Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57

80
3-BOB. O‘simliklarning kasalliklari to‘g‘risida tushuncha
O‘simliklarning kasalligi tushunchasi Dekandol (1832)
tomonidan aytilgan bo‘lib, uning fikricha, o‘simlikdagi normal
fiziologik jarayonlarning buzilishiga kasallik deyiladi. O‘simlik
kasalliklari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish uchun quyidagi
tushunchalarga ega bo‘lishimiz kerak.
Birinchidan, kasallik — bu patologik jarayon hisoblanib, uni
kasallikni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar va noqulay sharoit
vujudga keltiradi.
Ikkinchidan, kasallik tufayli o‘simlikdagi fiziologik va
biokimyoviy, anotomo-morfologik xususiyatlar o‘zgarib,
hosildorlik sifati va miqdori keskin kamayib ketadi. O‘simliklar
kasalliklari tushunchasiga olimlar tomonidan turlicha ta’rif
berilgan. N.A. Naumov (1952) fikricha, — “o‘simlik kasalligi
uning filogenez jarayonida tashqi muhit bilan bo‘lgan
munosabatida yuzaga keladigan a’zolar funksiyasi va tuzilishining
o‘zgarishidir”.
T.D. Straxov (1962) o‘simlik kasalligi uchta omil: o‘simlik —
patogen — tashqi muhit orasidagi muntazam tizimning o‘zaro
munosabatidir. Ya’ni, o‘simlik salbiy ta’sir etuvchi patogen
mikroorganizm va tashqi muhitning ta’sirida fiziologik jarayonlar
buzilib, uning morfologik tuzilishi va hosildorligi keskin kamayib
ketadi.
T.D. Straxov o‘simlikdagi patologik jarayon o‘simlikning,
patogenning xususiyati va tashqi muhit munosabatlarining namoyon
bo‘lishidir deydi. Shuning uchun kasallik qo‘zg‘atuvchisini,
kasallikning kelib chiqishini, kasallangan o‘simlik holatini kompleks
o‘rganishni tavsiya qiladi.
N.A. Cheremisinov fikricha, “Yuqoridagi holatlar
o‘simlikninig xususiyati, kasallik qo‘zg‘atuvchilarning agressivligi
va tashqi muhitning qulay yoki noqulay bo‘lishiga bog‘liq” ekan.
Shunday qilib, o‘simlik kasalligi undagi patologik jarayonning
boshlanishidir.


81
Patologik jarayon o‘zgaruvchan bo‘lsa-da, uni nazorat qilish
mumkin. Ya’ni, xo‘jayin o‘simliklarning biologik xususiyatlarini,
patogenning irsiy belgilarini tashqi muhit sharoitini muntazam
o‘zgartirish qonuniyatlarini bilish asosida o‘simlikning chidamliligini
oshirish, hosil sifatini yaxshilash mumkin.
E. Goyman fikricha, har qanday infeksion kasallikda
patogen va o‘simlik orasida mukammal munosabatlar yuzaga
kelib, ular o‘simlikning morfologik, anatomik, biokimyoviy
jarayonlari o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Tashqi muhit sharoiti esa
kasallik qo‘zg‘atuvchisining hayotchanligiga, xo‘jayin
o‘simlikning kasallikka chidamlilik darajasiga ham ta’sir
ko‘rsatadi.
Patogen kasallangan o‘simlikning oziq moddalarini
o‘zlashtiradi, uning hujayrasiga zaharli moddalar ajratib
chiqarib hujayralarini nobud qiladi, o‘tkazuvchi to‘qimalarini
mitseliy va sporalar yordamida to‘sib qo‘yadi, epidermik
to‘qimalarini parchalab, suv bug‘latishini kuchaytiradi va
nihoyat, o‘simlik bargining so‘lishiga yoki chirib qolishiga sabab
bo‘ladi.
Kasallik tufayli o‘simlikdagi patomorfologik o‘zgarishlar
uning o‘sish tezligi va shaklini, to‘qima va hujayralarining
o‘zgarishiga olib keladi. Patofiziologik — biokimyoviy
o‘zgarishlar suv rejimining buzilishida, sitoplazmaning
o‘tkazuvchanlik xususiyatini, osmotik bosim kuchini, fotosintez
aktivligini, nafas olish va oqsil sintezini, fermentlar faoliyati,
nukelein kislotalari miqdori va tarkibining keskin o‘zgarishiga
sabab bo‘ladi.
Inson qishloq xo‘jaligidagi faoliyatida kasallik
qo‘zg‘atuvchilarining ekinlarga ta’sirini ular keltiradigan zarar bilan
belgilaydi. Bu ko‘rsatkich kasallik tufayli nobud bo‘lgan hosil
miqdorida namoyon bo‘ladi. Zarar qishloq xo‘jaligiga keltirilgan
moddiy manfaatdorlik miqdorining kamayishidir yoki xo‘jalikning
iqtisodiy ko‘rsatkichidir.
O‘simlik kasalliklari, deganda undagi patologik jarayon
tushunilib, uning kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar va
noqulay sharoit ta’sirida vujudga keladigan anatomo-morfologik,
fiziologik, biokimyoviy o‘zgarishlarga javob reaksiyasi tushiniladi.
Natijada o‘simlik o‘sish va rivojlanishdan orqada qolib, hosildorligi
kamayadi, mahsulot sifati keskin yomonlashadi. Kasallik deb


82
patogen mikroorganizmlar va noqulay ekologik sharoit tufayli
o‘simlikdagi normal fiziologik jarayonlarning buzilishi
tushuniladi.
Fiziologik jarayonlarning buzilishi fotosintez, ferment
xususiyati, hujayraning o‘tkazuvchanligi, osmatik bosimi, nafas
olishi, uglerod yoki oqsil sintezi, suv balansi, o‘stiruvchi moddalari
sintezining buzulishida namoyon bo‘ladi. Bu o‘z navbatida
o‘simlikning anatomo-morfologik xususiyatlarining o‘zgarishiga,
o‘sish va rivojlanishiga ta’sir qiladi.
P a t o g e n   m i k r o o r g a n i z m l a r   t a ’ s i r i   t u f a y l i   o ‘ s i m l i k
hujayralari shakli kattalashishi yoki kichiklashishi, soni ortishi,
halok bo‘lishi (nekroz) va ularning chirishiga olib keladi.
Anatomo-morfologik o‘zgarishlar o‘simlik a’zolarida dog‘lar
paydo bo‘lishiga, buralishiga, o‘smalar hosil qilishiga sabab
bo‘ladi.
 Savollar
O‘simliklarning kasalliklari qanday kelib chiqadi?
O‘simlik kasalliklarining kelib chiqishi to‘g‘risida olimlar fikri qanday?
Patologik jarayon deb nimaga aytiladi?
Kasalliklar tufayli o‘simliklarda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?


83
4-BOB. O‘simliklar yuqumli kasalliklarining belgilari
O‘simlikdagi kasallik belgilari biologik ma’noda o‘simlik
hujayrasida himoya reaksiyasining boshlanishi hisoblanadi. Klinik
nuqtai nazardan esa, kasallik tashqi belgilari namoyon bo‘lgan
davrdir.
O‘simlikdagi patologik jarayonning namoyon bo‘lishiga kasallik
belgilari deyiladi. Agar kasallangan o‘simlikda kasallikning tashqi
belgilari namoyon bo‘lmasa, bunday kasalliklar belgisiz kasalliklar
deyiladi.
Kasallik belgisining namoyon bo‘lmasligiga patologik
jarayonlarning bilinmasligi, kasallik qo‘zg‘atuvchisi inkubatsion
davrni boshidan kechirayotgan bo‘lishi, fiziologik va biokimyoviy
jarayonlar o‘zgarishi sezilmasligi yoki patogenning agressivlik
xususiyati to‘liq namoyon bo‘lmaganligi, o‘simlikning tabiiy
chidamliligi sabab bo‘ladi.
Kasalliklarning tashqi belgilarining namoyon bo‘lishi
uning qo‘zg‘atuvchisining turiga va o‘simliklarning kasallikka
chidamlilik darajasiga bog‘liqdir. O‘simliklarning o‘tkazuvchi
to‘qimalarini zamburug‘ mitseliysining to‘sib qo‘yishi
natijasida, ular hosil qilgan metobolitlar ta’sirida o‘tkazuvchi
n a y l a r   t o ‘ q i m a l a r i   n o b u d   b o ‘ l i b   n e k r o z   h o s i l   q i l a d i .
Nekrozning intensivlik darajasiga qarab o‘simlikda so‘lish
belgilari turlicha namoyon bo‘ladi. Kasallikning tashqi
belgilari barg, meva yuzasida har xil shakldagi dog‘lar tarzida
namoyon bo‘lib, o‘simliklarning ayrim a’zolarida yoki butun
tanasini qoplab oladi. Nekrozli dog‘larga bodring bargida
burchakli, olma bargida qo‘ng‘ir dog‘lar, nok bargida oq
dog‘lanish, qulupnayning qo‘ng‘ir, oq qo‘ng‘ir dog‘lanishi
misol bo‘la oladi. Nekrozli dog‘lar bargda, mevada, poyada
hosil bo‘ladi.
O‘simlik kasalliklari belgilarning hosil bo‘lish darajasiga
qarab ti plarga ajratiladi.  O‘simliklarda uchraydigan asosiy
kasalliklarni quyidagi ti plarga   bo‘lish   mumkin.


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə