Energetika fakulteti


 Maksimal tokli himoyaning ulanish sxemalari



Yüklə 265,94 Kb.
səhifə14/25
tarix30.12.2023
ölçüsü265,94 Kb.
#164153
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Abu rayxon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti-fayllar.org

2.5.2. Maksimal tokli himoyaning ulanish sxemalari. 

Maksimal tokli himoyadagi tok relelarining ulanish sxemalari shunday 


tanlanadiki bunda transformatorning past kuchlanish tomonidagi barcha qisqa


tutashuvlarda himoyaning sezgirligi eng katta bo‘lishi lozim. 


Tuliq yulduz (uch fazali uch releli sxema 2.9 rasm;
1

sx


k

) ulanishli sxema 

kamdan kam hollarda qo‘llaniladi, chunki 6-35 kV li tarmoqlarda ikki fazali erga


qisqa tutashuvlarda shikastlangan tarmoqni tanlab o‘chirmaslikka olib kelishi 
mumkin. Tuliq yulduz sxemasi ulangan 110 kV va undan katta kuchlanishli
transformatorlarda bir fazali tashqi qisqa tutashuvlarda himoyani ishlamasligini 
ta’minlash maqsadida himoyani sezgirligini sun’iy ravishda kamaytirish lozim.
Odatda 110 kV va undan katta kuchlanishli tarmoqlarda masofali himoya 
qo‘llaniladi.

2,9-rasm.


Uch fazali uch releli sabr vaqtli maksimal tokli himoya sxemasi. 


To‘liq bo‘lmagan yulduz sxemasi (ikki fazali ikki releli yoki ikki fazali uch
releli sxemasi, 
2.10-rasm
) 6-35 kV tarmoqlarda qo‘llaniladi, chunki ushbu 
tarmoqlarda neytrali izlolyasiyalangan yoki kompensatsiyalanganligi tufayli bir
fazali qisqa tutashuvlar sodir bo‘lmaydi. Ikki fazali erga qisqa tutashuvlarda 
tanlovchanlikni oshirish maqsadida tok transformatorlar bir nomli fazalarda
(odatda A va C) o‘rnatiladi. Cho‘lg‘amlari «yulduz/uchburchak» (
) va



33


«uchburchak/yulduz» (
)
ulanishli 

transformatorlarda


hamda

ushbu
transformatorlarni ta’minlayotgan tarmoqlarda uch releli sxemani qo‘llash 


maqsadga muvofiqdir. Transformatorning past kuchlanish tarafidagi ikki fazali
qisqa tutashuvlarda yuqori cho‘lg‘amdagi fazalardan birida boshqa fazalaga 
nisbatan ikki barobar katta qisqa tutashuv toki oqadi. Ikki fazali qisqa
tutashuvlarning uchtasidan birida (A-B, B-C, C-A) himoyasi o‘rnatilmagan B 
fazaga tug‘ri kelib qolishi inobatga olsak himoyaning sezgirligi ikki barobarga
kamayadi. Ushbu holatda himoyani sezgirligini oshirish maqsadida ikki fazali 
sxemaning qaytish simiga qo‘shimcha KA 3 relesi ulanadi (
2,10

-rasmdagi uziq


chiziqlar bilan ko‘rsatilgan). 

2.10-rasm. Ikki fazali ikki releli (uch releli) sabr vaqtli maksimal tokli himoya 


sxemasi.




Uchburchak (tok transformatorlari uchburchak relelar yulduz) ulanishli 
sxema 35 kV va undan yuqori kuchlanishla transformatorlarning himoyalash
maqsadida qo‘llaniladi (2.11-rasm). Simmetrik rejimda va 3 fazali qisqa 
tutashuvda reledan fazadagi tokdan
3

martta tok ya’ni liniya toki oqib o‘tadi, 


shuning uchun sxema koeffitsienti
3



cx

k
ga teng. 
Ushbu uchburchak ulanishli sxemada (to‘liq yulduz ulanishli sxemaga
qaraganda) himoya bir fazali tashqi qisqa tutashuvlarda ishga tushmaydi. 


34


Cho‘lg‘amlari «yulduz/uchburchak» (
) ulanishli ikki cho‘lg‘amli 
transformatorlarda uchta reledan bittasi ishlatilmasa ham bo‘ladi, ushbu holatda
himoyaning sezgirligi o‘zgarmaydi (2.11-rasmdagi KA2 relesi). 

2.11-rasm. Tok transformatorlari uchburchak relelar yulduz ulanishli maksimal 


tokli himoya sxema.





Yüklə 265,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə