Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57

94
xlorofill hosil bo‘lmay qoladi. Muntazam sarg‘ayib boradigan
barglarda azot, kaliy, fosfor va boshqa qoldiq elementlar to‘planib
qoladi. O‘simlikda temir yosh a’zolarga harakatdagi element sifatida
kelib turishi lozim.
X l o r o z l i   b a r g l a r d a   f o t o s i n t e z   i n t e n s i v l i g i   p a s a y i b ,
hujayraning osmotik bosim kuchi ortib suv bug‘latish kamayadi.
Xloroz Qrim, Ukraina, Volga bo‘yi, Moldaviyada keng
tarqalgan bo‘lib, u yerlarda hosildorlik keskin kamayib, ekinlar
qurib qoladi.
Marganes tuproq tarkibida ko‘p uchraydigan mikroelementdir.
U o‘simlik uchun xlorofillni sintez qilish uchun zarur. Marganes
yetishmaganda o‘simlik barg tomiri orasida xloroz kelib chiqadi.
Tarkibida marganes yetishmagan suli barglari qo‘ng‘ir-yashil va
jigar, kartoshkada jigar, lavlagida och qizg‘ish rangda ko‘rinadi.
Bunday barglar qirrasidagi hujayralar nobud bo‘lib, barg yuzasiga
qarab buralib ketadi. Marganes yetishmasligidan o‘simlikdagi nafas
olish va fotosintez jarayoni 2 marta sustlashadi. Natijada hujayra
xlorofillidagi foto fosfor reaksiyasi buziladi.
Tuproq tarkibidagi bor va kalsiy miqdorining o‘zgarishi
o‘simlikning normal o‘sishiga ta’sir qiladi. Natijada, o‘simlik
novdasining uchki kurtaklari nobud bo‘lib, yon novdalar tez
rivojlanadi, barg plastinkasi buralib, gullash kamayadi, meva hosil
qilmaydi.
O‘simliklarga bor yetishmasa, ildiz quruq chiryidi, yon ildiz
po‘stloq parenximalari yorilib, kalsiy to‘qimalari nobud bo‘ladi.
Eng muhimi, bunday o‘simliklar o‘sish konusidagi meristema
hujayralari bo‘linish xususiyatini yo‘qotganligidan, floema va ksilema
to‘qimalarining hosil bo‘lishi o‘zgarib ketadi.
Bor yetishmagan o‘simlik hujayralarida tirozi nozaga o‘xshash
oksidazalar va ATF sintezi miqdorining keskin kamayib ketishi
kuzatiladi.
O‘simliklarga mis yetishmasligi natijasida o‘sish sustlashib,
yosh barglarda xloroz tufayli turgor holati yo‘qoladi va urug‘
hosil qilish kamayadi. O‘simliklarning suv rejimi buziladi, turgor
holati tiklanmaydi, hujayraning shimish kuchi ko‘payib,
tranperatsiya intensivligi ortadi. O‘simlik sitoplazmasi tarkibida
azot, organik fosfor miqdori keskin kamayib ketadi, hujayraning
nafas olish intensivligi ortib, uning issiq va sovuq havoga
chidamliligi kamayib ketadi.


95
O‘simliklar uchun rux elementi hujayrada ferment faoliyatini
tezlashtirish uchun va geteroauksinni hosil qilish uchun zarur. Rux
yetishmagan o‘simlikning bo‘g‘in oralig‘i qisqarib ketadi, barglar
shakli o‘zgarib, sarg‘ayib, mevasi maydalashadi. Tuproq tarkibida
rux yetishmasligi mikologik usul yordamida — Aspergillus niger Link
zamburug‘ini miqdoriga qarab aniqlanadi. O‘simlik hujayrasi
tarkibidagi rux miqdori 1 kg quruq moddaga 25—100 mg/kg ni
tashkil qilishi zarur.
 Savollar.
O‘simlik hayotida azot moddasi qanday rol o‘ynaydi?
O‘simlik hayotida kaliy moddasi qanday rol o‘ynaydi?
O‘simlik hayotida fosfor moddasi qanday rol o‘ynaydi?
O‘simlik hayotida kaliy moddasi qanday rol o‘ynaydi
O‘simlik hayotida temir va marganes mikroelementlari  qanday rol
o‘ynaydi?
O‘simlik hayotida bor, mis, ruh mikroelementlari qanday rol  o‘ynaydi?
6.2. Tuproq tarkibidagi namlik miqdoridan kelib chiqadigan
kasalliklar
Barcha o‘simliklarning hayot jarayoni tuproqdan suvni qabul
qilish va bug‘latish bilan bog‘langan. Suvning o‘simlik hujayrasi
tarkibida normal miqdorda bo‘lishi, barcha fiziologik jarayonlar—
hujayraning bo‘linishi va rivojlanishining asosini tashkil qiladi.
Suv miqdorining kamayishi murakkab organik moddalarning
oddiy moddalarga (kraxmalni qandga), sitoplazmaning koloid-
kimyoviy xususiyatiga va nafas olish jarayonining tezlashishiga sabab
bo‘ladi.O‘simlikdagi transpiratsiya jarayonining kamayishi
natijasida o‘simlik tana harorati ko‘tarilib, sitoplazmaning
koagulatsiya xususiyati o‘zgarishidan to‘qimalar nobud bo‘la
boshlaydi.
O‘simlik hujayrasidagi suv yetishmasligi dastlab turgor
holatining buzilishiga sabab bo‘ladi. Natijada, havo harorati
ko‘tarilgan davrda barg so‘liganga o‘xshab qoladi. Kechga borib
suv balansining me’yoriga kelishi bilan barglar o‘z holatiga keladi.
Suv tanqisligining tez-tez takrorlanishi o‘simlik o‘sish jarayoniga,
hosildorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, qurg‘oqchilikda


96
o‘sgan g‘alla ekinlari poyasi past, boshog‘i yaxshi rivojlanmagan
va mayda don hosil qiladi. Eng muhimi bunday o‘simliklar turli
kasalliklarga beriluvchan bo‘lib qoladi
O‘simliklarning so‘lishi. O‘simlikka qabul qilinayotgan suv
miqdoriga nisbatan bug‘lanayotgan suv miqdori ortiqcha bo‘lganda
so‘lish jarayoni yuzaga keladi. Transpiratsiya jarayoni kuchayganda
o‘simlikda suv balansi muntazam kamayib boradi va turgor
holatining yo‘qolishiga, yon ildizlar nobud bo‘lishiga olib keladi.
Uglekislotalarning assimilatsiyasi sustlashishi natijasida
xloraplastlar miqdori kamayadi. Oqibatda to‘qimalardagi oqsil
moddalar parchalanishini kuchaytiruvchi ferment faoliyatining
buzilishiga sabab bo‘ladi.
O‘simliklar suv tanqisligiga turlicha munosabatda bo‘ladi.
Ko‘pchilik o‘simliklar 2—3% suv tanqisligida so‘lish hosil qilsa,
kartoshka 25—30% ga bardosh beradi.
Yuqori havo harorati va past nisbiy namlikda g‘alla ekinlarida
qurib qolish hollari kuzatiladi. Bunday holat 2000, 2006-yillar
bahorida respublikamiz lalmikor xo‘jaliklarida yaqqol ko‘zga
tashlandi. Natijada lalmikor dehqonchilik qiladigan xo‘jaliklarda
o‘rtacha bug‘doy hosildorligi 1—5 s/ga ni tashkil qildi. Bunga
sabab, iqlimning qurg‘oqchil kelishi natijasida oziq moddalar
t o‘p l a n i s h i   k e s k i n   k a m a y i b ,   b o s h o q   h o s i l   q i l m a s d a n ,
mavjudlari zaif rivojlangan puch donlar hosil qilgan. Bunday
ob-havo sharoitida tuproqdan olinadigan suv boshoqda hosil
bo‘lgan don hisobiga bo‘lganligidan ularning oziqlanishi va
o‘sishi buzuladi.
Qurg‘oqchilik yillarida ko‘pchilik daraxt o‘simliklarida uchki
navdalarning qurib qolishi kuzatiladi. Bu jarayon tuproqdagi
qishda to‘plangan suv zaxiralari miqdori keskin kamayib ketgan
yillarda kuzatiladi. Uchki navdalarning qurib qolishi qumoq
tuproqlarda o‘sadigan mevali va manzarali daraxtlarda ko‘p
uchraydi. Bunday holat park va xiyobonlardagi o‘sayotgan
daraxtlarda ham kuzatiladi.
Uchki navdalarning qurib qolishi tuproqda suv miqdorining
me’yoridan ortiq bo‘lgan hollarda ham kuzatiladi. Sizot suvlari
yaqin bo‘lgan, botqoqlangan tuproqda zarrachalari suv
tomchilari bilan to‘lib qolganda o‘simlik ildizining kislorod bilan
ta’minlanishi yomonlashadi. Tuproqdagi anaerab sharoitida
uglekislotalar, organik kislotalar, temir ionlariga o‘xshash


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə