Ent davlat sharqsh



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə31/43
tarix19.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#151521
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43
pdffox.com turkiy-tildan-fors-tiliga-ozlashgan-sozlarning-fon

III bob bo‘yicha xulosalar

Ishimizning uchinchi bobiga bagishlangan ozlashmalarning morfologik tahliliga xulosa yasab shuni aytishimiz mumkinki, turkiy tildan fors tiliga ozlashgan sozlarning asosiy qismi ot soz turkumiga oid sozlardir. Bundan tashqari boshqa sifat, fel, ravish soz turkumida ham turkiy o‘zlashmalar aniqlandi. Son soz turkumida faqat 2 ta turkiy ozlashma aniqlandi. Olmosh soz turkumiga mansub turkiy o`zlashmalar uchramadi. Ularning fors tili lug‘at tarkibidagi morfologik moslashuv jarayoni organildi va bu hodisa jumlalar tarkibida korib chiqildi.

95 A.Quronbekov .Fors tili leksikologiyasi. Т., 2008.51-bet.

69
IV BOB. TURKIY TILDAN FORS TILIGA O‘ZLASHGAN

SO‘ZLARNING SEMANTIK TAHLILI

O‘zlashmalarning moslashuv jarayoni orasida semantik jihatdan moslashuvning ahamiyati katta va ancha qiziqarlidir. Umuman olganda, leksik birliklarning manosi va undagi ozgarishlarni o‘rganuvchi semantika (semasiologiya) barcha zamonaviy tilshunoslik maktablarida ota muhim bo‘limlardan hisoblanadi96. Zero, til avvalo muloqot va axborot almashinuvi qurolidir. Shuningdek, so‘zning semantik strukturasi, sozning leksikografik talqini, monosemiya, polisemiya kabi masalalar bilan chambarchas bog‘lanadigan bu muammo faqat semasiologiya uchun emas, balki tilning boshqa lingvistik bahslari (leksikologiya, leksikografiya, onomasiologiya, etimologiya kabilar) uchun ham prinsipial ahamiyatga ega97.
Har bir tilning lugat tarkibidan joy olgan har qanday so‘z, xoh u ozlashma boladimi, xoh tilning asl lug‘at fondiga oid soz bo‘ladimi, birinchi navbatda u manolar anglatishi bilan qadrliroqdir. Chunki so‘z mano semasiz yoki tovushli (jarangli) belgisiz yuzaga chiqmaydi. Oz tabiatiga ko‘ra farqlanuvchi bu ikki jihat ayni paytda muayyan unsurning yaxlitligini, ajralmasligini tashkil etadi. Tovush mano–mazmunga xizmat qilishi bois mano sozning asosiy elementi hisoblanadi. Soz manosi voqelikning til sohiblari tomonidan aynan bir xil, o‘xshash yoki yaqin idrok qilinishiga asoslanadi, til egalarining bilish salohiyatiga muvofiq tuziladi. Inson shuurida aks etuvchi inikos, asosan, kishilarning o‘zaro muloqot jarayonida, ularning tilida royobga chiqadi. Soz shakli esa soz ideal tomonning material timsoli hisoblanib, u tufayli mano (ideal tomon) suhbatdoshga tushunarli boladi. Demak, sozning material tomoni nafaqat ideal (ma’no) tomonini ifodalaydi va royobga chiqaradi, balki ideal tomonning kommunikativ, umumiy, tushunarli bolishi uchun xizmat qiladi. Ideal tomon material tomonsiz mavjud

96 Гайсина Г.Р. Персидскиe заимствования в башкирском языке: Автореф. дис. канд. филол. наук. Уфа, 2008. C. 7.
97 Қўчқортоев И. Ўзбек тили лексик семасиологияси ва унинг актуал вазифалaри // Ўзбек тили ва адабиёти. Тошкент: Фан, 1982. 6. Б. 27.
70
bo‘lolmasligi kabi, material tomon ham ideal tomonsiz yuzaga kelmaydi. Soz

yangilanibgina, yangi qiyofaga kiribgina qolmay, shuningdek, o‘z fonetik korinishi (shaklini) ni o‘zgartirmagan holda semantik ozgarishlar negizida qayta maydonga chiqishi mumkin98.
Soz ozlashishi dastlab so‘z va uning ayrim leksik manolari holatida yuz berib, semantik tuzilishi tola ozlashmaydi. Chunki tilga kirib kelgan dastlabki davrda o‘zlashmaning manosi tola beriladigan va ifodalanadigan kontekstda hali shakllanmaydi. Zero, u xalqlarning o‘zaro madaniy munosabatiga bog‘liq holda, unga tobe munosabatda qabul qilingan narsa va predmetlarni ifoda etuvchi leksik manosi orqaligina qabul qilingan boladi99.
Chet so‘z asta–sekin tilda malum leksik birliklar bilan bogliq holda ishlatila boshlaydi. Nutqda muayyan qo‘llanish shakllarini oladi. Til egalari ona tillaridan unga mos ekvivalent topishga harakat qilishadi. Mabodo, shunday til birligi bo‘lsa, o‘zlashmaning manosi yanada oydinlashadi va konkretlashadi. Uning tilda qollanilish o‘rni belgilanib, ishlatilishi aktuallashadi. Nomlangan faktorlar chet soz manosiga, u anglatuvchi tushuncha va tasavvurlarga ham tasir qiladi. Zero, chet so‘zning manosi qabul qiluvchi tilning lugat tarkibi, taraqqiyot darajasiga qarab tola, qisman va hatto butunlay ozgarib ham ozlashishi mumkin100.
Turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlarning semantikasidagi o‘zgarishlarni o‘rganish ancha qiziqarli va shu bilan birga unda biroz murakkab va nozik qirralari mavjud.
Birinchidan fors tilidagi turkiy ozlashmalar uzoq muddatli vaqt mobaynida o‘zlashgan. Ilk turkiy elementlar islomdan keyingi davrning boshlariga to‘gri kelsa, XIX asrga kelib ham ularning fors tiliga kirib kelishi davom etgan. Ana shu katta davr ularni ma’no jihatdan tadqiq etishda biroz qiyinchilik tugdiradi.
Ikkinchidan turkiy tillardan ozlashmalar fors tilidagi boshqa arab yoki yevropa (fransuz, ingliz va rus) tillaridan kirgan o‘zlashmalar singari muayyan va
98 Дадабоев Ҳ ., Ҳамидов З., Холмонoва З. Ўзбек адабий тили лексикаси тарихи. Тошкент: Фан, 2007. Б. 102.
99 Ўзбек тили лексикологияси. Тошкент: Фан, 1981. Б. 271.
100 Жуманиёзов О. Ўзбек тилидаги герман тиллари ўзлашмалари. Тошкент: Фан, 1987. Б. 85-86. 71
aniq bir tildan ozlashmagan. Bunda bir qator turkiy tillar oilasiga mansub bolgan

tillar nazarda tutiladi. Ammo, bu fors tiliga ozlashmalarning kirib kelishida barcha turkiy tillar ishtirok etgan degani emas. Hozirgi fors tili lugat tarkibidagi turkiy ozlashmalarning asosiy qismi ozarbayjon, turk va shu kabi boshqa og‘uz tillaridan kirganligini takidlash lozim. Ularning ozlashgan davri asosan XV asrdan buyog‘idir. Shuning uchun ko‘pgina adabiyotlarda ozarbayjoncha sozlar” deb ham beriladi. Forsiy manbalarda esa ىناجیبرذآ ىاه هژاو vājehā-ye āzarbayjāni ozarbayjoncha so‘zlar va ىناجیبرذآ ىكرت ىاه هژاو vājehā-ye torki– āzarbayjāni turkiy–ozarbayjoniy sozlar deb beriladi.
Mazkur magistrlik dissertatsiyamizning to‘rtinchi bobida turkiy tildan fors tiliga ozlashgan sozlarning semantikasi tahlil etildi. Bunda asosan mano kengayishi, mano torayishi, yangi ma’no kasb etish va mano ozgarishisiz kochishi kabi semantik xususiyatlar organildi.


Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə