Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/99
tarix11.12.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#147362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

OLAMNI MAHLIYO AYLAGAN DIYOR
...Bir voqea mening ko‘z oldimdan elas-elas o‘tadi. O‘shanda men chamasi 
5—6 yoshlarda edim. Qo‘shnimizning uyida odam gavjum, mahallaning kat ta-
kichigi yig‘ilgan. Kimdir ko‘cha-hovlilarni supurgan, kimdir ayvonga joy sol-
gan, kimdir poyandoz uchun oq matoni taxlagan. Barcha o‘z ishini bilib-bilib 
qilar, xullas, jam bo‘lganlarni ko‘rinmas odam boshqarayotgandek edi. Mana, 
kutilgan daqiqalar ham keldi. Hamma darvozaxonaga tizilib turib oldi, yo‘lak-
ka boyagi oq poyandoz ham solindi. Eshikdan Robiya aya bilan Abdurahmon 
ota kirib kelishdi. Ular oppoq kiyinishgan. Nazarimda, darvozaxonadan nur 
qalqib kelayotganga o‘xshardi. Hovlida yig‘ilganlar ularni xursandchilik bilan 
kutib olishdi... Duoyi fotihadan keyin mahallaning kattalaridan: «Ha, davlati-
mizga rahmat, biz musulmonlarga Haj amallarini bajarish imkoniyatini ber-
di-ya. Ota-bobolarimiz buni armon qilib ketishdi. Kim o‘ylabdi deysiz, bunday 
imkoniyat bizga berilishini. Yurtimizning tinchligiga ko‘z tegmasin...» degan 
gaplarni eshitdim. O‘sha vaqtlarda bu gaplarning mazmuniga tushunmasam-da, 
qachonlardir og‘ir kunlar bo‘lganini his qilgandek edim...
2017­yilda o‘tkazilgan «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» bo‘yicha
esselar tanlovi g‘olibi I. Obidovaning ishidan


8
Din madaniyat rivojiga ham katta ta’sir ko‘rsatib kel-
moqda. Bundan tashqari, u umuminsoniy va milliy qad-
riyatlarni saqlab qolish hamda avloddan avlodga yetka-
zish borasida ham muhim ahamiyatga ega. 
Din insoniyatning ruhiy dunyosi bilan chambarchas 
bog‘liq bo‘lib, hayotda doimo u bilan birga bo‘lib kel-
gan. 
Bugungi kunda ba’zi kuchlar dinning jamiyatdagi 
vazifalaridan g‘arazli maqsadlarda foydalanishga uri-
nishlarini ham kuzatish mumkin. Natijada minglab ki-
shilar dinsizlikda ayblanib, qonlari to‘kilmoqda. Turli 
diniy shiorlarning noto‘g‘ri talqin qilinishidan ham be-
gunoh insonlar jabr chekmoqda. 
Ana shunday salbiy holatlarning oldini olishda din-
ning turli xalqlar o‘rtasida muloqot o‘rnatishi, ularni 
ma’naviy va ruhiy jihatdan yaqinlashtirishi, zulm va 
zo‘ravonlikka qarshi birgalikda kurashga chaqirishi 
alohida ahamiyat kasb etmoqda. Barcha dinlar ezgulikni 
targ‘ib qiladi. Din va ilm-fan bir-birini to‘ldirib turadi.

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə