Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57

114
8.2.Bakteriyalar sistematikasi
Bu masalasida olimlar fikr va mulohazalari turlichadir.
Bakteria bo‘limi yadrosiz organizmlar bo‘lganligidan Procaryota
deb ataladi. Bakteriyalar klassifikatsiya qilinayotganda ularning
morfologik, fiziologik, o‘sish xususiyatlari muhim ahamiyatga
ega bo‘lib, shakli, kattaligi, harakati, xivchinlari, spora hosil
qilishi, Gramm rangiga bo‘yalishi, koloniyasining rangi va
o‘lchamiga, oziqa muhitiga bo‘lgan munosabatiga alohida e’tibor
beriladi. Ko‘rsatilgan belgilarga qarab bakteriyalar tartib, oila,
turkum va turlarga bo‘linadi. Hozirgi vaqtda tan olingan
klassifikatsiyalar qatoriga 1974-yilda chop etilgan Berdji
klassifikatsiyasi kiradi. Bu klassifikatsiyaga asosan bakteriyalar
19 ta bo‘limga bo‘lingan.
8.3. Bakteriyalar klassifikatsiyasi
Bakteriyalarni klassifikatsiyaga solishda ularning morfologik va
fiziologik xususiyatlariga, hujayra o‘lchami, shakli, harakati,
xivchinlarning shakli, spora hosil qilishi va Gramm bo‘yicha rang
hosil qilishi e’tiborga olinadi.
Fiziologik xususiyatlaridan: oziq moddalarga munosabati,
modda almashishidan hosil bo‘ladigan moddalar tarkibi (organik
kislotalar, spirt, uglevodlar, gazlar), patogenligi va o‘simliklarga
munosabati ham muhimdir. Bakteriyalarni klassifikatsiyaga
solishda N. A. Krasilnikov (1949), M.V. Tarinkov (1966)
xizmatlari katta. Bakteriyalarning asosiy oilalari va turkumlari
quyidagilardir:
Mycobacteriaceae  oilasi. Bu oilaga Corynebasterium va
Aplanobaterium turkumlari kiradi.
Corynebasterium turkumi vakillari Gramm bo‘yog‘iga ijobiy
munosabatdagi bakteriyalardir. Ular yuksak o‘simliklarning
parenxima va o‘tkazuvchi naylardan iborat to‘qimalarini zararlab
traxeobakterioz kasalligini keltirib chiqaradi.
Soprofit vakillari tuproqda va o‘simlik qoldiqlarida hayot
kechiradi. Bu turkum potogen vakillaridan — C. sepedonicum
Scapt. et Burkh — kartoshka tuganagida halqali chirish
kasalligini keltirib, xalq xo‘jaligiga katta iqtisodiy zarar keltirib
chiqaradi.


115
Pseudomonaceae oilasi. Bu oilaga Pseudomonas va Xanthomonas
turkumlari kiradi. Xanthomonans turkumi sun’iy oziqa muhitida
o‘stirilganda rangli koloniya hosil qiladi. Turkum vakillari o‘simliklar
barglarida dog‘lanish, poyasidagi o‘tkazuvchi naylarni kasallantirish,
rakni keltirib chiqaradi.
Bu turkumning potogen vakillari qatoriga X. heterocea Sav.,-
bargda dog‘lanish X. campestris Dow. — karam poyasi naylari X.
malvacearum Dow. - g‘o‘za gommozini keltirib chiqaradi. Bu kasallik
respublikamiz sharoitida g‘o‘za o‘simligining barcha fazalarida uchrab
katta iqtisodiy zarar keltiradi.
Bacteriaceae oilasi. Bu oilaga Erwinia  va Pectobacterium
turkumlari kirib, ularning vakillari harakatchan xivchinli, spora
hosil qilmaydi. Bu turkum vakillaridan qishloq xo‘jalik ekinlari
orasida kasallik keltiruvchi turlari qatoriga P. phytophthorum Woldi
(kartoshka qorasoni), E. amylovora Burril (pista, bodomda nekroz
va kuyish) kabilar kiradi.
Bacillaceae oilasi.Oila vakillari harakat qiladigan bakteriyalar
qatoriga kirib, spora hosil qilish yo‘li bilan ko‘payadi. Tuproq
sharoitida soprofit usulida hayot kechirsada, ayrim vakillari o‘simlik
to‘qimasiga kirib kasallik keltirib chiqaradi.
Bacillus turkumiga mansub bakteriyalarning B. mesentericus
Flugge turi makkajo‘xori, pomidor, olxo‘ri, qovoqlarni
kasallantiradi.
Bakteriyalarning keltirib chiqaradigan kasalliklarining
namoyon bo‘lishi ularda mavjud bo‘lgan fermentlar turiga bog‘liq
bo‘ladi. O‘simlik paranxima hujayralari kasallanganda kasallik
nekroz, dog‘lanish, kuyish, chirish tarzida namoyon bo‘ladi.
Dog‘lanish barg paranximasini, meva yuzasini kasallantirganda
ko‘rinadi. Masalan, bodring bargining burchakli dog‘lanishi,
pomidorning qora bakterial dog‘lanishi va gul, yosh barglar,
novdalarning  kuyishi.
Chirish — oziq moddalarga boy tuganaklar, mevalar,
ildizmevalar kasallanishida namoyon bo‘ladi. Bunda bakteriyalar
hosil qilgan fermentlar ta’sirida (pektinaza, protopektinoza)
parenximadagi hujayralarni birlashtirib turuvchi pektin
moddasining parchalanishidan hujayralar bir-biridan ajrab ketadi
va to‘qimalar  yumshoq bo‘lib qoladi.
Chirish kasalligini  keltirib chiqarishda Erwinia aroideae,
E.carotovora  kabi turlar qatnashib, ular karam, sabzi, kartoshka


116
kabi o‘simliklarning ildiz mevalarining saqlanish jarayonida
chirishiga  sabab bo‘ladi.
O ‘ s i m l i k l a r n i n g   p o y a s i d a g i   o ‘ t k a z u v c h i   t o‘q i m a l a r
bakteriyalar bilan kasallanganda so‘lish kelib chiqadi.
So‘lishning kelib chiqishida naylarning bakteriyalar hosil qilgan
sporalar ta’sirida to‘lib qolishi yoki ular hosil qilgan zaharli
moddalarning salbiy ta’siri natijasida vujudga keladi. Bunday
kasalliklarga kartoshkaning halqali chirishi, pomidorning
bakterial rak tufayli so‘lishi, karamning  poya bakteriozi misol
bo‘la oladi.
Bakterioz kasalligi tufayli ayrim to‘qimalarning cheksiz
bo‘linishi natijasida rak kasalligi kelib chiqadi. Rakni mevali
daraxtlarning ildizida,tukli poyasida, qand lavlagining
ildizmevalarida kuzatish mumkin. Ayrim o‘simliklarda bakterial
so‘lish va chirish kasalliklarini  birdaniga  keltirib chiqaradi.
 8.4. Bakterial kasalliklariga qarshi kurash choralari
Bakterioz kasalliklariga qarshi kurashda ularning belgilarini
to‘g‘ri aniqlash muhim ahamiyatga ega. Belgilarni to‘g‘ri bilish
kasallikni keltirib chiqaruvchi turlarning morfologik, fiziologik
xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Bakteriyalar bilan
kasallangan o‘simliklarni to‘g‘ri aniqlash uchun kasallangan
a’zolardan mikroskopik analiz amalga oshiriladi. Kasallangan
a’zolarning hujayralari va kasallik qo‘zg‘atuvchi turlarni aniqlash
uchun turli bo‘yoqlardan ham foydalaniladi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar ajratib olingandan keyin
ularning sistematikasi, fiziologiyasi va o‘sish xususiyatlari
o‘rganiladi. Bakteriyalarning muhim belgilaridan biri ularning
Gramm bo‘yog‘iga bo‘yalish xususiyati hisoblanadi. Ko‘pchilik
fitopatogen bakteriyalar bu bo‘yoqda yaxshi bo‘yaladi.
Bakterioz  kasalliklariga qarshi kurash  choralarini ishlab
chiqishda ularning saqlanishi va tarqalish manbalarini aniqlash
muhim ahamiyatga ega. Eng muhimi, o‘simlik qoldiqlarini
yo‘qotish, almashlab ekishga amal qilish, sog‘lom ko‘chatlarni
ekish va urug‘ni ekishdan oldin dorilash muhim hisoblanadi. Eng
muhimi, agrotexnik tadbirlardan ekish muddatlari, me’yorini,
o‘g‘it miqdorini, tuproq haroratini va namligini me’yorida saqlash


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə