Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57

84
Chirish.  Bu  ti pdagi  kasalliklar   suv   va  zapas oziq moddalarga
boy (meva, ildizmeva, boshpiyoz) a’zolarda va poyada
kuzatiladi. Chirish bilan kasallangan a’zolar to‘qima va
hujayralarni birlashtirib turgan hujayralararo moddalar
patogenning fermentlari ta’sirida parchalanib, ular bir-biridan
ajralib ketadi. Natijada, bo‘tqaga o‘xshash suyuq massa hosil
bo‘lib, turli xil rangga va xidga ega bo‘ladi. Chirish rangining
kelib chiqishi kasallik qo‘zg‘atuvchisining turiga qarab oq
c h i r i s h   —   s a b z i ,   k u n g a b o q a r ,   l a v l a g i d a   ( S c l e r o t i n i a
sclerotiorum), qizg‘ish chirish — bodring, g‘o‘za ko‘sagida
(Trichothecium roseum Fr.), karamda (Fusarium oxysporum
Schl.f conglutinans); qo‘ng‘ir chirish — qulupnay, karamda
( B o t r u t i s   c i n e r e a   P e r s . ) ;   q o r a   c h i r i s h — k a r t o s h k a d a
(Pectobacterium phytophthorum Appel.), pomidorda (Diplodina
destructiva Plowr.) kabi turlarga bo‘linadi.
Chirishning kelib chiqishiga qarab: suvlik chirish — pomidor
mevasining chirishi (Pectobacterium carotovorum Waldee), nam
chirish (Pseudomonas xanthochlora Stapp.), quruq chirish —
kartoshka tuganagining chirishi (Fusarium oxysporum Schl.f.solani),
makkajo‘xori so‘tasining chirishi (Diplodia zeae Lev.) kabilar
kiradi.
O‘simliklarning so‘lishi (inglizcha —
wilt — so‘lish) kasallangan
o‘simlik ildizi, poyasi to‘qimalarining zamburug‘ mitseliy va sporalari
bilan to‘silib qo‘yishi natijasida hosil bo‘ladi. To‘qimalarda nekrozning
hosil bo‘lishi mikroorganizmlar hosil qilgan zaharli moddalar
ta’sirida vujudga keladi.
O‘simliklarda so‘lish kasalligi novdaning eng yuqorisida
joylashgan barglarga suv yetishmasligi tufayli turgor holatining
buzilishi natijasida vujudga keladi. Bunday o‘simliklar poya va
novdalari ko‘ndalang kesib ko‘rilganda halqasimon shaklda yog‘ochlik
qismining qorayib ketganligi ko‘rinadi. So‘lishni zamburug‘lar
keltirib chiqarsa — traxeomikoz, bakteriyalar — traxeobakterioz,
viruslar — mozaika deb nomlanadi. Ko‘pincha o‘simliklardagi so‘lish
kasalligini Fusarium va  Verticillium turkumiga mansub zamburug‘lar
keltirib chiqaradi.
Nekroz-qorayish. O‘simlik vegetativ a’zolaridagi to‘qimalarning
ayrim hujayralarining xalok bo‘lishi natijasida qorayib qoladi.
Qorayish o‘simlik a’zolarining parenxima to‘qimalarida, po‘stloq,
kambiy, barg tomirlarida kuzatiladi.


85
Dog‘lanish. O‘simlik parenxima hujayralari ma’lum qismining
rangini o‘zgarishidan hosil bo‘ladi. Ular zamburug‘lar, bakteriyalar,
viruslar va abiotik omillar ta’sirida vujudga keladi. Hosil bo‘lgan
dog‘lar o‘lchami va rangi bilan bir-biridan farq qiladi. Uning yuzasida
zamburug‘lar yoki bakteriya meva tanalarida hosil bo‘lgan sporalar
to‘plami ko‘zga tashlanadi.
Kuyish o‘simlik bargida, navdasida va to‘p gullarida hosil
bo‘ladi. Monilioz kuyish olmada (Monilia cinerea Bonord .f. mali),
danakli daraxtlarda (M.laxa Ehr.) kuzatiladi. Kasallangan barg
va navda olov yoki sovuq urganga o‘xshab qisqa muddat ichida
qurib qoladi.
Xloroz —kasallik qo‘zg‘atuvchi patogen mikroorganizmlarning
salbiy ta’siri natijasida o‘simlik bargidagi xloroplastlar miqdorining
keskin kamayib ketishiga sabab bo‘lib, barg rangsizlanadi. Xloroz
kelib chiqishiga ko‘ra tuproqda temir, marganes yetishmasligidan va
viruslar, mikoplazmalar ta’sirida vujudga kelishi mumkin. Ko‘rsatib
o‘tilgan kasallik belgilarini ularga diagnoz qo‘yishda e’tiborga olish
kerak, chunki kasallikni to‘g‘ri aniqlamasdan unga qarshi kurash
chorasini to‘g‘ri belgilash mumkin emas.
O‘simlik a’zolari rangining o‘zgarishi unda ro‘y bergan patologik
jarayon natijasida hosil bo‘ladi. Bular qatoriga abiotik omillar
ta’sirida vujudga kelgan sarg‘ayish, mozaika, ituzumdoshlardagi
stolbur, uzumning qizarishi (Pseudopeziza tracheiphila Mull.
Thurg.), qarag‘ay ilotesi (Lophodermium pinastri Chev.) misol
bo‘ladi.
O‘smalar (rak) hosil bo‘lishi. O‘sma — o‘simlik a’zolaridagi
hujayralarning tinimsiz bo‘linib, shish hosil qilishidan yuzaga keladi.
Ular yuqumli va yuqumsiz bo‘lishi mumkin.
Yuqumli rak kasalligi virus va bakteriyalar tomonidan keltirib
chiqariladi. Shishning hosil bo‘lishi patogenning o‘simlik
hujayralarining shaklini yiriklashishi yoki uning hayot davomida
hosil qilgan moddalarining ta’sirida yuzaga keladi.
Gallar — o‘simlik to‘qimasi tuzilishida qatnashgan
hujayralarning patogen mikroorganizmlar ishlab chiqargan
toksinlar ishtirokida mayda bo‘lakchalarga bo‘linishi natijasida hosil
bo‘ladi.
G‘uborlarning hosil bo‘lishi. O‘simlik kasalligining bu turi
zamburug‘lar uchun xos bo‘lib, zararlangan barg, poya va mevalarda
zamburug‘ning mitseliysi va sporalarning to‘plami yuzaga keladi.


86
Bu g‘uborlar turli rangda bo‘lib, zararlangan o‘simlik yuzasidan
osonlik bilan sidiriladi. Ayrim hollarda g‘uborlar to‘qimalarda
o‘zgarishlarni vujudga keltirib, kuchli zararlanganda barglar quriydi.
G‘uborlarning hosil bo‘lishiga yaqqol misol qilib un shudring
kasalligini olish mumkin. Bodring un shudring bilan kasallanganda
uning bargida oq yoki kul rang g‘uborlar paydo bo‘ladi. Shu bilan
birga tokning oidium, g‘alla ekinlarning un shudring kasalligi,
pomidorning qo‘ng‘ir dog‘lanish kasalligida ham g‘uborlar hosil
bo‘ladi
Yastiqchalarning hosil bo‘lishi. Yastiqchalar zararlangan o‘simlik
sirtida zamburug‘ning sporalar to‘plami tufayli yuzaga keladi.
Sporalar yetilgunga qadar sirtidan epidermis bilan qoplanib turadi,
epidermis yorilib, tashqariga chiqqan yetuk sporalar shamol va
yomg‘ir orqali atrofga tarqaladi. Yastiqchalarning shakli xo‘jayin
o‘simlikning xususiyatiga bog‘liqdir. Yastiqchalar bilan tanishish
uchun g‘alla ekinlarining zang kasalliklari namunalarini kuzatish
kerak.
O‘simlik a’zolarining o‘zgarishi (deformatsiya). Xaltali
zamburug‘lar, viruslar va boshqa sabablar tufayli yuzaga keladigan
o‘simlik a’zolaridagi (barg, poya, mevada) o‘zgarishlarni olish
mumkin. Uning quyidagi turlari mavjud:
Bujmayish  (tirishish, burishish, buralish) barglarning
parenxima hujayralarining barg tomirlariga nisbatan tez rivojlanishi
tufayli bularning oraliq qismi bo‘rtib chiqadi, masalan, shaftoli
bargining bujmayish kasalligi.
D a n a k s i z l a n i s h   d a n a k l i   m e v a   d a r a x t l a r i n i n g   g u l
tugunchasining zararlanishi natijasida noto‘g‘ri rivojlanishi tufayli
danaksiz meva qopchasi yuzaga keladi (olxo‘ri mevasining
danaksizlanishi).
Supurgining hosil bo‘lishi o‘simlik poyalarining noto‘g‘ri
rivojlanishi oqibatida yuzaga keladi. Buni zamburug‘ning ayrim
avlodlari (olchada-Tarhrina avlodiga mansub zamburug‘lar)
yoki mikoplazmalar (tolda) yuzaga keltiradi. Kasallik tufayli
poyalar mayda va to‘planib o‘sib, ko‘rinishi supurgini
eslatadi.
Barg va mevalarning shaklini o‘zgarishi viruslar keltirib
chiqaradigan kasalliklar tufayli hosil bo‘ladi (g‘o‘za bargining
bujmayishi, kartoshka va pamidorning stolbur, barglarning
paportniksimon shaklda bo‘lishi).


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə