Educational Research in Universal Sciences issn: 181-3515 volume


Educational Research in Universal Sciences



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix02.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#108002
1   2   3   4   5   6
72-78

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 1 | 2023
 
 
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal March, 2023 
75
 
Zira o‘simligi tarkibidagi uchraydigan vitaminlar :[3] 
3-rasm.Qora zira-carum carvi 
Kovrak
(Ferula)
turkumi 
(soyabonguldoshlar)
Apiaceae 
(Umbelliferae)
oilasiga 
mansub bo‘lib, ko‘p yillik o‘t o‘simligi hisoblanadi. Kovrakning yer yuzida 160 dan 
ziyod turlari, O‘rta Osiyo respublikalarida 104, mamlakatimizda esa 50 turi uchraydi. 
Smola - yelim olishda sassiq kovrak, Kuhiston kovragi kabi turilaridan 
foydalaniladi[6]. 
“Kovrak urug‘ining qaynatmasi (urug‘i xuddi supurginikiga o‘xshash malla rang, 
shakli ham shunga o‘xshab ketadi) 3 mahal 50 grammdan ichilsa, ona suti ko‘payadi. 
Shirasiga anjir qo‘shib yeyilsa, sariq (gepatit) kasalligini tuzatadi. Yelimiga murch, 
sirka qo‘shib, yomon sifatli yaralarga surilsa, foyda qiladi. Soch to‘kilishiga ham o‘ta 
foydalidir.¹” Kovrakning yelim-smolasi xalq tabobatida ko‘pgina kasalliklarga davo 
bo‘lib, o‘pka sili, o‘lat, zaxm, ko‘k-yo‘tal, tish og‘rig‘i, asab va boshqa kasalliklarni 
Vitaminlar
Uchrash miqdori 
Beta - karotin 
15,2% 
B1vitamini 
41,9% 
B2 vitamini
18,2% 
B6 vitamini
21,8% 
E vitamini 
22,2% 
PP vitamini 
22,9% 


Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 1 | 2023
 
 
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal March, 2023 
76
 
davolash uchun, hamda quvvat beruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi va gijja haydovchi dori 
sifatida foydalaniladi. Ilmiy tibbiyotda kovrak yelim-smolasi – 
“assafetida”
nomi 
bilan kukun, emulsiya va tindirma (nastoyka) holida og‘riq qoldiruvchi, balg‘am 
ko‘chiruvchi, quvvat beruvchi va tinchlantiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi va 
ko‘pgina davlatlar farmokopiyasiga kiritilgan (4-rasm). O‘zbekiston Respublikasi 
Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zR FA Botanika instituti, O‘rmon xo‘jaligi davlat 
qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, Savdo-sanoat 
palatasi, “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” uyushmasi, Dehqonobod tumani hokimligi 
bilan hamkorlikda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani “Beshbuloq QFY 
xududidagi “Eko komfort” xususiy korxonasi tasarrufidagi kovrak plantatsiya dalasida 
“Eksport salohiyati yuqori bo‘lgan dorivor va ziravor o‘simlik – kovrakni yetishtirish” 
mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda mamlakatimiz viloyatlari 
va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan kovrak o‘simligi yetishtirish 
bilan shug‘ullanadiganlar hamda ushbu o‘simlikni yetishtirish istagini bildirgan bir 
qator loyiha ustalari shuningdek, uzoq yillar davomida ushbu dorivor o‘simlikni 
eksport qilib kelayotgan 100 ga yaqin tadbirkorlar ishtirok etdi. Bo‘lib o‘tgan 
seminarda 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-apreldagi 
“Respublikada 
kovrak 
yetishtirishni 
rivojlantirish 
va 
sanoatlashtirishni 
rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 116-sonli Farmonida 
belgilangan topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish masala va muammolari ko‘rib 
chiqildi. Mutasaddi vazirlik va idoralar masʼullari kovrak o‘simligini yetishtirish
qishloq, o‘rmon va yaylov xo‘jaliklarida yer ajratish tartibi, madaniy holda yetishtirish 
uchun mos tuproq-iqlim sharoitlari, davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar hamda 
klaster va kooperatsiya tizimini keng joriy etish haqidagi tadbirkorlarni qiziqtirgan 
savollarga javob berishdi. Shuningdek, seminar davomida 367 gektar maydonda pista 
va kovrak plantatsiyasi tashkil etgan salohiyatli “Eko komfort” xususiy korxonasi 
rahbari madaniy holda kovrak o‘simligini suv tanqis hududlarda yetishtirish 
agrotexnologiyasi, hosil yig‘ishtirish va eksport qilish bo‘yicha o‘z tajribalarini 
ulashdi. Tadbirda aytib o‘tilganidek, respublikada so‘nggi yillarda dorivor va ziravor 
o‘simliklarni rivojlantirishga, xususan tabiiy boyliklardan samarali va unumli 
foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2020-yil 10-apreldagi “Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni 
muxofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan 
oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4670-son qarori sohani tubdan 
rivojlantirishning huquqiy asoslarini yaratib berdi. Ushbu qarordagi vazifalarni amalga 
oshirish natijasida dorivor o‘simliklarni nafaqat tabiatda yovvoyi holda terib olish
balki madaniy holda plantatsiya usulida ko‘paytirish va qayta ishlashni tashkil etish 
bilan shug‘ullanuvchi fermerlar va tadbirkorlar soni ham bilinar darajada ortmoqda. 



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə