatl qilindi.
Salibchilar


12
Biroq tarixda «fan va din aslida bir-biriga zid emas, 
balki uyg‘un sohalar» degan g‘oyani ilgari surgan va ri-
vojlantirgan buyuk olimlar ham ko‘p bo‘lgan. 
Masalan, Hakim Termiziy bizning tushunchamizdagi 
fanni ilm, diniy ilmni esa ma’rifat, hikmat deb atagan va 
ularning inson tafakkuridagi o‘rnini to‘g‘ri belgilagan. 
Hakim Termiziy g‘oyalarini Abu Nasr Forobiy, Abu 
Rayhon Beruniy, Faxriddin Roziy kabi olimlar rivojlan-
tirganlar, fan va din uyg‘unligini Ibn Sino o‘z faoliyati-
da yanada teranroq ko‘rsatgan. 
Mustaqillikdan so‘ng O‘zbekistonda ham fan va din 
uyg‘unligini ta’minlashga alohida urg‘u berildi. Bi-
rinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek:
«...Dunyoviy va diniy qadriyatlar bir-birini to‘ldirmas 
ekan, bugungi kunning og‘ir va murakkab savollariga 
to‘laqonli javob berish oson bo‘lmaydi».
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida 
Toshkent islom universitetining tashkil etilishidan ham ay-
nan shu maqsadlarni ro‘yobga chiqarish ko‘zlangan. Ham 
dunyoviy, ham diniy ilmlar o‘qitiladigan mazkur ta’lim 
dargohi bitiruvchilari jamiyatimizda dunyoviylik va diniy-
lik, fan va din uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qiladilar.

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə