Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57

87
Yelimlarning hosil bo‘lishi daraxt va butalarning poya, navda va
mevalarida tashqi muhitning noqulay sharoiti yoki
mikroorganizmlar ta’sirida yuzaga keladi. Zararlangan o‘simlik
a’zosining hujayrasi va hujayra devorlarining gidrolizlanishi tufayli
sarg‘ish yoki qo‘ng‘ir rangli, ayrim holda qotib qoladigan
yelimsimon modda ajralib chiqadi.
Ekinlar kasalliklari tufayli ayrim davlatlarning qishloq
xo‘jaliklari yo‘nalishlari o‘zgargan. Kofe daraxtining zang kasalligi
tufayli Osiyoda kofe yetishtirish tugatilgan. G‘arbiy yarim sharda
yetishtirilayotgan shakarqamishning virusli mozaika kasalligi
tufayli nobud bo‘lishi kasallikka chidamli navlarni yaratgungacha
saqlanib qolgan. Ekinlarning bunday kasalliklari keng tarqalishi
turli sharoitlarda takrorlanib turadi. Avstraliyada 1890-yil tamakida
keng tarqalgan soxta un shudring kasalligi, 1958-yilda dastlab
G‘arbiy, keyin Sharqiy Yevropada, 1960-yilda Rossiyada va
Kavkazortida kuzatilgan. Kasallik tufayli tamaki ko‘chatlari to‘liq
qurib qoladi.
1953—1954-yillarda bug‘doy hosilining 70—80% ni nobud
qilgan bug‘doyning qattiq qora kuya va zang kasalligi AQSH,
Kanadada keng tarqalgan. Kasallikka qarshi kurashishning asosiy
yo‘li chidamli navlarni yaratishdir.
Q i s h l o q   x o ‘ j a l i k   e k i n l a r i n i n g   k a s a l l i k l a r d a n   k e l i b
chiqadigan zararlari bevosita va bilvosita turlarga bo‘linadi.
Kasalliklar tufayli  ekinlar hosilining nobud bo‘lishi sog‘lom
o‘simlik hosilidan kasallangan o‘simlik hosilini ayirish asosida
hisoblanadi. Masalan, chang qorakuya kasalligi tufayli bug‘doy
boshog‘ining to‘liq nobud bo‘lishi kasallangan o‘simliklar
hosilining 1 ga yerdagi kamayishining foizdagi miqdoriga teng
bo‘ladi.
Ba’zan kasallik tufayli hosil miqdori kamaymasdan, uning sifati
yomonlashadi. Kartoshka va olmaning kalmaraz, o‘rikning teshikli
dog‘lanish kasalliklari hosilning tashqi ko‘rinishini va mazasini
yomonlashtiradi. Demak, ekinlar hosili narxining pasayishi hisobiga
ko‘rilgan bunday zarar bevosita zarar deyiladi.
B i l v o s i t a   z a r a r   m i q d o r i   k a r t o s h k a n i n g   f i t o f t o r o z
k a s a l l i g i d a n   u n i n g   p o y a s i   y o k i   t u g a n a g i n i n g   m i q d o r i
kamayishida ifodalanmasdan, keyinchalik tuganaklarini saqlash
jarayonida boshqa tuganaklarning chirishiga olib kelishida
namoyon bo‘ladi.


88
Qishloq xo‘jaligi ekinlarining kasalliklarga chidamli navlarni
yaratish, kasalliklarga qarshi kurash bo‘yicha sarf qilingan xarajatlar,
ilmiy-tadqiqot institutlari, firmalar va xo‘jaliklarning xarajatlari
birgalikda juda katta iqtisodiy zararni keltirib chiqaradi. Masalan,
AQSHda qishloq xo‘jaligi ekinlarining kasalliklaridan ko‘radigan
zarari yiliga 3 mlrd dollarni tashkil qiladi yoki yillik mahsulotlarning
10%i nobud bo‘ladi.
Qishloq xo‘jalik ekinlarining kasalliklari xo‘jaliklarga nafaqat
iqtisodiy zarar yetkazadi, ularning ta’sirida ko‘pgina qishloq
xo‘jalik mahsulotlari insonlar va hayvonlar uchun zaharlilik
xususiyatlarini namoyon qiladi. Bunday mahsulotlardan
tayyorlangan oziq-ovqatlar insonlarning zaharlanishini keltirib
chiqaradi. Ko‘pgina g‘alla ekinlarini kasallantiruvchi Fusarium,
Stachyobotrys, Aspergillus zamburug‘larining toksinlari inson va
hayvonlar uchun katta xavf tug‘dirib, ko‘pincha o‘limga olib
keladi.
 Savollar
O‘simliklar kasalliklarining tashqi va ichki belgilari qanday kelib chiqadi?
Kasallik belgilarining farqi qanday?
O‘simlik kasalliklarining ti plari nechta?
Chirish kasalligi qanday kelib chiqadi?
So‘lish kasalligi qanday kelib chiqadi?
Nekroz, dog‘lanish, kuyish va xloroz kasalliklarining belgilari qanday?
O‘simlik kasalliklarining bevosita va bilvosita zararlarini tushuntirib bering.


89
5-BOB. O‘simliklar kasalliklarini klassifikatsiya qilish
O‘simliklarning kasalliklarini klassifikatsiyaga solish ularning
tabiatini to‘g‘ri tushunish va uni o‘rganishni osonlashtiradi. Tabiatda
kasalliklarning ko‘rinishi va kelib chiqishi har xil bo‘lganidan
ularni sistemaga solish talab etiladi.
O‘simliklar kasalliklarini dastlab klassifikatsiyaga solish
borasidagi ishlar Kulter (1914) ijodiga oid bo‘lib, u patogenlarning
hujayrani nobud qiluvchi va uning hisobiga yashovchi, patogen
hujayrani nobud qilmasdan uning hisobiga yashovchi va tabiiy nobud
bo‘lgan o‘simlik qismlarida, qoldiqlarida hayot kechiruvchi turlarga
ajratgan.
O‘simlik kasalliklarini mukammal o‘rganish, uning kelib
chiqishi va xususiyatlarini to‘g‘ri umumlashtirishda quyidagi
prinsi plarga   amal  qiladigan  klassifikatsiyalar   yaratilgan.
Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra klassifikatsiya qilish. Kasalliklar
o‘simliklarning kasallangan a’zolarida hosil qilgan tashqi
belgilariga qarab umumiy prinsi p  asosida bir  guruhga
birlashtirilgan.
Kasallikning hosil bo‘lish o‘rniga qarab klassifikatsiya qilish.
O‘simlikning ayrim a’zolarini kasallantiruvchi va o‘simlikning butun
faoliyatini o‘zgartiradigan kasalliklarga bo‘linadi. Birinchi guruhga
olxo‘rining danaksizlanish, makkajo‘xorining pufakli qorakuya,
dog‘lanish kasalliklari, ikkinchi guruhga tuproqda hayot kechiruvchi
zamburug‘lar yoki ob-havo sharoitining o‘zgarishidan vujudga
keladigan xloroz, sovuq urish, so‘lish, ildiz chirish kasalliklari
kiradi.
Kasallikning davom etish muddatlariga qarab klassifikatsiya qilish.
Kasalliklar qisqa muddatli va surunkali o‘tishi bilan bir-biridan
farq qiladi. Qisqa muddatli kasalliklar tez o‘tib bir vegetatsiya davrida
davom etsa, surunkali kasalliklar yildan yilga o‘tib boradi. Masalan,
kartoshkaning fitoftoroz, donli ekinlarning zang kasalliklari
keltiradigan zarari ko‘pligi tufayli milliy zarar doirasidan chiqib,
dunyo miqyosida zarar keltiruvchi kasallikka aylangan.


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə