Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   57

90
Surunkali kasalliklarni keltirib chiqaruvchi zamburug‘lar
sporalari, mitseliysi tuproqda, o‘simlik qoldiqlarida uzoq yillar
davomida saqlanib qoladi. Masalan, ko‘k no‘xatning zang,
g‘o‘zaning gommoz, vilt, tutning fuzarioz vilti va yuqumsiz
kasalliklardan xloroz uzoq yillardan buyon davom etib
kelmoqda.
O‘simlik yoshiga qarab kalassifikatsiya qilish. Har qanday
kasallik o‘simlikning ma’lum yoshida unga kuchli xavf tug‘diradi.
Masalan, ayrim kasalliklar ekinlar urug‘dan ungan ko‘chatlarini
zararlasa, ayrimlari pitomniklarni, ayrimlari mevali bog‘larni
zararlaydi.
O‘simlik a’zolariga qarab klassifikatsiya qilish. Ko‘pgina
kasalliklar o‘simliklarning urug‘iga, tuganagiga, ildiziga,
poyasiga, bargiga, guliga, mevasiga, boshpiyoziga moslashgan
bo‘ladi.
Etologik klassifikatsiya. Bu klassifikatsiyaga asosan o‘simlik
kasalliklari ikkita guruhga bo‘linadi. 1. Yuqumsiz kasalliklar. 2. Yuqumli
kasalliklar.
Yuqumsiz kasalliklar o‘simliklarda ekologik muhitning abiotik
omillari, harorat, namlik, zaharli moddalar natijasida vujudga keladi.
Yuqumsiz kasalliklar o‘simliklarga abiotik omillarning ta’siriga qarab
quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. O‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan sharoit
yoki tuproqdagi oziq moddalar yetishmasligi yoki ko‘pligidan kelib
chiqadigan kasalliklar.
2. Metereologik omillarning ta’siridan vujudga keladigan
kasalliklar.
3. Mexanik ta’sirdan vujudga keladigan kasalliklar.
4. Havoning tarkibidagi zararli moddalar ta’sirida vujudga
keladigan kasalliklar.
5. Ion nurlari ta’sirida vujudga keladigan kasalliklar.
Yuqumli kasalliklar o‘simliklarga patogen mikroorganizmlar
ta’siri natijasida vujudga keladi. Yuqumli kasalliklar biotik omillar
ta’siri natijasida vujudga kelib, quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
1. Zamburug‘ kasalliklari.
2. Bakterial kasalliklar.
3. Aktinomitsitlar keltirib chiqaradigan kasalliklar.
4. Virus kasalliklari.


91
5. Mikoplazma kasalliklari.
6. Nemetodalar keltirib chiqaradigan kasalliklar.
7. Gulli parazitlar keltirib chiqaradigan kasalliklar.
 Savollar
O‘simliklar kasalliklari klassifikatsiyasining mohiyati nima?
O‘simlik kasalliklari kelib chiqishiga qarab qanday turlarga bo‘linadi?
Kasallik tufayli o‘simliklarda qanday o‘zgarishlar amalga oshadi?
Yuqumli kasalliklarining kelib chiqish sabablari qanday?
Yuqumsiz kasalliklarining kelib chiqish sabablari qanday?
O‘simlik kasalliklari qanday klassifikatsiya qilinadi?


92
6-BOB. O‘simliklarning yuqumsiz kasalliklari
Yuqumsiz kasalliklarni keltirib chiqaruvchi abiotik omillarga
noqulay sharoit (oziqlanish, suv balansi) va metrologik faktorlar
(harorat, yorug‘lik) kiradi.
6.1. O‘simliklarning tuproqda oziq moddalar yetishmasligidan
kelib chiqadigan kasalliklari
Me’yorida oziqlanish barcha tirik organizmlarning o‘sish va
rivojlanishi uchun zarur. Tuproqda oziq moddalarning yetishmasligi
o‘simlikdagi muhim jarayonlarning buzulishiga olib kelib, turli
patalogik holatlarni keltirib chiqaradi.
O‘simliklarning normal rivojlanishi uchun asosiy elementlar
(azot, kaliy, fosfor, kalsiy, temir va h.k.) va mikroelementlar —
marganes, bor, mis, rux kabilar asosiy rol o‘ynaydi.
Tuproqdagi oziq moddalar, hatto ularning bir turi
yetishmasa, uning o‘rnini boshqalari bosa olmaganidan ular
tabiatda zarur miqdorda boshqa moddalar bilan muvozanatda
bo‘lishi kerak.
Tuproq tarkibida uchraydigan azot aminokislotalar tarkibiga
kirib, ulardan oqsil hosil bo‘ladi.O‘simlikka tuproqdan azot
yetishmasa, u o‘sishdan orqada qoladi. Natijada uning poyasi,
navdasi yaxshi rivojlanmay qisqa, nimjon bo‘lib qoladi. Mevali
daraxtlar hujayrasida uglevod va antotsion moddalarining ko‘p
to‘planishi navdalarning egiluvchanlik xususiyatining yo‘qolishi,
qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangga kirishiga sabab bo‘ladi. Danak mevali
daraxtlarda esa navdalar buralib o‘sib, qisqa, qattiq bo‘lib qoladi.
G‘alla ekinlarida boshoq hosil qilish sustlashadi. Barcha ekinlarda
gullash jarayoni kamayib, ildizlari yaxshi rivojlanmaydi. O‘simlik
barglari och yashil, sarg‘ish rangga kiradi. Qulupnayda tanoblar
hosil bo‘lishi sekinlashadi, meva tugunlari sekin-asta tushib ketib,
qolganlari mayda bo‘lib qoladi. O‘simlik barglari erta to‘kilib,
yon novdalar vertikal holda joylashadi.


93
Ekinlarda azot yetishmasligidan yuzaga keladigan kasalliklar
tinimsiz yog‘ingarchilikdan keyin tuproq qatlamida azotning pastki
qatlamlarga yuvilib ketishi yoki sovuq, quruq iqlim sharoitida
tuproqda nitrifikatsiya jarayoni ro‘y berganda kuzatiladi. Ekinlarga
azot yetishmasa bargninig quyosh energiyasidan foydalanish
koeffitsiyenti va fotosintez intensivligi pasayishiga, hosildorlik
kamayishiga olib keladi.
Tuproq tarkibidagi kaliyni o‘simlik o‘zlashtirishi silikat
bakteriyalari parchalanishi oqibatida kelib chiqadi. Kaliy
o‘simliklarning kasalliklarga chidamliligini orttiradi.
Kaliy yetishmasa, o‘simlik o‘sishdan orqada qoladi, navdalari
sust rivojlanib, buralib ketadi, ichki qismi quriydi, bo‘g‘in
oraliqlari qisqaradi. G‘alla ekinlari ko‘p to‘plansa-da, boshoq
kam hosil qiladi. Meva tugunchalari tushib ketib, urug‘lar mayda
bo‘lib qoladi. O‘simlik barglari to‘q yashil, ko‘kish, bronzasimon
rangga kiradi. Barg plastinkasida turgor holati yo‘qolib, o‘simlik
so‘liydi. Bunday o‘simliklarning yer osti a’zolari (ildiz tuganak va
ildiz meva) yaxshi rivojlanmay, yer usti a’zolari taraqqiy etib
ketadi. Olma, pomidor, smorodina mevalari bir vaqtda yetilmaydi.
Fosfor yetishmasa, o‘simlik o‘sishdan orqada qoladi. Navda,
poya va ildiz sust rivojlanib, barg to‘q yashil-ko‘kish, binafsha
(makkajo‘xori, jo‘xori, pomidor) rangda bo‘ladi. Poyaning pastki
yarusida joylashgan barglarda nobud bo‘lgan hujayralar hisobiga
qo‘ng‘ir qora rangdagi dog‘lar paydo bo‘ladi. Yosh barglar va
mevasi mayda, tezda tushib ketadi. O‘simlikda fosfor yetishmasa,
unda qand moddasining to‘planishi va nafas olish metabolizmi
o‘zgaradi.
O‘simlik hujayra po‘sti tarkibiga kiradigan moddalardan kalsiy
yetishmasa, o‘simlik ildiz tizimi tez rivojlanib, uchki kurtakchalari
nobud bo‘ladi, barglari maydalashadi. Barglar qirralarida oq
chiziqli dog‘lar (sholg‘om, turp, karamda) paydo bo‘lib,
yuqoriga qarab buralib ketadi (lavlagi, kartoshkada), barglari
so‘liydi.
Temir o‘simlikning normal rivojlanishi uchun zarur
elementlar qatoriga kiradi. U barg tarkibida ko‘p uchrab,
xlorofillning hosil bo‘lishida va nafas olish fermentlari tarkibida
asosiy rol o‘ynaydi.
O‘simlikda temir yetishmasa — xloroz kasalligi vujudga keladi.
Natijada o‘simlik barglari muntazam sarg‘ayib (olma, malina)


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə